S[i:j:step] - Step qadamli i elementdan boshlab j elementgacha bo`lgan kesmani ajratib olish.
len()- Satr uzunligini hisoblaydi. Bunda har bir harf, belgi, xatto bo’shliq ham hisobga olinadi.
S.find(str,[start],[end])- Satrdan satr ostini izlash. Satr ostining birinchi belgisini o`rinini qaytaradi, agar satrda satr osti bo`lmasa -1 ni qaytaradi.
S.rfind(str,[start],[end])- Satrdan satr ostini axtarish. Oxirgi kirish raqamini yoki 1 ni qaytaradi
S.index(str,[start],[end])- Satrdan satr ostini axtarish. Birinchi kirish raqamini qaytaradi yoki ValueError istisnosini chaqiradi
S.rindex(str,[start],[end])- Satrdan satr ostini axtarish. Oxirgi kirish raqamini qaytaradi yoki ValueError istisnosini chaqiradi.
S.isdigit() - Satrda raqamlar ishtirok etganligini tekshirish.
S.isalpha() - Satr faqat harflardan iboratligini tekshirish.
S.isalnum() - Satr harf yoki raqamlardan iboratligini tekshiradi.
S.islower() - Satr quyi registrdagi belgilardan iboratligini tekshiradi. S.isspace()-Satrda ko`rinmaydidan belgilar borligini tekshirish (probel, sahifani o`tkazish belgisi(‘\p’), yangi satrga o`tish(‘\n’), koretkani qaytarish(‘\r’), gorizontal tabulyatsiya(‘\t’) va vertikal tabulyatsiya)
S.istitle() - Satrda so`zlar bosh harf bilan boshlanishini tekshirish.