16–variant. Sonli elementlardan tashkil topgan bir hadli massivda quyidagi amallar hisoblansin: 1) massivning manfiy bo‘lgan elementlarining umumiy miqdori topilsin; 2) massivning modul bo‘yicha minimal elementidan so‘ng joylashgan barcha elementlarining summasi hisoblansin. Massivning barcha manfiy elementlarini shu elementlarning kvadratlariga o‘zgartirib, massivni o‘sish tartibida joylashtiring. 17–variant. Sonli elementlardan tashkil topgan bir hadli massivda quyidagi amallar hisoblansin: 1) massivning musbat bo‘lgan elementlarining umumiy miqdori topilsin; 2) massivning oxirgi 0 ga teng bo‘lgan elementidan so‘ng joylashgan barcha elementlarning summasi hisoblansin. Massiv shunday joylashtirilsinki, avval massivning butun qismi 1 dan oshmagan elementlari, so‘ngra qolgan barcha elementlari joylashsin.