Java dasturlash tili - eng yaxshi dasturlash tillaridan biri boʼlib,
unda korporativ darajadagi mahsulotlarni (dasturlarni) yaratish
mumkin. Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo boʼldi.
Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun(Quyosh) Microsystems
tomonidan platformaga, yaʼni [Operatsion sistema]ga bogʼliq
boʼlmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni
maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun
xodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin baʼzi sabablarga koʼra
bu fikridan voz kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda
Sun uning nomini Javaga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga
xizmat qilishi uchun maʼlum oʼzgarishlar qilishdi.
Java obʼektga yoʼnaltirilgan dasturlash (OOP – Object Oriented
Programming) tili va u C++ ga ancha oʼxshash. Bunda dasturlashda
eng koʼp yoʼl qoʼyildigan xatolarga sabab boʼluvchi qismalari olib
tashlanib ancha soddalashtirilgan
.