Quyida keltirilgan ma’lumotlar tuzilmalari dasturlashda eng ko’p qo’llaniladigan tuzilmalardir. Ularga:
1. Massiv (Array) 2. Bog’langan ro’yhat (Linked List) 3. Navbat (Queue) 4. Stek (Stack) 5. Hash jadvallar (Hash tables) 6. Daraxtlar (Trees) 7. Graflar (Graph) kiradi. Biz bu bo’limda boshidagi 5 ta tuzilma bilan yaqindan tanishib, ularning kuchli va kuchsiz tomonlari va ularni qanday holatlarda ishlatish ma’qulligi haqida gaplashib o’tamiz. Qolgan ikkita tuzilma murakkabroq bo’lib ular o’z ichida yana ko’plab turlarga bo’linib ketadi. Shuning uchun ularni keyinroqqa qoldiramiz. Bundan tashqari barcha tuzilmalarning hamma joyda ingliz tilidagi nomi ishlatilgani va ularning nomi odatda tarjima qilinmaganligi sababli keyingi o’rinlarda men ularning asosan ingliz tilidagi nomlarini ishlataman. Turli xildagi ma’lumotlar tuzilmalari nima uchun kerak? Ma’lumotlar tuzilmalari nimaligi haqida qisman tasavvurga ega bo’ldingiz va ularning asosiy turlari bilan ham tanishib oldingiz. Lekin, shu joyga kelib agar sizda “Nima uchun ma’lumotlarning turli xil tuzilmalari kerak?” “Nima uchun bir turdagi universal ma’lumotlar tuzilmalaridan foydalanib qo’ya qolsa bo’lmaydi?” degan savol tug’ilmagan bo’lsa, bu yaxshi emas.) Keling endi shu savolga javob topishga harakat qilamiz. Undan oldin ma’lumotlar tuzilmalari ustida asosiy bajarilishi mumkin bo’lgan amallarni ko’rib chiqaylik. Bularga ma’lumotlarni