Davlat aktivlarini boshqarish agentligi sirdaryo viloyatihududiy boshqarmasi


USHBU BILAN QUYIDAGILARGA KELISHILDI



Yüklə 35,31 Kb.
səhifə2/6
tarix29.04.2023
ölçüsü35,31 Kb.
#104698
1   2   3   4   5   6
LOT 5265893 ер ижара YSZ Sayitkulov Muslimbek Shavkatbek o\'g\'li

USHBU BILAN QUYIDAGILARGA KELISHILDI:


1. SHARTNOMA PREDMETI

1.1 O‘zbekiston Respublikasining Yer Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi “ maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha


chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-153-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 18-son qarori va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022-yil 4-apreldagi 04/28-21-538-son topshirig‘iga hamda “Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” DUKning 2023-yil 25-apreldagi “Elektron-onlayn auksion natijalari to‘g‘risida”gi YU 069 - 887869 -son bayonnomasiga asosan Sotuvchi, Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, “Farovon” mahallasi hududida joylashgan 0,1608 ga “P1724216005/13-son yer uchastkasini (keyingi o‘rinlarda – yer uchastkasi) xarid qiymatida Xaridorga sotish majburiyatini oladi.


2. UMUMIY QOIDALAR

2.1. Mazkur shartnoma, jumladan uning ilovasi Shartnoma predmetiga nisbatan Taraflar o‘rtasidagi barcha avvalgi og‘zaki yoki yozma kelishuvlar, bitimlar yoki qarorlardan ustun turuvchi to‘liq kelishuvni anglatadi. Mazkur Shartnomaning ilovalari uning ajralmas qismi hisoblanadi va u bilan bir xil yuridik kuchga egadir.
2.2. Mazkur Shartnomaning barcha qoidalari va shartlari majburiy xarakterga ega va Taraflarga, ularning tegishli huquqiy vorislariga yoki Taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra ularning tegishli huquq va/yoki majburiyatlari berilishi mumkin bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
2.3. Sotuvchi ham, Xaridor ham boshqa Tarafning oldindan yozma roziligisiz mazkur Shartnoma bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini to‘liq yoki qisman boshqa shaxsga o‘tkazishga haqli emas. Mazkur Shartnomaning shartlarini buzgan tarzda huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqiqiy emas va yuridik kuchga ega emas deb topiladi. Kelishilmagan, rejalashtirilmagan holda mazkur Shartnoma bo‘yicha barcha huquqlarni yoki huquqlarning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish, agarda majburiyatlardan shunday ozod qilish boshqa Taraflar tomonidan aniq tarzda yozma shaklda taqdim etilgan bo‘lmasa, huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazayotgan Taraf mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlaridan ozod qilinmaydi.
2.4. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan 2 (ikki) nusxada (o‘zbek tilida) tuzilib, 1 (bir) nusxasi Sotuvchida hamda 1 (bir) nusxasi Xaridorda saqlanadi.

Yüklə 35,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin