Davlat qarzlari bo’yicha defitsitning mavjudligi ma’lum darajagacha salbiy hisoblanmaydi. Qarzlarning foizi mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan ortib borgan sari xolat murakkablashib boraveradi. SHu sababli, tashqi qarzlar bo’yicha xolatni muntazam ravishda nazorat qilib borish lozim. Tashqi qarzlar bo’yicha defitsit yuzaga kelganda va yalpi ichki mahsulotga nisbatan foizi ortib ketganda unga nisbatan strategik yondashuv (strategiya) quyidagilarga alohida e’tibor berilishini taqozo etadi:
Defitsitning mavjudligini matematik yo’l bilangina hal qilishga harakat qilmaslik kerak. CHunki, bu xolda iqtisodiyot davolanish o’rniga “kasalligi” kuchayadi.
Byudjet defitsitini yo’qotish. Byudjet defitsitining miqdori (darajasi), odatda mamlakat yalpi ichki mahsulotining 2-5 foizidan oshmasligi lozim. Ana shu darajadan ortib ketsa, uni tezroq qisqartirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko’rish lozim.
Byudjet defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat kreditining turli shakllaridan foydalanmoq darkor. SHuningdek, davlat qimmatbaho qog’ozlarini moliyaviy bozorga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatda milliy pul birligi belgilarini ishlab chiqaruvchi dastgoxni (stanokni) to’xtatish kerak.
Defitsitni kamaytirish uchun avvalambor, birinchi navbatda iqtisodiyotni o’zini “davolamoq” lozim. Aks xolda, ana shu maqsadga erishish uchun ko’zda tutilgan har qanday tadbir albatta muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Qarzdorlikning defitsiti darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash katta samara keltirishi mumkin:
Defitsit darajasini kamaytirish yoki unga bardosh berish borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Byudjet xarajatlarining (mablag’larining) investitsion yo’nalishini o’zgartirish. Ularni yuqori darajada samara keltirishi mumkin bo’lgan yo’nalishlarga yo’naltirilishi.
Xo’jalik yuritishning o’ziga xos bo’lgan hususiyatlarini hisobga olish
Moliyaviy imtiyoz va jazolar tizimidan keng foydalanish;
Davlatdan moliyalashtirish va davlat iqtisodiyoti sohalarini unchalik zarur bo’lmagan qismlarini qisqartirish.
Xorijiy davlatlarga yordam ko’rsatishni keskin kamaytirish;
Zarur bo’lgan xollarda xarbiy xarajatlarni qisqartirish.
Eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik byudjet xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni vaqtincha cheklab turish.
Davlatning qarz majburiyatlari ortib ketib, defitsit yuzaga kelgan xolatlarda uni barcha tashkil etuvchilari bilan birgalikda chuqur tahlil qilish kerak. Barcha tashkil etuvchilar birma-bir tashkil etiladi va tahlil qilinadi.
O’zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy organi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. Oliy Majlis byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo’lgan mablag’lar va byudjet mablag’lari hisobidan kreditlashtirishning maksimal miqdorlarini belgilaydi. U yoki bu ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlarni chiqarishning chegaraviy xajmlarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o’rnatadi.
Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun quyidagi ikki dasturni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir:
Tashqi qarzlarni olish davlat dasturi.
Ichki qarzlarni olish davlat dasturi.
Ushbu dasturlar maqsadlari, manbalari va qaytarilishi muddatlarini ko’rsatgan xolda navbatdagi moliyaviy yilda olinishi lozim bo’lgan qarzlar ro’yhatidan iboratdir. Dasturlar navbatdagi yil byudjeti loyihasi bilan Oliy Majlisga taqdim etiladi va tasdiqlanadi.
Davlat qarzlarini boshqarish mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atlari va sifatiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan O’zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining muhim qismi hisoblanadi. SHu sababli, hozirgi sharoitda davlat qarzlarini boshqarishda aniq bir kontseptsiyaga ega bo’lish alohida ahamiyat kasb etadi. Davlat qarzlarini tartibga solishning yagona kontseptsiyasini ishlab chiqish lozim. Bu kontseptsiya ishlab chiqilayotgan vaqtda bu qarzlar xajmining asoslanmagan tarzda oshirib yuborilishi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yo’lida ta’sirchan to’siq bo’lishi mumkinligi ham nazardan chetda qolmasligi lozim.
Xulosa
Bozor munosabatlariga o’tilishi jamiyat rivojining barcha sohalarida katta o’zgarishlarni amalga oshirilishini taqozo qildi. SHunday o’zgarishlar moliyaviy sohada ham amal qilmoqda. Moliya faoliyati bozor munosabatlari sharoitida o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ldi. Moliyaviy faoliyat sohasidagi o’zgarishlarni tahlil qilish, ularning ijobiy jihatlarini yanada kengaytirish, iqtisodiyot rivojlanishi yo’lida samara bermayotganlarini aniqlash va ularni takomillashtirish, byudjetning xolati, davlatning ichki va tashqi qarzlari, tashqi qarzlarni kamaytirish bo’yicha olib borilgan izlanishlarimiz natijasida quyidagi xulosalarga keldik:
1. Xo’jalik boshqaruvining ma’muriy-buyruqbozlik tizimi hukmron bo’lgan davrda moliyaning miqdor va sifat jihatdan ijtimoiy ishlab chiqarishga ta’siriga yetarlicha ahamiyat berilmay keldi. Korxonalarning yaxshi ishlash evaziga erishgan moliyaviy resurslari har doim ham o’zlari uchun ishlab chiqarishni kengaytirish texnik va texnologik jihatdan qayta qurollanish imkonini bermasdi. Moliyaviy resurslar markazlashgan tartibda foydadan ajratmalar, majburiy to’lovlar ko’rinishida byudjetga undirib olinib, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish davlat rejasiga ko’ra qayta taqsimlanardi. Bu sharoitda korxonalarning ishlab chiqarishni yaxshilash, samaradorlikni oshirishga bo’lgan moddiy manfaatdorlik susaygan edi. Byudjet tomonidan moliyalashtirish esa boqimandalik, moliyaviy resurslardan foydalanishda mas’uliyatsizlik kayfiyatlari tug’dirardi. Mustaqillik sharofati bilan bu kamchiliklarni to’g’rilashga imkon yaratildi.
2. Moliyaviy munosabatlarni shunday tashkil qilish kerakki, u iqtisodiyotni rivojlantirish quroliga aylansin. Masalan, moliyaviy resurslarning shakllanishi tartibi, pul fondlarini tashkil bo’lish shartlari, tamoyillari va usullari, ulardan foydalanish yo’nalishlarini o’rnatishda xo’jalik yuritishning barcha sub’ektlarining manfaatlarini oqilona mos keltirish, bog’lashi lozim. SHundagina bu moliyaviy dastaklar iqtisodiyotni rivojlantirish quroliga aylanishi mumkin.
3. Bozor munosabatlari sharoitida moliya tizimining asosi korxona va tashkilotlar moliyasi hisoblanadi, chunki ular moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadilar. Markazlashgan davlat fondlarining manbai moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilayotgan milliy daromad hisoblanadi. Demak, bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy munosabatlarining, moliyaviy faoliyatning asosi ham korxona va tashkilotlardir. Ular faoliyatini samarali tashkil etilishi hamda moliyaviy faoliyatda ularga ajratiladigan resurslardan oqilona foydalanish natijasida mamlakat iqtisodiyoti yuksaladi va rivojlanib boraveradi.
4. Moliyaviy strategiya va taktikani tanlashda va ularni amalga oshirilishida qattiq moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, byudjetning taqchilligini kamaytirishga harakat qilish, byudjetdan dotatsiya berish xajmlarini imkoni boricha qisqartirish, byudjetdan mablag’larni eng zarur umumdavlat ehtiyojlari
uchungina ajratish, korxona va tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish uchun investitsiya kreditlaridan faol tarzda foydalanish, byudjet daromadlarini barqaror bo’lib turishini ta’minlaydigan mustahkam soliq
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishlarni hisobga olish lozim. Bu ishlarni har birini bir-biriga mutanosib tarzda, bog’lagan xolda amalga oshirilishi moliyaviy faoliyat samarasining ortishiga imkon yaratadi.
Byudjet xarajatlarining (mablag’larining) investitsion yo’nalishini o’zgartirish. Ularni yuqori darajada samara keltirishi mumkin bo’lgan yo’nalishlarga yo’naltirilishi.
Ushbu yo’nalishlarni amalga oshirilishi natijasida moliyaviy faoliyatning samarasi yanada ortishiga va mamlakatdagi iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishiga hamda mamlakat aholisining turmush darajasining yanada ortishiga zamin yaratadi.