Davlat budjeti daromadlarining mazmuni davlat budjeti daromadlarining turkumlanishi budjet xarajatlarining mazmuni va turkumlanishi


Budjet xarajatlarining mazmuni va turkumlanishi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə6/10
tarix04.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#82831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DAVLAT BYUTJETI

5. Budjet xarajatlarining mazmuni va turkumlanishi

Davlat budjetining xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo‘lgan budjetning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, unga tegishli bo‘lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog‘langan va davlat tomonidan tashkil qilinadn. Shu bilan birgalikda Davlat budjetining xarajatlari bir butunning o‘ziga xos qismi bo‘lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag‘laridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli sohalarga yo‘naltirilayotgan budjet mablag‘larining harakatidan iborat.


Davlat budjetining xarajatlari xarajatlarning konkret turlari orqali namoyon bo‘ladi. Budjet xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi esa, o‘z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; budjetning milliy iqtisodiyot bilan bog‘langanligi: iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; budjet mablag‘larining namoyon bo‘lish shakllari va h. k.
Jamiyatning iqtisodiy hayotida budjet xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko‘ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Ular o‘zlarining iqtisodiy mazmuni, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari, ijtimoiy mo‘ljallanganligi bo‘yicha va ma’lum maqsadlariga ko‘ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Eng avvalo, o‘zining iqtisodiy mazmuniga ko‘ra, Davlat budjetining xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bo‘linadi.
Budjetning kapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo‘naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:
a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo‘ljallangan xarajatlar:
b) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun budjet kreditlari sifatida beriladigan mablag‘lar;
v) kengaytirnlgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar;
g) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mulkni oshirish yoki uni yangitdan yaratishga olib keladigan xarajatlar;
d) Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq budjetning kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar.
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, budjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan budjet xarajatlari, boshqa budjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subvensiya shaklida ko‘rsatiladigan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar va Davlat budjeti xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar budjetning joriy xarajatlari deyiladi.
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra Davlat budjetining xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xo‘jalikka) qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga bo‘linadi. Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bo‘lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zahiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Budjetning ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari ham ijtimony jihatdan zarur bo‘lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish bilan bog‘liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining individual ehtiyojlarining boshqa bir qismi esa, butun jamiyatning ehtiyojlarini kondirishga mo‘ljallangan. Bu yerda Davlat budjetining xarajatlari ijtimoiy iste’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) shakllantirishni to‘liq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa, qisman (nomarkazlashtirilgan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, budjet mablag‘larining katta qismi shaxsiy iste’mol fondlarining ijtimoiy iste’mol fondlariga (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosi o‘rtasidagi farqlarni qoplash, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli bo‘lgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi.
Davlat budjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha guruhlarga ajratishning asosiga milliy iqtisodiet (xo‘jalik)ning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo‘linishi qabul qilingan. Shunga muvofiq ravishda budjet xarajatlari sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif. sog‘likni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimony himoya va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h. k. xarajatlariga bo‘linishi mumkin. Budjet xarajatlari millny iqtisodiyot (xo‘jalik) tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda mustahkam moliyaviy asosni yaratish bilan birgalikda, xarajatlarning tarmoqlararo bo‘linishi moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi nisbatlarni aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo‘jalikning tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yo‘nalishda o‘zgartiradi. Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning hajmi budjet mablag‘larining katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish imkonini berayapti. Bir vaqtning o‘zida iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarining (mashinasozlik, qishlok xo‘jaligi, elektroenergetika va boshqalar) katta ko‘lamlarda budjetdan moliyalashtirilishi ham ta’minlanayapti.
Ijtimoiy mo‘ljallanganligi bo‘yicha Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarni o‘zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq ravishda Davlat budjetining barcha xara-jatlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
- ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;

  • milliy xo‘jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;

  • mudofaa xarajatlari:

  • boshqaruv xarajatlari.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin