Davlat budjeti taqchilligi va profitsiti, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish



Yüklə 177,95 Kb.
səhifə1/3
tarix19.10.2023
ölçüsü177,95 Kb.
#157547
  1   2   3

Davlat budjeti taqchilligi va profitsiti, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish



  1. Davlat budjetining holati. Davlat budjetining balansliligi, profitsit va taqchillik holatlari.

Iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning bugungi bosqichida budjet daromadlari ishlab chiqarishning rivojlanishi, xo’jalik sub’ektlarining va aholi daromadlarining oshib borishi, soliq bazalarining kengayishi, mulk shakllarining ko’payishi bilan ortib bormoqda. Lekin, bu davrda jamiyatning ko’p tomonlama ehtiyojlari ham kamaygani yo’q, aksincha, budjet tomonidan moliyalashtirilishi ob’ektiv zaruriyat bo’lgan, mohiyat jihatidan yangi-yangi tadbirlar, loyihalar, yo’nalishlar paydo bo’ldi. Ularni to’liq hajmda moliyalashtirish yanada ko’proq mablag’larni taqozo etadi. Lekin daromadlarni muttasil oshirib borish (xususan, soliqlarni oshirish orqali) imkoniyati amaldagi soliq qonunchiligi bilan chegaralangan. Shu bilan birga, soliqlarni asossiz ravishda oshirish iqtisodiy sub’ektlarning xo’jalik faoliyatiga jiddiy putur yetkazadi, ularning ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirishga bo’lgan qiziqishlarini so’ndiradi. Bunday sharoitda budjet xarajatlarining budjet daromadlari bilan balanslangan bo’lishiga har doim ham erishib bo’lmaydi.
Daromadlar va xarajatlarning tengligini amalga oshiruvchi budjet balanslashtirilgan budjet deyiladi. Balanslashtirilgan budjetda defitsit va profitsit bo’lmaydi. Yanada umumiyroq aytadigan bo’lsak, unda budjet defitsiti bo’lmaydi, lekin ehtimoliy budjet profitsiti bo’lishi mumkin. Ko’pchilik iqtisodchilar hukumat haqiqatan ham uni uddalay olsa, federal budjetni balanslashtirish foiz stavkalarini pasayishiga, jamg’armalar va investitsiyalarning o’sishiga, savdo defitsitini kamayishiga va uzoq vaqt davomida iqtisodiyotni tezroq o’sishiga olib keladi. Kelajak avlodlar o’z yashash turmush darajalarini pasaytirishlari talab etilmaydi va hozirgi avlod mana shu holatda yashashni davom ettirishi mumkin.
Juda ko’p davlatlar o’z konstitutsiyalarida daromaddan ko’ra ko’proq sarflashni taqiqlash orqali budjet balansi tuzatishlarini amalga oshirgan. 2003-yilda Shveytsariyaning qonun chiqaruvchi organi budjet har doim balansda bo’lishi kerakligi to’g’risida konstitutsion o’zgartirish kiritdi, bu iqtisodiy holatlarni inobatga olgan holda amalga oshirilgan. Hukumat inqirozlarda defitsitga duch kelishi mumkin, lekin iqtisodiy rivojlanishda bundan saqlanishi kerak. Germaniyaning konstitutsiyasi 2009-yilda Shkuldenbremse (qarzni to’xtatish) maqsadida tuzatilgandi, bunda 0,35 foizdan ortiq defitsitlarni taqiqlash belgilandi.
U davlat va federal darajada amal qiladi. 2011-yilda Ispaniya o’z konstitutsiyasini istalgan berilgan yil uchun YaIMda qarzning 60 foizdan ortiq ulushini taqiqlash bo’yicha o’zgartirdi. AQSHda Vermont shtatidan boshqa har bir shtat balanslashtirilgan budjetning tuzilmasiga ega. Yevro hudud davlatlari 2012-yil martda imzolagan “Budjet Moslashuvchanligi” har yili emas, balki butun iqtisodiy davrda budjet defitsitini taqiqlovchi hujjat hisoblanadi. Hukumat iqtisodiy sho’ng’ishlar va qo’shimcha vaziyatlar paytida yuqori defitsit holatini amalga oshirishi mumkin.13
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida davlat budjetining holatini belgilab beruvchi tushunchalarga quyidagicha ta’riflar berilgan:
Davlat budjeti profitsiti — muayyan davrda O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadlarining uning xarajatlaridan oshib ketishi;
Davlat budjeti taqchilligi — muayyan davrda O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi .
Davlat budjeti daromadlarining budjet xarajatlaridan oshish holati yuzaga kelganda, budjet profitsiti paydo bo’ladi. Budjet profitsiti, odatda, davlatning qarz majburiyatlarini to’lashga va likvidli mablag’larini ko’paytirishga jalb etiladi.
Keyingi yillarda budjet-soliq tizimidagi islohotlarningijobiy pirovard natijalari sifatida 2005-2016 yillarda davlat budjetining profitsit bilan ijrosi ta’minlanganligini ko’rishimiz mumkin. Shuningdek, inflyatsiya jarayonining me’yordagi darajasinita’minlanishi islohotlarni hozirgi sharoitida makroiqtisodiybarqarorlik va iqtisodiy o’sishning natijalari hisoblanadi.





Davlat budjeti taqchilligi, frofitsiti, % da



1-rasm. 2000-2016 yillarda davlat budjetining holati to’g’risida ma’lumot


Respublikamizda kuzatilayotan makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sish sur’ati sharoitida davlat budjetining taqchillik bilan rejalashtirilishiga qaramasdan, birgina 2016- yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan ijro etilayotgani nafaqat iqtisodiy sohada, balki davlatning moliyaviy faoliyati sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning natijasidir.
1-rasmdan ko’rinadiki, 2000-2004 yillar davomida mamlakatimiz davlat budjeti taqchilligini -1,0 foizdan -0,4 foizga pasaytirish, 2005-2008 yillar davomida esa davlat budjeti taqchilligiga barham berib, davlat budjeti profitsitini 0,1 foizdan 1,5 foizga oshirishga erishildi. Keyingi yillarda mazkur jarayonlarga ham jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatishiga qaramasdan, budjet profitsitini saqlab qolishga erishilmoqda.
Xususan, murakkab kechgan 2016 yilda ham maqsadga muvofiq yo’naltirilgan chora-tadbirlar natijasida budjet daromadlarining xarajatlardan ortish hajmi yalpi ichki mahsulotning 0,1 foizi darajasida bo’lishiga erishildi.
Amaliyotda budjet daromadlari va xarajatlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda budjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko’p bo’lishi mumkin. Bunday budjet profitsitli budjet deyiladi. Aksincha, ba’zi hollar- da esa budjetning xarajatlari uning daromadlaridan ko’proq bo’ladi. Shunga muvofiq ravishda budjet xarajatlarining budjet daromadlaridan ko’p bo’lishiga budjet defitsiti deyiladi.
Sobiq Ittifoqda ma’muriy-buyruqbozlik yillarida davlat budjeti taqchilligi uzoq vaqtlargacha mustaqil iqtisodiy kategiriya sifatida tan olinmagan. Davlat budjetini shakllantirishda moliyaviy resurslarga bo’lgan talabdan kelib chiqqan xolda, ularni moliyalashtirish uchun mablag’lar qidirib topilardi va shu asosda davlatning moliyaviy manfaatlari ta’minlanardi. Rejali iqtisodiyot ma’lum davrlargacha hech qanaqa larzalarsiz, bir tekisda ma’muriy-buyruqbozlik asosida rivojlanib borishi daromadlar va xarajatlar orasida “kasallik” alomatlarini aniq ko’rsatmadi. Ammo, keyingi davrlarda sobiq Ittifoqda budjet taqchilligi xolati yuzaga chiqa boshladi. Dastlabki yillardagi budjet taqchilligi jamg’arma kassalardagi aholi mablag’lari, hayotni uzoq muddatga sug’urta qilish badallarining o’sishi va aholi o’rtasida davlatning ichki yutuqli zayom obligatsiyalarini chiqarish hisobiga qoplab borildi. Bu turdagi qarzlar oldindan mavjud bo’lgan resurslarni qayta taqsimlash bo’lgani uchun moliyaviy-moddiy balansning buzilishiga olib kelmadi, ammo bu jarayon davlat qarzlarining o’sishiga olib keldi. 1986- yilda budjet taqchilligining juda tez sur’atda o’sib ketishi (45,5 mlrd rubl) Ittifoq moliya tizimining parokandalik holatini boshlab berdi.
Aksariyat shtatlarda muvozanatlashgan budjet talablari mavjud bo’lsada, mazkur talablar barcha shtatlar uchun bir xil emas. Birinchi navbatda, “muvozanat” tushunchasi harajatlarning daromadlardan oshib ketmasligi kerakligini anglatadi, biroq barcha mavjud daromadlarni ham muvofiqlashtirish va sarflashning iloji bo’lmaydi. Sarflanadigan daromadlar barcha mablag’larni qamrab olmaydi, va odatda grantlar (trust funds) hamda kapital xararajatlar mazkur ro’yxatga kirmaydigan xarajatlar hisoblanadi. Natijada, davlat jamg’armasining kamida yarim qismi muvozanatlashgan budjet talablari tomonidan qamrab olinishi mumkin. Budjet idorasiga so’rovni taqdim etish, budjet loyihasini qonun chiqaruvchi organga taqdim etish va tasdiqlatish muddatlari kabi masalalar sababli muvozanatlashtirish talablari ham turlicha bo’lishi mumkin. Huddi shunday farqlar mahalliy darajada ham uchraydi.Shtat budjet tizimining muvozanatga erishishi siyosiy jarayon hisoblanadi. Daromadlarni oshirish yo’llarini izlab topish va xarajatlarni qisqartirish muvozanatga erishishning keng tarqalgan yo’li bo’lsada, muvozanatni ta’minlash uchun boshqa vositalardan ham foydalaniladi. Masalan, budjet zaxiralari, qora kun (favqulotda vaziyatlar) uchun saqlab qo’yilgan mablag’lar, avvalgi yillardan qolgan jamg’armalar harajatlarni qoplashga yo’naltirilishi mumkin . Ayrim davlatlar budjet harajatlarini qisqartirish talab etilgan paytda ham qora kunga asrab qo’yilgan mablag’lar hisobidan harajatlarni yuqori darajada amalga oshirishda davom etadilar. Shuningdek, ayrim hollarda, resurslardan avvalgi yilda foydalanilgan bo’lsa ham to’lovlar bir moliyaviy yildan keyingisiga o’tkazilishi mumkin. Siyosiy rahbarlar budjet muvozanatda bo’lmagan
paytda ham uni muvozanatlashgan budjet qilib ko’rsatish uchun shu va boshqa vositalardan foydalanadilar.

  1. Budjet taqchilligini tartibga solish. Taqchillikni keltirib chiqaruvchi omillar. Taqchillikni moliyalashtirish manbalari.

    1. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun mamlakat markaziy bankidan kreditlar olish, ya’ni muomalaga qo’shimcha pul emissiyasini amalga oshirish. 2. Davlat budjeti xarajatlarining hajmini qisqartirish. 3. Davlat budjeti daromadlarini ko’paytirish, ya’ni amaliyotga yangi soliq turlarini kiritish yoki amaldagi soliq stavkalarini oshirish. 4. Davlat mulkini mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarga sotish. 5. Mamlakat aholisidan, mahalliy xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan, xorijiy mamlakatlar hukumatidan, xalqaro moliya tashkilotlaridan va yirik xorijiy tijorat banklaridan qarz olish.

Taqchillikni hajmi:


milliy valyutada absolyut summada;
mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga nisbatan; milliy daromad hajmiga nisbatan;
budjet daromadlari va xarajatlariga nisbatan foizlarda aniqlanadi.
Boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, budjet defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital quyilmalarini amalga oshirishning zarurligi;
favqulodda hodisalarning mavjudligi;
iqtisodiyotdagi tanazzulli (krizisli) holatlar va uning emirilishi; moliya-kredit aloqalarining yetarli darajada samarali emasligi;
hukumat tomonidan mamlakatdagi moliyaviy holat ustidan yetarli darajada nazorat qila olmaslik;
ijtimoiy ishlab chiqarishning nisbatan past darajada sa-maradorligi; tashqi iqtisodiy aloqalarning nisbatan kam natijaliligi;
budjet xarajatlarining nooqilona tarkibiy tuzilishi (strukturasi);
mamlakat miqyosida mavjud bo’lmagan mablag’lar hisobidan yashashga intilish; yirik davlat investitsiyalarini amalga oshirish amaliyo-tining mavjudligi;
harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi;
ichki real imkoniyatni yetarli darajada inobatga olmagan holda boshqa mamlakatlarga yordam berilishi;

Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirishning eng oson, lekin juda qaltis usuli
bo’lib mamlakat Markaziy bankidan qarz olish hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki,
davlatga iqtisodiyot va sotsial sohani rivojlantirishga stimul sifatida foydalanish imkonini bermaydigan va yetarli darajada samarali bo’lmagan budjet mexanizmining mavjudligi;
mamlakat Markaziy bankdan kredit olish o’z mohiyatiga asosan muomalaga qo’shimcha pul emissiyasini amalga oshirish hisoblanadi. Ushbu usul qo’llanilganda, mamlakatda davlat budjeti taqchilligi rasman moliyalashtirishga erishiladi, lekin ushbu usulning ayrim salbiy tomonlari mavjud. Mamlakat Markaziy bankidan xaddan tashqari ko’p kreditlar olish natijasida mamlakatda shiddatli yoki jilovlanmagan inflyatsiya yuzaga chiqishi mumkin. Buning natijasida, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol keskinlashib ketadi. Xalqaro amaliyotda ko’plab rivojlanayotgan, shu jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo mamlakatlarda davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirishda yaqingacha ushbu usuldan keng foydalanganlar. O’zbekiston Respublikasida ham davlat budjeti taqchilligini qisqartirishda 2003-yilgacha Markaziy bank kreditlaridan foydalanilgan.
Budjet kodeksining 151-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kreditlarini Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbasi sifatida jalb qilishga yo’l qo’yilmaydi. Ushbu moddaga asosan, respublikamizda davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirishda Markaziy bank kreditidan foydalanish qonunan ta’qiqlangan.
Budjet defitsiti vujudga kelganda, unga nisbatan strategik yondoshuv quyidagilarga alohida e’tibor berilishini taqozo etadi:
budjet defitsitining mavjudligini matematik yo’l bilan hal qilishga harakat qilmaslik kerak. Chunki, bu holda, iqtisodiyotni “davolash” o’rniga uning kasalligi kuchayadi;
budjetning balansliligi, daromadlarning xarajatlardan ko’pligi sog’lom va uzluksiz rivojlanayotgan iqtisodiyotdan dalolat bermaydi. Budjet defitsiti bo’lishi mumkin;
budjet defitsitining miqdori (darajasi), odatda, mamlakat yalpi milliy mahsulotining 2-3%dan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni tezroq qisqartirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko’rish kerak;
budjet defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat kreditining turli shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlat qimmatbaho qog’ozlarini moliyaviy bozorda joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Aksincha, milliy pul birligi belgilarini zarb etuvchi uskunani (stanokni) ishga solmaslik kerak;
budjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish uchun, birinchi navbatda, iqtisodiyotning o’zini “davolamoq” lozim. Aks holda, ana shu maqsadga erishish uchun ko’zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Budjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlarning eng asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
budjet xarajatlarining investitsion yo’nalishini o’zgartirish, ularni eng ko’p samara beradigan yo’nalishlarga yo’naltirish;
xo’jalik yuritishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy imtiyoz va jazolardan keng foydalanish;
davlatdan moliyalashtirishni va davlat iqtisodiyoti sohasini qisqartirish, xorijiy davlatlarga yordam ko’rsatishni keskin kamaytirish;
harbiy xarajatlarni qisqartirish;
eng muhim sotsial dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik budjet xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni to’xtatib turish;
qarzlarni davlat qimmatbaho qog’ozlari shaklida rasmiylashtirmasdan turib hukumat organlariga kredit berishni Markaziy bank uchun taqiqlab qo’yish;
xorijiy sarmoyalarni jalb etish; va boshqalar.
Taqchillik ko’p hollarda quyidagilar asosida kelib chiqadi:
taqchillik davlatning markazlashgan kapital qo’yilmalarini iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida oshirish yuzasidan kelib chiqishi mumkin. Bunday holatda u iqtisodiyotdagi krizis holatini bildirmaydi, balki davlatning iqtisodiy konyukturani tartibga solish, jadal rivojlanishni ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqadi;
taqchillik favqulodda holatlar natijasida kelib chiqishi mumkin (urushlar, tabiiy ofatlar va boshq.). Bunday holatlarda odatdagi rezervlar yetarli bo’lmaydi va ortiqcha mablag’larga ehtiyoj tug’iladi;
taqchillik krizis holatidan kelib chiqadi. Bunda iqtisodiyot parokandalikka yuz tutadi, moliya-kredit mexanizmlari samarasiz ishlaydi, hukumat mamlakatning moliyaviy barqarorligini amaldagi usullar bilan boshqara va tartibga sola olmaydi. Bunday taqchillik iqtisodiyot uchun xatarli bo’lib, zudlik bilan iqtisodiyotni barqarorlashtirish, xo’jalikning moliyaviy holatini sog’lomlashtirish bo’yicha aniq choralar ko’rishnigina emas, balki voqelikka mos keluvchi siyosiy qaror qabul qilishni taqozo etadi. Aynan shu turdagi, iqtisodiy rivojlanishni, iqtisodiy
tizimning tashkiliy printsiplarini stixiyali holda qayta qurish mamlakatda (80- yillar) turg’unlik holatini keltirib chiqardi.
Taqchillikning kelib chiqish sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin:
iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida davlat budjeti hisobidan kapital qo’yilmalar hajmining oshib ketishi;
favqulodda holatlar – urushlar, davomiy ommaviy tartibsizliklar, tabiiy ofatlar; YaIM usish sur’atlarining pasayib ketishi, ishlab chiqarishning izdan chiqishi; budjet daromadlari bazasining mustahkam emasligi;
YaIM ning o’sish sur’atlariga erishmasdan turib markazlashgan uzoq muddatli investitsiyalarni, ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtirishni muttasil oshirib borish;
iqtisodiy inqirozlar va boshqalar.
Davlat budjeti taqchilligi:



Budjet defitsiti vujudga kelgan paytda uni moliyalashtirish manbalarini aniqlab olmoq zarur. Uni moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri davlatning qarz olishidir.


Davlatning qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo’yicha kafolatchi sifatida hukumatning qarz majburiyatlari vujudga keladi.
Davlatning ichki qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo’yicha kafolatchi sifatida hukumatning o’z milliy valyutasida ifodalangan qarz majburiyatlari paydo bo’ladi.
Davlatning tashqi qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo’yicha kafolatchi sifatida hukumatning xorijiy valyutada ifodalangan qarz majburiyatlari vujudga keladi.
Budjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalari jalb qilingan mablag’larning barcha asosiy turlari bo’yicha navbatdagi moliyaviy yilga mo’ljallangan budjet to’g’risidagi qonunda qonunchilik hokimiyati organlari tomonidan albatta tasdiqlanishi kerak.
Budjet defitsitini moliyalashtirishning manbai sifatida mamlakat Markaziy bankining kreditlari va Markaziy bank tomo-nidan hukumatning sotib olingan qarz majburiyatlari maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas.
Budjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga bo’lish qabul qilingan:

      1. ichki manbalar; 2)tashqi manbalar.

Budjet defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:


mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar;
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqa-rish orqali amalga oshirilayotgan davlat zayomlari;
davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar;
davlat zaxiralari va rezervlar bo’yicha daromadlarning xa-rajatlardan o’sgan qismi summasi;
budjet mablag’larini hisobga oluvchi hisob varaqlaridagi mablag’lar qoldig’ining o’zgarishi;
va boshqalar.
Budjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar kiradi:
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqa-rish orqali xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;
xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firma-lar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kreditlari.
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlarni qo’shgan holda) mam-lakat hukumatining qarz majburiyatlari hukumatning davlat qar-zini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil eta-digan davlat mulki bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minla-nishi kerak. Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukuma-tining qarz majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika budjetining daromadlarini shakllantirish bo’yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar.
Mamlakatning qarz majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:



Mamlakatning qarz majburiyatlari o’zining muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bo’lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda (zayom shartlarini, jumladan, to’lov muddatlari, foiz to’lovlarining miqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.


Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  1. hukumat davlat qimmatbaho qog’ozlari bo’yicha qarzining asosiy nominal summasi;

  2. hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz-ning hajmi;

  3. mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo’yicha majburiyatlar hajmi va boshqalar.

O’z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:
xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat kafolatlari bo’yicha majburiyat-lar hajmi;
xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz hajmidan iborat bo’ladi.
2011 yil 1 yanvardan budjet amaliyotiga kiritilgan yangi budjet tasnifiga muvofiq, budjet defitsitini moliyalashtirish manbalari quyidagicha guruhlangan:
Moliyalashtirishning ichki manbalari:
1.Davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirishdan tushgan mablag’lar 2.Markaziy bank kreditlari

  1. Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar

  2. O’zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag’larining qoldig’i

  3. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’larining qoldig’i

  4. Ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi davlat jamg’armasi mablag’larining qoldig’i

  5. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi mablag’larining qoldig’i

  6. O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasining maxsus hisobvarag’i mablag’lari

  7. Boshqa ichki manbalardan jalb qilinadigan mablag’lar Moliyalashtirishning tashqi manbalari:

1.Davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirishdan tushgan mablag’lar 2.Xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar kreditlari

  1. Xorijiy davlatlar kreditlari

  2. Boshqa tashqi manbalardan jalb qilinadigan mablag’lar

  1. Budjet taqchilligi to’g’risidagi zamonaviy kontseptsiyalar, ularning mazmuni, xususiyatlari va ahamiyati.

Bu muammoni hal qilish bo’yicha jahonda bir-biriga zid bo’lgan bir qancha kontseptsiyalar mavjud:

Yüklə 177,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin