Davlat budjetining ijtimoiy himoya xarajatlari



Yüklə 7,61 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü7,61 Kb.
#204574
Davlat budjetining ijtimoiy himoya xarajatlari

Davlat budjetining ijtimoiy himoya xarajatlari

Shokirov Xurshid

Ijtimoiy himoya

  • Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan ibo-rat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.
  • Davlat byudjeti – davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqaruvchi, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi. Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjetining asosiy qismi soliqlar hisobiga shakllanadi. Masalan, 1987-yilda AQShda soliq tushumlari davlat byudjetining 98 foizini, Buyuk Britaniyada 96, foizini, Fransiyada 91, foizini tashkil qildi. AQSH federal byudjetidan qilinadigan harajatlar orasida daromadlar darajasini taʼminlash ya’ni qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va boshqalarga yordam koʻrsatish sarflari 40 foiz va milliy mudofaa harajatlari 28 – 30 foiz bo‘lib, eng muhim oʻrinda turadi.
  • O‘zbekistonda ham yuqoridagilar kabi davlat budjetining sohalar kesimida sarflanishi Qonun darajasida tartibga solingan. Xususan, Senatning 36-yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-813-son Qonuni 2023-yil 30-yanvarda qabul qilindi va 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kirdi. Mazkur Qonun bilan 2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2024–2025-yillar uchun budjet mo‘ljallari belgilangan.
  • Eslatib oʻtamiz, mamlakatimizning konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari kiradi. Konsolidatsiyalashgan budjet tarkibiga kiritiladigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining roʻyхati Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi. Darhaqiqat, Qonunga ko‘ra, 2023-yilda mamlakatimiz iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulotning o‘sish surʼatlari 5,3 foizni va isteʼmol narxlari indeksi 2022-yilning dekabr oyiga nisbatan 9,5 foiz miqdorida bo‘lishidan kelib chiqib, Davlat budjeti parametrlari hisob-kitob qilingan. Respublikamiz Konsolidatsiyalashgan budjetining daromadlari 2023-yilda 310,7 trln so‘mni hamda xarajatlar 343,2 trln so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Ushbu Qonun bilan 2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi hukumati) nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSH dollari miqdorida etib belgilanmoqda. 2023-yilgi Davlat budjeti xarajatlari (davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlar bilan birga) 257,7 trln so‘mni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,1 foizni tashkil qilmoqda.
  • Qayd etilganidek, taʼlim sohasi xarajatlari 58,4 trln so‘m, sog‘liqni saqlash sohasiga 28,4 trln so‘m, madaniyat sohasiga 2,5 trln so‘m, sport sohasiga 2,3 trln so‘m va fanni yana-da rivojlantirish tadbirlari uchun 2023-yilda 1,8 trln so‘m yo‘naltirish belgilangan. 2023-yil uchun Davlat budjetida aholini ijtimoiy himoya qilishning ustuvor yo‘nalishlarini moliyalashtirish uchun 18,1 trln so‘m ajratiladi. Mazkur yo‘nalishlar uchun Ma’muriy islohotlarni amalga oshirish hisobiga tejalgan mablag‘lardan qoshimcha yo‘naltirilishi kutilmoqda.
  • Shu bilan birga kelgusi yilda jami 52 mingdan ortiq daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1,1 trln so‘m subsidiyalar to‘lab berilishi ko‘zda tutilgan. Iqtisodiyot sohasiga ajratilishi rejalashtirilayotgan xarajatlar 36,7 trln so‘mni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,4 foizni, jami xarajatlarning 14 foizini tashkil etib, bu mablag‘lar asosan tomchilatib sug‘orish, geologik qidiruv ishlarini va aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda uy-joy kommunal xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’ati 5,6-5,8 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Unda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 6 foiz, qurilish ishlari – 6,3 foiz, qishloq xo‘jaligi – 4 foiz va bozor xizmatlari – 14,9 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. Bu Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi majlisida qayd etildi.
Yüklə 7,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin