Davlat byudjeti daromadlari tizimlari


- soliqlarni ishlab chiqaruvchilaming aylanma fondlari hajmiga ta'sir ko'rsatmasligi



Yüklə 13,56 Kb.
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü13,56 Kb.
#195083
1   2   3   4   5
Zokirov Behruz3

- soliqlarni ishlab chiqaruvchilaming aylanma fondlari hajmiga ta'sir ko'rsatmasligi;

- soliqlaming sof daromadga nisbatan hisoblanishi;

- davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq bo'lishi lozim;

- soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi kerak;

- sub'ektlarning mustaqiI faoIiyat ko'rsatishiga sharoit yaratish.

Ya'ni, sub'ektlarga tegishli bo'lgan mablag'larning bir qismini davlat byudjetiga olinishi ularning mustaqil rivojlanishiga salbiy ta’sir ko'rsatmasligi kerak. Chegaradan o'tib ketilganda sub'ektlarning mustaqilligini yo'qotishiga, kasodga uchrash hollarining vujudga kelishiga, ichki rezervlarni qidirib topishga va ishlab chiqarishningo'sish sur'atlarini ta'minlashga intilish susayadi, xufyona iqtisodiyotning rivojlanishi boshlanadi;

Davlat byudjetining daromadlari o'zlarining manbalari, ijtirnoiyiqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to'lovlarning turi mablag'larning tushish shakli va ularni byudjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi murnkin.Davlat byudjetining daromadlari o'z manbalariga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi soliqli daromadlar; soliqsiz daromadlar; tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o'tkaziladigan pul mab lag' lari. Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig'imlari, mahalliy soliqlar va yig'imlar, bojxona bojlari, boj yig'imlari va boshqa boj to'lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat. Soliqsiz daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat mulkidan foydalanish tufayli olingan daromadlar (soliqlar va yig'imlar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq to'langansoliq va yig'imlardan so'ng); byudjet tashkilotlari tomonidan ko'rsatilgan to'lovli xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig'imlar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq to'langan soliq va yig'imlardan so'ng); fuqarolik-huquqiy, ma'muriy va jinoiy choralarni qo'llash natijasida olingan mablag'lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, tovon to'lashlar va davlat sub'ektlariga yetkazilgan zararlarni tiklash bo'yicha olingan mablag'lar hamda majburiy undirilgan boshqa mablag'lar; moliyaviy yordam ko'rinishidagi daromadlar (byudjet ssudalari va byudjet kreditlaridan tashqari); boshqa soliqsiz daromadlar.


Yüklə 13,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin