Davlat byudjeti daromadlarining
tarkibiy
tuzilishi
va ularning klassifikatsiyasi
Davlat byudjeti daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy
xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish
shakli, ularni byudjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq tasniflanishi
(klassifikatsiya qilinishi) mumkin.
Davlat byudjeti daromadlari o’z manbalariga ko’ra quyidagi guruhlarga
bo’linadi:
-soliq shaklidagi daromadlar;
-soliq bo’lmagan daromadlar;
-tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari.
Davlat byudjetining soliq shaklida oladigan daromadlari tarkibi mamlakat soliq
qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va
yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji,
penya va jarimalardan iborat.
Soliq bo’lmagan daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va
yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq
va yig’imlardan so’ng);
davlat byudjeti tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan to’lovli
xizmatlardan
kelgan
daromadlar
(soliqlar va yig’imlar
to’g’risidagi
qonunchilikka
muvofiq
to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);
fuqarolik-huquqiy,
ma’muriy
va
jinoiy
choralarni
qo’llash natijasida olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar,
musodaralar,
kompensatsiyalar va davlat
sub’yekt-
lariga
etkazilgan zararlarni tiklash
bo’yicha olingan mablag’lar
va majburiy undirilgan boshqa mablag’lar;
moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (davlat byudjeti
ssudalari va davlat byudjeti kreditlaridan tashqari);
soliq xarakteriga ega bo’lmagan boshqa daromadlar.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibida tushumlarning quyidagi ko’rinishlari
ham hisobga olinishi mumkin:
davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara
haqi yoki boshqa ko’rinishda olinadigan mablag’lar;
kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda davlat byudjeti mab-
lag’larining qoldig’i
bo’yicha
foizlar ko’rinishida
olinadigan mablag’lar;
davlatga
tegishli
mol-mulkni garovga yoki
ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag’lar;
qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy
davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan davlat
byudjeti mablag’laridan foydalanganlik uchun haq;
davlatga qisman tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari ustav
kapitalining hissasiga yoki aktsiyalar bo’yicha dividendlarga
to’g’ri keladigan foyda ko’rinishidagi daromadlar;
davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va
yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq
va yig’imlardan so’ng);
davlatga tegishli bo’lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida
olinadigan qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa daromadlar.
Davlat byudjetining daromadlar qismini to’ldirishning manba- laridan biri
davlat
byudjeti
tizimida
boshqa
darajada
turgan
byudjetdan
dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va
tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday
moliyaviy
yordamlar
mablag’larni
oluvchi
davlat
byudjetining daromadlarida o’z ifodasini
topishi
kerak.
Jismoniy
va yuridik
shaxslardan,
xalqaro
tashkilotlar va xorijiy
davlatlar hukumatlaridan
qaytarilmaydigan
yoki
tiklanmaydigan
shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham davlat byudjetining shunday daromadlari
tarkibiga kiradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjetining daromadlari
quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda
72
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
o
davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan
olingan daromadlar;
o
meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
o
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan
tushadigan qaytarilmaydigan pul tushum-lari;
o
rezident-yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssuda-larini va
chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar;
o
qonun
hujjatlariga
muvofiq
boshqa
daromadlar
hisobidan
shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlari
quyidagi manbalar
hisobidan
shakllantirilmoqda:
1.
umumdavlat soliqlari, shu jumladan:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
yagona soliq to’lovi;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
qo’shilgan qiymat solig’i;
aksiz solig’i;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
2.
bojxona bojlari;
3.
qo’shimcha foyda solig’i;
4.
mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo’yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi
davlat ulushi;
boshqa daromadlar.
Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi to’lanishidan
tushgan tushumlar, qonun huj-jatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining
respublika byudjetiga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’im-lar, tovon pullari,
kompensatsiya to’lovlari jarima sank-tsiyalari va davlat daromadiga o’tkazilgan
mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini
joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan belgi-langan normativlar bo’yicha
olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tkazilgan pul
mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan
tushgan qaytarilmaydigan
pul tushumlari
, rezident-yuridik shaxslarga berilgan
davlat byudjeti ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to’lash hisobidan
to’lovlar, aktsiyalarning davlat ulushi (payi) bo’yicha dividendlar (daromadlar),
bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo’yicha dividendlar
(daromadlar) mustasno, mobil aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali
aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lov,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va qonun hujjat-lariga
muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyat-lar va Toshkent shahar
mahalliy
byudjetlarining
daro-madlari
quyidagi
manbalar
hisobidan
shakllantirilmoqda
74
:
1.
belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan:
o
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
o
yagona soliq to’lovi;
o
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
o
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan
soliq;
o
qo’shilgan qiymat solig’i;
o
aksiz solig’i;
o
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
o
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
2.
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, shu jumladan:
benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
mol-mulk solig’i;
yer solig’i;
yagona yer solig’i;
ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrim turdagi
xizmatlarni ko’rsatish uchun yig’im;
3.
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan
qaytarilmaydigan pul tushumlari;
4.
bozorlardan
tushadigan
daromadlar;
5.
boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga davlat
daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar,
davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan
belgilangan normativlar bo’yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlariga
muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlariga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’imlar,
tovon pullari va jarima sanktsiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi
bo’yicha davlat ixtiyoriga o’tgan mol-mulkni, huquq bo’yicha davlat
daromadiga o’tkazilishi lozim bo’lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan
tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo’yicha
dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
daromadlar kiradi.
O‘zbekiston
Respublikasining
respublika
byudjetidan
ajratiladigan
subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromad-lar, dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy
transfertlar Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar
viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari
hisoblanadi.
Suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq
, tadbirkorlik faoliyatining ayrim
turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston Respublikasida ishlab
chiqariladigan pivo va o’simlik yog’i uchun aktsiz solig’i Qoraqalpog’iston
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari
daromadlariga o’tkazib beriladi.
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tasdiqlangan normativlarga
muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat
byudjeti, Toshkent shahri shahar byudjeti hamda tumanlar va shaharlar byudjetlari
o’rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra davlat byudjeti daromadlari ikki
guruhga bo’linishi mumkin:
xo’jalik yurituvchi sub’yektlardan olinadigan daro-madlar;
aholidan tushumlar.
Mulkchilik shakliga ko’ra davlat byudjeti daromadlari quyidagi ko’rinishlarda
bo’lishi
mumkin:
nodavlat sektordan olinadigan daromadlar;
davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlar;
aholidan olinadigan mablag’lar.
Davlat
byudjeti
daromadlarining
yuqorida sanab o’tilgan har
bir guruhlari daromadlarning manbalari, to’lovlarning turlari va hokazolar bo’yicha
kichik guruhlarga bo’linishi ham mumkin. Masalan, davlat xo’jaliklaridan
olinadigan daro-madlarga davlat korxona va tashkilotlarining to’lovlari, davlat
mulkini sotishdan olinadigan daromadlar, davlat tashkilotlari tomonidan
ko’rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar kiradi. Aholidan byudjetga
kelib tushadigan mablag’lar esa soliqlar va boshqa ixtiyoriy to’lov-lardan iborat
bo’lishi mumkin. O‘z navbatida, har bir kichik guruhlarga biriktirilgan davlat
byudjeti
daromadlari tushumlarning
alohida
turidan
iborat.
Masalan,
davlat korxonalari tomonidan byudjetga o’tkaziladigan daromadlarning tarkibiga
qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, daromad (foyda) solig’i va boshqalar
kiradi.
Shuningdek
, davlat mulkidan olinadigan daromadlar tarkibi bojxona
daromadlaridan, egasiz va musodara qilingan mol-mulkni, talab qilib olinmagan
yuklar va pochta jo’natmalarini, meros huquqi bo’yicha davlatga o’tgan mol-
mulklarni sotishdan
olingan
tushumlardan
iborat.
Davlat tashkilotlari
va
muassasalari tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlarga yo’l
harakati xavfsizligi
xizmati
tomonidan
undiriladigan
yig’imlar, tovar belgilarini qayd etganlik uchun yig’imlar, o’lchov asboblarini
davlat tekshiruvidan o’tkazilganligi uchun haq, sud va arbitraj organlari hamda
notarial idoralari tomonidan aholiga ko’rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan haq
va boshqalar kiradi.
Davlat byudjeti daromadlari majburiy yoki ixtiyoriy tarzda jalb qilinishi
mumkin. Daromadlarni majburiy shaklda jalb qilish hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Ixtiyoriy shakldagi to’lovlarga davlat obligatsiyalarini va pul-buyum lotereyalarini
sotishdan
olingan tushumlar
kiradi.
Davlat
byudjeti
daromadlarini
shakllantirishdagi majburiylik
yuridik va jismoniy
shaxslar
tomonidan
ma’lum bir mablag’lar
belgilangan
muddatlarda
byudjetga
o’tkazilishi
zarurligini anglatadi. U yoki bu to’lovni qonun tomonidan majburiy deb e’tirof
etilishi to’lanmagan summalarning majburiy undirilishini ko’zda tutadi. Bu holat
davlat byudjetiningijrosi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lib, mablag’larni
to’liq va o’z vaqtida byudjetga jalb etishga xizmat qiladi.
Sub’ektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga ikki xil usulni qo’llash
evaziga olinishi mumkin:
1.
soliq usulida;
2.
soliq bo’lmagan usulda.
Soliq usul uchun mablag’larning davlat byudjeti foydasiga aniq belgilangan
miqdorlarda va oldindan o’rnatilgan muddat-larda undirilishi xarakterlidir.
Soliqlarning undiri-lishi mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy
daromadining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog’liq. Ular yordamida
xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va aholiga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismi
davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i,
aktsizlar, daromad (foyda) solig’i, yer solig’i, mol-mulk solig’i va boshqalar kiradi.
Soliq xarakteriga ega bo’lmagan daromadlar davlatga tegishli bo’lgan korxona
va tashkilotlardan olinadigan to’lovlardir.
Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarilishi talab etilmaydigan mablag’lar ham
davlat byudjetiningdaromadlari bo’lishi mumkin. Biroq ayrim to’lovlar davlatning
ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish uchun o’tkazilishi ham mumkin. Bunday holda
davlat olingan mablag’larni
sarf etsa-da
, bu mablag’larni belgilangan muddatlarda
va to’liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday davlat byudjeti daro-
madlarining ko’rinishlaridan biri davlat obligatsiyalarini sotishdan olingan
tushumlar hisoblanadi. Davlat byudjeti daromadlariga ular shartli ravishda, faqat
shu yilning byudjeti daromadlari nuqtai nazaridan kiritilishi mumkin.
Byudjetlarning barcha daromadlari u yoki bu byudjetlarga biriktirilishiga qarab
ikkiga bo’linishi mumkin:
1.
davlat byudjetining o’z daromadlari;
2.
davlat byudjetining tartibga keltiruvchi daromadlari.
Mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq doimiy asosda tegishli byudjetga to’liq
yoki qisman biriktirilgan daromadlar davlat byudjetiningo’z daromadlari deyiladi.
Ularga tegishli byudjetlarga biriktirilgan soliqlar va soliq xarakeriga ega
bo’lmagan daromadlar kiradi.
Navbatdagi moliyaviy yil (yoki uzoq muddatli davr asosida, odatda 3 yildan
kam bo’lmagan holda) uchun boshqa darajadagi byudjetlarga ajratmalar normativi
o’rnati-ladigan soliqlar va boshqa to’lovlar davlat byudjetiningtartibga keltiruvchi
daromadlari deyiladi.
Davlat byudjeti daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai nazaridan
oldindan mo’ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga
tushiriladi va ulardan odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi. Davlat
byudjeti daromadlarining faqat ba’zi birlarigina oldindan belgilangan maqsadlar
uchun mo’ljallangan. Ularning tarkibiga ijtimoiy sug’urta badallarini
kiritish mumkin.
Soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va majburiy ajratmalarning alohida
shakllari va turlarining yig’indisi davlat byudjeti daromadlarining yagona tizimini
tashkil etadi. Turli sub’yektlardan kelib tushadigan davlat byudjeti daromadlari bir-
biri bilan o’zaro bog’langan.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy bo’lmasdan,
mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning o’zgarishiga muvofiq
ravishda o’zgarib boradi. Masalan, keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi
davlat byudjetining daromadlari uchun quyidagi tarkib va tuzilma shakllangan:
mamlakatimiz
davlat
byudjetining
daromadlari
ayni
paytda to’g’ri (bevosita)
soliqlar
, egri (bilvosita) va resurs
to’lovlari va mol-
mulk solig’i, ustama foydadan olinadigan soliq, obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlan- tirish uchun soliq va boshqa daromadlardan tarkib
topmoqda. Davlatimiz byudjetining daromadlarini tarkibiy tuzilmasida egri
(bilvosita) soliqlar, ya’ni qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, bojxona bojlari,
jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to’lovi va transport vositalari uchun
benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar
hal qiluvchi rol o’ynamoqda. Aynan shu guruhga kiruvchi soliqlar hisobidan davlat
byudjeti daromadlarining yarmi (50,23%) shakl-lanayapti. Bu soliqlar orasida
qo’shilgan qiymat solig’i (28,15%) va aktsizlar (16,47%) davlat byudjeti
daromadlarini shakllantirishda alohida ahamiyatga egadir. Birgina qo’shilgan
qiymat solig’i yordamida davlat byudjeti daromadlarining ¼ qismidan ko’prog’i
shakllanayotganligi bu soliqning davlat byudjeti daromadlari tuzilmasidagi
o’rni katta ekanligini yaqqol ko’rsatayapti.
Shuningdek, Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilmasida to’g’ri
(bevosita) soliqlar ham o’z o’rniga ega. Ular yordamida davlat byudjeti
daromadlarining ¼ qismi tashkil topayapti. Uning asosiy qismi (jami to’g’ri
(bevosita) soliqlarning 49,4%) esa jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig’ining hissasiga to’g’ri kelayapti. Bu yerda yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig’i ham shu guruhga kiruvchi boshqa soliqlarga nisbatan davlat byudjeti
daromadlarini shakllantirishda alohida rol (5,2%) o’ynamoqda.
Resurs
to’lovlari va mol-mulk solig’i yordamida davlat byudjeti
daromadlarining 15,95% tashkil topayapti. Uning asosiy qismi (shu guruhga
kiruvchi soliqlarning 61,6%) er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqqa
to’g’ri kelayapti.
Dostları ilə paylaş: |