Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilishi va ularning klassifikatsiyasi



Yüklə 402,65 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix06.02.2023
ölçüsü402,65 Kb.
#83209
\'Ochiq dars materiali



Davlat byudjeti daromadlarining 
tarkibiy 
tuzilishi 
va ularning klassifikatsiyasi 
Davlat byudjeti daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy 
xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish 
shakli, ularni byudjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq tasniflanishi 
(klassifikatsiya qilinishi) mumkin.
Davlat byudjeti daromadlari o’z manbalariga ko’ra quyidagi guruhlarga 
bo’linadi: 
-soliq shaklidagi daromadlar; 
-soliq bo’lmagan daromadlar; 
-tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari. 
Davlat byudjetining soliq shaklida oladigan daromadlari tarkibi mamlakat soliq 
qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va 
yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji, 
penya va jarimalardan iborat.
Soliq bo’lmagan daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
 
davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va 
yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq 
va yig’imlardan so’ng); 
 
davlat byudjeti tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan to’lovli 
xizmatlardan 
kelgan 
daromadlar 
(soliqlar va yig’imlar 
to’g’risidagi 
qonunchilikka 
muvofiq 
to’langan soliq va yig’imlardan so’ng); 
 
fuqarolik-huquqiy, 
ma’muriy 
va 
jinoiy 
choralarni 
qo’llash natijasida olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, 
musodaralar, 
kompensatsiyalar va davlat 
sub’yekt-
lariga 
etkazilgan zararlarni tiklash 
bo’yicha olingan mablag’lar 
va majburiy undirilgan boshqa mablag’lar; 
 
moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (davlat byudjeti 
ssudalari va davlat byudjeti kreditlaridan tashqari); 
 
soliq xarakteriga ega bo’lmagan boshqa daromadlar. 


Davlat byudjeti daromadlarining tarkibida tushumlarning quyidagi ko’rinishlari 
ham hisobga olinishi mumkin: 
 
davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara 
haqi yoki boshqa ko’rinishda olinadigan mablag’lar; 
 
kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda davlat byudjeti mab-
lag’larining qoldig’i 
bo’yicha 
foizlar ko’rinishida 
olinadigan mablag’lar; 
 
davlatga 
tegishli 
mol-mulkni garovga yoki 
ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag’lar; 
 
qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy 
davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan davlat 
byudjeti mablag’laridan foydalanganlik uchun haq; 
 
davlatga qisman tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari ustav 
kapitalining hissasiga yoki aktsiyalar bo’yicha dividendlarga 
to’g’ri keladigan foyda ko’rinishidagi daromadlar; 
 
davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va 
yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq 
va yig’imlardan so’ng); 
 
davlatga tegishli bo’lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida 
olinadigan qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa daromadlar. 
Davlat byudjetining daromadlar qismini to’ldirishning manba- laridan biri 
davlat 
byudjeti 
tizimida 
boshqa 
darajada 
turgan 
byudjetdan 
dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va 
tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday 
moliyaviy 
yordamlar 
mablag’larni 
oluvchi 
davlat 
byudjetining daromadlarida o’z ifodasini 
topishi 
kerak. 
Jismoniy 
va yuridik 
shaxslardan, 
xalqaro 
tashkilotlar va xorijiy 
davlatlar hukumatlaridan 
qaytarilmaydigan 
yoki 
tiklanmaydigan 
shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham davlat byudjetining shunday daromadlari 
tarkibiga kiradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjetining daromadlari 
quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda
72
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar; 

davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan 
olingan daromadlar; 

meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; 

yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan 
tushadigan qaytarilmaydigan pul tushum-lari; 



rezident-yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssuda-larini va 
chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar; 

qonun 
hujjatlariga 
muvofiq 
boshqa 
daromadlar 
hisobidan 
shakllantiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlari
 
quyidagi manbalar 
hisobidan
 shakllantirilmoqda: 
1. umumdavlat soliqlari, shu jumladan: 

yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i; 

yagona soliq to’lovi; 

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; 

qo’shilgan qiymat solig’i; 

aksiz solig’i; 

yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 
2. bojxona bojlari; 
3. qo’shimcha foyda solig’i; 
4. mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo’yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi 
davlat ulushi; 
boshqa daromadlar. 
Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi to’lanishidan 
tushgan tushumlar, qonun huj-jatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining 
respublika byudjetiga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’im-lar, tovon pullari, 
kompensatsiya to’lovlari jarima sank-tsiyalari va davlat daromadiga o’tkazilgan 
mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini 
joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan belgi-langan normativlar bo’yicha 
olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tkazilgan pul 
mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan 
tushgan qaytarilmaydigan 
pul tushumlari
, rezident-yuridik shaxslarga berilgan 
davlat byudjeti ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to’lash hisobidan 
to’lovlar, aktsiyalarning davlat ulushi (payi) bo’yicha dividendlar (daromadlar), 
bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo’yicha dividendlar 
(daromadlar) mustasno, mobil aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali 
aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lov, 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va qonun hujjat-lariga 
muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyat-lar va Toshkent shahar 
mahalliy 
byudjetlarining 
daro-madlari 
quyidagi 
manbalar 
hisobidan 
shakllantirilmoqda
74



1. belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan: 

yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i; 

yagona soliq to’lovi; 

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; 

tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan 
soliq; 

qo’shilgan qiymat solig’i; 

aksiz solig’i; 

yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
2. mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, shu jumladan: 

benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; 

mol-mulk solig’i; 

yer solig’i; 

yagona yer solig’i; 

ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrim turdagi 
xizmatlarni ko’rsatish uchun yig’im; 
3. yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan 
qaytarilmaydigan pul tushumlari; 
4. bozorlardan 
tushadigan
 daromadlar; 
5. boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga davlat 
daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, 
davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan 
belgilangan normativlar bo’yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlariga 
muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent 
shahar mahalliy byudjetlariga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’imlar, 
tovon pullari va jarima sanktsiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi 
bo’yicha davlat ixtiyoriga o’tgan mol-mulkni, huquq bo’yicha davlat 
daromadiga o’tkazilishi lozim bo’lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan 
tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo’yicha 
dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
daromadlar kiradi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
respublika 
byudjetidan 
ajratiladigan 
subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromad-lar, dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy 
transfertlar Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar 
viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari 
hisoblanadi.


Suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq
, tadbirkorlik faoliyatining ayrim 
turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston Respublikasida ishlab 
chiqariladigan pivo va o’simlik yog’i uchun aktsiz solig’i Qoraqalpog’iston 
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari 
daromadlariga o’tkazib beriladi. 
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tasdiqlangan normativlarga 
muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat 
byudjeti, Toshkent shahri shahar byudjeti hamda tumanlar va shaharlar byudjetlari 
o’rtasida qayta taqsimlanishi mumkin. 
O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra davlat byudjeti daromadlari ikki 
guruhga bo’linishi mumkin: 

xo’jalik yurituvchi sub’yektlardan olinadigan daro-madlar; 

aholidan tushumlar. 
Mulkchilik shakliga ko’ra davlat byudjeti daromadlari quyidagi ko’rinishlarda 
bo’lishi 
mumkin: 

nodavlat sektordan olinadigan daromadlar; 

davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlar; 

aholidan olinadigan mablag’lar. 
Davlat 
byudjeti 
daromadlarining 
yuqorida sanab o’tilgan har 
bir guruhlari daromadlarning manbalari, to’lovlarning turlari va hokazolar bo’yicha 
kichik guruhlarga bo’linishi ham mumkin. Masalan, davlat xo’jaliklaridan 
olinadigan daro-madlarga davlat korxona va tashkilotlarining to’lovlari, davlat 
mulkini sotishdan olinadigan daromadlar, davlat tashkilotlari tomonidan 
ko’rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar kiradi. Aholidan byudjetga 
kelib tushadigan mablag’lar esa soliqlar va boshqa ixtiyoriy to’lov-lardan iborat 
bo’lishi mumkin. O‘z navbatida, har bir kichik guruhlarga biriktirilgan davlat 
byudjeti 
daromadlari tushumlarning 
alohida 
turidan 
iborat. 
Masalan, 
davlat korxonalari tomonidan byudjetga o’tkaziladigan daromadlarning tarkibiga 
qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, daromad (foyda) solig’i va boshqalar 
kiradi. 
Shuningdek
, davlat mulkidan olinadigan daromadlar tarkibi bojxona 
daromadlaridan, egasiz va musodara qilingan mol-mulkni, talab qilib olinmagan 
yuklar va pochta jo’natmalarini, meros huquqi bo’yicha davlatga o’tgan mol-
mulklarni sotishdan 
olingan 
tushumlardan 
iborat. 
Davlat tashkilotlari 
va 
muassasalari tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlarga yo’l 
harakati xavfsizligi 
xizmati 
tomonidan 
undiriladigan 
yig’imlar, tovar belgilarini qayd etganlik uchun yig’imlar, o’lchov asboblarini 


davlat tekshiruvidan o’tkazilganligi uchun haq, sud va arbitraj organlari hamda 
notarial idoralari tomonidan aholiga ko’rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan haq 
va boshqalar kiradi.
Davlat byudjeti daromadlari majburiy yoki ixtiyoriy tarzda jalb qilinishi 
mumkin. Daromadlarni majburiy shaklda jalb qilish hal qiluvchi rol o’ynaydi. 
Ixtiyoriy shakldagi to’lovlarga davlat obligatsiyalarini va pul-buyum lotereyalarini 
sotishdan 
olingan tushumlar 
kiradi. 
Davlat 
byudjeti 
daromadlarini 
shakllantirishdagi majburiylik 
yuridik va jismoniy 
shaxslar 
tomonidan 
ma’lum bir mablag’lar 
belgilangan 
muddatlarda 
byudjetga 
o’tkazilishi 
zarurligini anglatadi. U yoki bu to’lovni qonun tomonidan majburiy deb e’tirof 
etilishi to’lanmagan summalarning majburiy undirilishini ko’zda tutadi. Bu holat 
davlat byudjetiningijrosi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lib, mablag’larni 
to’liq va o’z vaqtida byudjetga jalb etishga xizmat qiladi. 
Sub’ektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga ikki xil usulni qo’llash 
evaziga olinishi mumkin: 
1. soliq usulida; 
2. soliq bo’lmagan usulda. 
Soliq usul uchun mablag’larning davlat byudjeti foydasiga aniq belgilangan 
miqdorlarda va oldindan o’rnatilgan muddat-larda undirilishi xarakterlidir. 
Soliqlarning undiri-lishi mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy 
daromadining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog’liq. Ular yordamida 
xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va aholiga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismi 
davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, 
aktsizlar, daromad (foyda) solig’i, yer solig’i, mol-mulk solig’i va boshqalar kiradi.
Soliq xarakteriga ega bo’lmagan daromadlar davlatga tegishli bo’lgan korxona 
va tashkilotlardan olinadigan to’lovlardir. 
Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarilishi talab etilmaydigan mablag’lar ham 
davlat byudjetiningdaromadlari bo’lishi mumkin. Biroq ayrim to’lovlar davlatning 
ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish uchun o’tkazilishi ham mumkin. Bunday holda 
davlat olingan mablag’larni 
sarf etsa-da
, bu mablag’larni belgilangan muddatlarda 
va to’liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday davlat byudjeti daro-
madlarining ko’rinishlaridan biri davlat obligatsiyalarini sotishdan olingan 
tushumlar hisoblanadi. Davlat byudjeti daromadlariga ular shartli ravishda, faqat 
shu yilning byudjeti daromadlari nuqtai nazaridan kiritilishi mumkin. 
Byudjetlarning barcha daromadlari u yoki bu byudjetlarga biriktirilishiga qarab 
ikkiga bo’linishi mumkin: 


1. davlat byudjetining o’z daromadlari; 
2. davlat byudjetining tartibga keltiruvchi daromadlari. 
Mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq doimiy asosda tegishli byudjetga to’liq 
yoki qisman biriktirilgan daromadlar davlat byudjetiningo’z daromadlari deyiladi. 
Ularga tegishli byudjetlarga biriktirilgan soliqlar va soliq xarakeriga ega 
bo’lmagan daromadlar kiradi.
Navbatdagi moliyaviy yil (yoki uzoq muddatli davr asosida, odatda 3 yildan 
kam bo’lmagan holda) uchun boshqa darajadagi byudjetlarga ajratmalar normativi 
o’rnati-ladigan soliqlar va boshqa to’lovlar davlat byudjetiningtartibga keltiruvchi 
daromadlari deyiladi. 
Davlat byudjeti daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai nazaridan 
oldindan mo’ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga 
tushiriladi va ulardan odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi. Davlat 
byudjeti daromadlarining faqat ba’zi birlarigina oldindan belgilangan maqsadlar 
uchun mo’ljallangan. Ularning tarkibiga ijtimoiy sug’urta badallarini 
kiritish mumkin. 
Soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va majburiy ajratmalarning alohida 
shakllari va turlarining yig’indisi davlat byudjeti daromadlarining yagona tizimini 
tashkil etadi. Turli sub’yektlardan kelib tushadigan davlat byudjeti daromadlari bir-
biri bilan o’zaro bog’langan. 
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy bo’lmasdan, 
mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning o’zgarishiga muvofiq 
ravishda o’zgarib boradi. Masalan, keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi 
davlat byudjetining daromadlari uchun quyidagi tarkib va tuzilma shakllangan: 
mamlakatimiz 
davlat 
byudjetining 
daromadlari 
ayni 
paytda to’g’ri (bevosita) 
soliqlar
, egri (bilvosita) va resurs 
to’lovlari va mol-
mulk solig’i, ustama foydadan olinadigan soliq, obodonlashtirish va ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlan- tirish uchun soliq va boshqa daromadlardan tarkib 
topmoqda. Davlatimiz byudjetining daromadlarini tarkibiy tuzilmasida egri 
(bilvosita) soliqlar, ya’ni qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, bojxona bojlari, 
jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to’lovi va transport vositalari uchun 
benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar 
hal qiluvchi rol o’ynamoqda. Aynan shu guruhga kiruvchi soliqlar hisobidan davlat 
byudjeti daromadlarining yarmi (50,23%) shakl-lanayapti. Bu soliqlar orasida 
qo’shilgan qiymat solig’i (28,15%) va aktsizlar (16,47%) davlat byudjeti 
daromadlarini shakllantirishda alohida ahamiyatga egadir. Birgina qo’shilgan 
qiymat solig’i yordamida davlat byudjeti daromadlarining ¼ qismidan ko’prog’i 


shakllanayotganligi bu soliqning davlat byudjeti daromadlari tuzilmasidagi 
o’rni katta ekanligini yaqqol ko’rsatayapti.
Shuningdek, Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilmasida to’g’ri 
(bevosita) soliqlar ham o’z o’rniga ega. Ular yordamida davlat byudjeti 
daromadlarining ¼ qismi tashkil topayapti. Uning asosiy qismi (jami to’g’ri 
(bevosita) soliqlarning 49,4%) esa jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig’ining hissasiga to’g’ri kelayapti. Bu yerda yuridik shaxslardan olinadigan 
foyda solig’i ham shu guruhga kiruvchi boshqa soliqlarga nisbatan davlat byudjeti 
daromadlarini shakllantirishda alohida rol (5,2%) o’ynamoqda. 
Resurs 
to’lovlari va mol-mulk solig’i yordamida davlat byudjeti 
daromadlarining 15,95% tashkil topayapti. Uning asosiy qismi (shu guruhga 
kiruvchi soliqlarning 61,6%) er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqqa 
to’g’ri kelayapti. 

Yüklə 402,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin