Davlat byudjeti tarkibi va uni takamillashtirish yóllari


Budjet tizimini boshqarish sub’ektlari qatorida quyidagilarni ko’rsatish mumkin



Yüklə 207,48 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2023
ölçüsü207,48 Kb.
#89136
1   2   3   4
Davlat byudjeti tarkibi va uni takamillashtirish yóllari

Budjet tizimini boshqarish sub’ektlari qatorida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • Oliy Majlis;
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
  • Mahalliy davlat hokimiyati organlari;
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning quyi organlari;
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi;
  • Markaziy bank;
  • Vakil qilingan vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralari va boshqa alohida vakolatli organlar

Budjet daromadlari

Budjet daromadlari - davlat budjet tizimining budjetlarigaqonun hujjatlarida belgilangan beg’arazlik va qaytarib bermasliktartibida kelib tushadigan pul mablag’laridir.

Davlat daromadlari - bu yaratilgan milliy boylikning davlat ehtiyojlari uchun jalb etiladigan qismidir. Davlat daromadlari keng mazmunli tushuncha bo’lib, o’z ichiga budjet daromadlari (milliy daromadning turli darajadagi budjetlarga jalb etilgan qismi)ni ham, budjetdan tashqari davlat jamg’armalari mablag’larini ham o’z ichiga oladi. Budjet daromadlari davlat daromadlarining eng salmoqli qismini tashkil etadi.

O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 50-moddasiga binoan Davlat budjeti daromadlari quyidagilardan iborat:

  • soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
  • davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
  • meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
  • yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
  • rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar;
  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar.

Davlat budjeti xarajatlari

Davlat budjeti xarajatlari YaIMning qayta taqsimlanishi natijasida davlat budjetida jamlangan pul mablag’larining maqsadga muvofiq qayta taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog’liq budjet qonunchiligi bilan tartibga solinadigan pul munosabatlari yig’indisidir.


Yüklə 207,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin