1. Budjet ijrosito‘g‘risidagi balans; 2. Daromadlar; 3. Xarajatlar; 4.O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarning budjet tasnifi bo‘yicha kassa va xaqiqiy xarajatlarning taqsimlanishi; 5. Budjet tashkilotlarining tarmoqlari bo‘yicha shtatlar va kontingentlari rejasining bajarilishi to‘g‘risida hisobot; 6. Maqsadli mablag‘lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risida ma’lumot. Moliya organlari choraklik hisobotlar tarkibida yuqoridagilardan tashqari tasarrufidagi budjet tashkilotlari bo‘yicha quyidagi yig‘ma hisobotlarni ham taqdim etadi:
1. Balans; 2. Xarajatldar smetasining ijrosi haqida hisobot; 3. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik xaqida ma’lumot; 4. Budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot; 5. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot; 6. Ta’lim muassasalarini o‘qitishni to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot; 7. Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risida hisobot. Budjet ijrosi to‘g‘risidagi balans moliya organlari tomonidan Bosh-jurnal daftari va aylanma qaydnomalar asosida tuziladi. Budjet ijrosi to‘g‘risidagi balansning aktiv qismi 5 - bo‘limdan iborat bo‘lib, pul mablag‘lari,xarajatlar, berilgan ssudalar,hisob-kitoblar va o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘limlari tashkil etadi. Budjet ijrosi to‘g‘risidagi balansning passiv qismi 5 - bo‘limdan iborat bo‘lib, daromadlar, olingan ssudalar, hisob-kitoblar, olingan mablag‘lar va natijalar bo‘limlari tashkil etadi.
Bosh-jurnal daftaridagi sintetik schyotlar qoldig‘i balansdagi ko‘rsatkichlar bilan bir xil bo‘ladi.
Budjet ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotning Daromadlarqismida budjet tasnifi bo‘yicharejalashtirilgan daromadlar summalari hamda ularni bajarilishi aks ettiriladi.