Davlat byudjetining sog’liqni saqlash xarajatlari


-rasm. Davlatning sog’liqni saqlash sohasidagi majburiyatlari



Yüklə 84,95 Kb.
səhifə2/12
tarix24.12.2023
ölçüsü84,95 Kb.
#193304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Davlat byudjetining sog’liqni saqlash xarajatlari-fayllar.org

16.1-rasm. Davlatning sog’liqni saqlash sohasidagi majburiyatlari

Sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlarning asosiy yo’nalishlari. Salomatlik insonning jismoniy, aqliy va ruhiy layoqatining yuqori darajasini ta‘minlaydi va uning to’laqonli yashashining garovi hisoblanadi. Aholi salomatligi mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga katta ta‘sir ko’rsatadi. Faqat sog’lom kishigina to’laqonli mehnat qilib, o’zi, oilasi va, pirovardida jamiyat farovonligini ta‘minlay oladi. Shu sababli aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash masalalari hukumatning doimiy diqqat markazida turadi.


Bu borada ―Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan xalqimizning munosib hayot sifatini ta‘minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, har tomonlama sog’lom avlodni tarbiyalash, tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mustaqillik yillarida hayotga tatbiq etilgan keng ko’lamli islohotlar samarasida sog’liqni saqlash tizimi tubdan o’zgardi‖1, - deb ta‘kidlaydi muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
Mustaqil taraqqiyotning har bir bosqichida aholi o’rtasida turli kasalliklar tarqalishining zarur profilaktikasini ta‘minlash, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish samaradorligi va sifatini tubdan yaxshilash, birlamchi va shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha zamonaviy tizimni shakllantirish va rivojlantirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiyot tizimining zamon talablarga javob beradigan oqilona tashkiliy tuzilmasini shakllantirish, shifokorlik kasbini ulug’lash, tibbiy xodimlarning mashaqqatli mehnatini munosib rag’batlantirish kabi masalalarga alohida e‘tibor qaratildi.
Bundan tashqari, davlat sog’liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar doirasida tizimni boshqarish va moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, uning moddiy-texnik holatini, birinchi navbatda, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan zamonaviy tibbiy texnika va davolash vositalari, diagnostik apparatlar bilan jihozlanish holatini yaxshilash maqsadida hukumat tomonidan bosqichma-bosqich
―Salomatlik-1‖, ―Salomatlik-2‖ va ―Salomatlik-3‖ loyihalari amalga oshirildi va bugungi kunda ham ushbu loyihalar doirasidagi ishlar davom etmoqda.
―Bebaho boylik bo’lgan xalqimizning sog’lig’ini saqlash maqsadida 2015- yilda 141 ta tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta‘mirlash va jihozlash uchun qariyb 500 milliard so’m mablag’ sarflandi. Qishloq vrachlik punktlarini optimallashtirish va zamonaviy diagnoztika va davolash uskunalari bilan jihozlash ishlari nihoyasiga yetkazildi. Bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida keyingi besh yilda mamlakatda har 100 mingta chaqaloqqa nisbatan onalar o’limi 23,1 dan 19 taga, 5 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi 14,8 tadan 13,9 taga, chaqaloqlar o’limi 11 tadan 10,7 taga kamaydi. Ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga to’liq erishganligi alohida ta‘kidlanadi‖2 .

1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5-yanvar kuni sog’liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashuvidagi nutqidan. Manba: http://uza.uz
2Karimov I. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni,
iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. T.: O‘zbekiston. 2016 yil. 19-b.

―Bugun zamon o‗zgarmoqda, odamlarning talabi oshib bormoqda. Xalqimizning tibbiy madaniyati yuksalib, eng so‗nggi usul va rusumlarda tibbiy xizmat ko‗rsatilishini istaydi. Bizga shu ham bo‗laveradi, degan tushuncha endi o‗z umrini o‗tab bo‗ldi. Bu barcha sohalar qatori, tibbiyot sohasiga ham bevosita daxldor. Shu bois soha xodimlari tibbiyotning eng ilg‘or, zamonaviy yutuqlarini, davolash usullarini o‗zlashtirmog‘i zarur. Erishilgan yutuqlarga mahliyo bo‗lib o‗tirish taraqqiyot yo‗lidagi eng katta g‘ovdir‖.



Yüklə 84,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin