3.5. Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri -
Yetkazib
berish
quvurlari
ob‘ektlarini,
geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va
sifat
tavsiflari
va
iqtisodiy
baholash
to‗g‗risidagi yangilanib turiladigan ishonchli
113
axborot tizimi.
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining
tarkibiy qismi hisoblanadi va ushbu ob‘ektlarni hisobga olish hamda holatini
baholash maqsadida yuritiladi.
Neft, gaz va gaz kondensatini Yetkazib berishga mo‗ljallangan O‗zbekiston
Respublikasi hududidagi mavjud va qurilayotgan quvurlar va ularga xizmat
ko‗rsatish ob‘ektlari: armaturali Yetkazib berish quvurlarining chiziqli qismi,
kompressor va nasos stansiyalari, elektrokimyoviy himoya vositalari, gaz
taqsimlash stansiyalari, neft, gaz va gaz kondensati transporti korxonalari balansida
bo‗lgan, katta uzunlikdagi, yuqori bosimli, qo‗riqlash zonasiga ega bo‗lgan
ularning yuqori xavfliligi munosabati bilan Yetkazib berish quvurlari davlat
kadastri ob‘ektlari hisoblanadi.
"O‗zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasi Yetkazib berish quvurlari davlat
kadastrini yuritish bo‗yicha vakolatli organ hisoblanadi.
Kadastr markazi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, "O‗zbekneftgaz"
milliy-xolding kompaniyasini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni Yetkazib
berish quvurlari ob‘ektlari to‗g‗risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan
ta‘minlashdan iborat.
Quyidagilar Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritishning asosiy
prinsiplari hisoblanadi: O‗zbekiston Respublikasining butun hududida lokal va
magistral quvurlarning butun tizimini va ularga xizmat ko‗rsatish ob‘ektlarini
qamrab olish; makon koordinatlarining yagona tizimini va yagona topografiya
asoslarini
qo‗llash;
barcha
ob‘ektlar
bo‗yicha
kadastr
axborotlarini
shakllantirishning yagona metodologiyasi; kadastr axborotlarining ishonchliligi,
ko‗rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi.
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish quvur ob‘ektlarini
ro‗yxatga olish, baholash va davlat yer kadastri hamda bino va inshootlar davlat
kadastri axborotlaridan majburiy foydalanilishini nazarda tutadi.
Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlariga tegishli bo‗lgan yer uchastkalari,
binolar va inshootlarga bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish ko‗chmas
114
mulkka bo‗lgan huquqlarni ro‗yxatdan o‗tkazish uchun belgilangan tartibda
vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlariga tegishli bo‗lgan, davlat yer kadastridan
berilayotgan yer uchastkalari yer-kadastr axborotlari bilan ta‘minlangan bo‗lishi
kerak. Bino va inshootlar davlat kadastridan yetkazib berish quvurlari davlat
kadastriga tegishli bo‗lgan bino va inshootlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar berilishi
kerak.
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish qog‗oz va/yoki elektron
manbalarda olib boriladi va tizimlashtirilgan kadastr axboroti Davlat kadastrlari
yagona tizimiga belgilangan tartibda beriladi. Kadastrni yaratish va yuritish
ishlarini moliyalashtirish "O‗zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasining tegishli
korxonalari mablag‗lari hisobiga amalga oshiriladi.
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish "O‗zbekneftgaz" milliy-
xolding kompaniyasining quyidagi tarkibiy bo‗linmalari: "O‗zLITI neftgaz" ochiq
aksiyadorlik jamiyati huzuridagi Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri xizmati;
neft-gaz-transport korxonalarining kadastr bo‗linmalari tomonidan amalga
oshiriladi. Hisobga olish va baholash kadastr axborotlarini shakllantirish Yetkazib
berish quvurlari bo‗yicha ma‘lumotlar banki tashkil etilgan holda "O‗zLITI
neftgaz" ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi.
"O‗zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasining Yetkazib berish quvurlari
ob‘ektlarini quruvchi, foydalanuvchi, rekonstruksiya qiluvchi va ta‘mirlovchi
bo‗linmalari ma‘lumotlar bazasiga ob‘ektlarining miqdor va sifat o‗zgarishlari,
holati va ulardan foydalanish to‗g‗risidagi axborotni kiritishlari shart.
Yetkazib
berish
quvurlari
davlat
kadastri
xizmati:
Kadastrning
avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishi va mavjud bo‗lishini ta‘minlaydi;
ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni neft-gaz-transport korxonalariga
beradi, ma‘lumotlar bazasi to‗g‗ri to‗ldirilishi ustidan nazorat qiladi; xodimlarni
kadastrning avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash bo‗yicha o‗qitishni
tashkil etadi; korxonalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotlarini
tizimlashtiradi va davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi;
115
yangi ob‘ektlar to‗g‗risidagi hisobga olish va baholash ma‘lumotlari to‗planishi
ustidan nazorat qiladi; shakllantirilayotgan kadastr ma‘lumotlari sifati ustidan
nazorat olib boradi, uning ishonchlililigi va o‗z vaqtida davlat kadastri
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilishi uchun javobgar bo‗ladi; kadastr
axborotlarining xilma-xilligi va sifatiga talabni muntazam o‗rganadi, kadastrni
yuritish texnologiyasi takomillashtirilishini ta‘minlaydi; Yetkazib berish quvurlari
davlat kadastri yuritishni metodik ta‘minlash "O‗zbekneftgaz" milliy-xolding
kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Neft-gaz-transport korxonalarining kadastr bo‗linmalari: Yetkazib berish
quvurlari ob‘ektlarining miqdor va sifat holatidagi joriy o‗zgarishlar, ularning atrof
muhitga ta‘siri, ekologik-iqtisodiy baholash to‗g‗risidagi axborotlarni to‗playdi va
tizimlashtiradi; Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlari kadastr daftarlarini yuritadi,
ma‘lumotlar bazasini to‗ldiradi va ularni tizimlashtirib davlat kadastrining
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun kadastr xizmatiga beradi; yangi
ob‘ektlarni hisobga qo‗yadi, ular to‗g‗risidagi hisobga olish va baholash
ma‘lumotlarini to‗playdi.
"O‗zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasi: butun tarmoq bo‗yicha
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish bo‗yicha kompaniyaning
tarkibiy bo‗linmalari ishini muvofiqlashtiradi; har yili belgilangan tartibda
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasiga Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish
uchun Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlarining holati va ulardan foydalanish
to‗g‗risida hisobot taqdim etadi.
"O‗zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasi tizimidan tashqarida mavjud
bo‗lgan Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlarining egalari foydalanuvchilar kadastr
xizmatiga kadastr ob‘ektlarining jug‗rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor
tavsiflari va baholanishi, shuningdek ular holatining joriy o‗zgarishlari
to‗g‗risidagi axborotni taqdim etishi shart.
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish magistral va lokal
quvurlarning barcha turlarini va ularning xizmat ko‗rsatish ob‘ektlarini ro‗yxatga
olishdan, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olishdan, ob‘ektlarni
116
ekologik-iqtisodiy baholashdan, shuningdek kadastr axborotlarini to‗plash, tahlil
qilish, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va uni qonunda belgilangan tartibda
manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etishdan iboratdir.
Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlari ro‗yxati ularning miqdor va sifat
tavsiflarini hisobga olish, ekologik-iqtisodiy baholash uchun asos hisoblanadi.
Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlari birlamchi ro‗yxatga olinib asosiy
ko‗rsatkichlari
qayd
etiladi.
Asosiy
ko‗rsatkichlarning
tarkibi
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan kelishuv bo‗yicha "O‗zbekneftgaz" milliy-
xolding kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar bilan
belgilanadi. Ro‗yxat natijalari bo‗yicha har bir ob‘ektga pasport tuziladi. Miqdor
va sifat tavsiflarining asosiy hisobga olish foydalanishga yangi topshirilgan va
mavjud bo‗lgan Yetkazib berish quvurlarining har bir ob‘ekti bo‗yicha amalga
oshiriladi.
Ob‘ektlar tavsiflarida yuz beradigan bundan keyingi o‗zgarishlar joriy
hisobga olishda qayd etiladi. Ob‘ektlarning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga
qo‗yilishi ularning iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilar bo‗yicha
tasniflanishini o‗z ichiga oladi, ularning tarkibi Yetkazib berish quvurlari davlat
kadastrini yuritish bo‗yicha normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga
olish uchun "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan kelishuv bo‗yicha
"O‗zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasi tomonidan texnik parametrlar va
kadastr axborotini taqdim etish formatlari ishlab chiqiladi.
Hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga
olish axboroti korxonaning kadastr daftariga yoziladi va Yetkazib berish quvurlari
davlat kadastri avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi. Yetkazib berish
quvurlari ob‘ektlarini iqtisodiy baholash har bir ob‘ektning qiymatini belgilash,
soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun o‗tkaziladi.
Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlari to‗g‗risidagi kadastr axborotlarining
ishonchliligi uchun neft-gaz-transport korxonalarining mansabdor shaxslari va
117
"O‗zLITIneftgaz" ochiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi yetkazib berish quvurlari
davlat kadastri xizmati javob beradi.
Dostları ilə paylaş: |