Mustaqil o‟rganish uchun savollar:
1.
Konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari
davlat kadastrini
yuritishdan maqsad?
2.
Konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari
davlat kadastri
ob’ekti?
128
3.
Konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari
davlat kadastrini
yuritishning asosiy prinsiplari ?
4.
Konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari
davlat kadastri
qaysi vakolatli organlar tomonidan yuritiladi?
5.
Konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari
davlat kadastrining
qanday axborotlari DKYT ma'lumotlar bazasiga taqdim
etiladi?
4.2. Davlat suv kadastri
Davlat suv kadastri suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish, suv
xo‗jaligi munosabatlarini tartibga solish, xo‗jalik faoliyatini, ekologik vaziyatni
baholash maqsadida yaratiladi.
Davlat suv kadastri yagona davlat suv fondini tashkil etuvchi suv ob‘ektlari,
suv resurslari, suv rejimi, sifati va undan foydalanish haqidagi, shuningdek, suvdan
foydalanuvchilar to‗g‗risidagi tartibga solingan, doimiy to‗ldirib boriladigan va
zarurat
bo‗lganda aniqlashtiriladigan
ma‘lumotlar to‗plamini o‗z ichiga oladi.
Yer usti va yer osti suv ob‘ektlari va
ularning
resurslari
Davlat
suv
kadastrining ob‘ektlari hisoblanadi.
Kadastrni predmeti bo‗lib, tabiiy suv
resurslari, ulardan miqdor va sifat
ko‗rsatkichlari bo‗yicha foydalanish har
tomonlama o‗rganish va baholash, suvdan foydalanish huquqini va suvdan xo‗jalik
maqsadlarida foydalanishni ro‗yxatdan o‗tkazish uchun xizmat qiladi.
Suv resurslarini baholash deganda bir yil hamda ko‗p yillar davomida standart
gidrometrik asboblar bilan o‗lchash orqali ularni miqdor va sifat ko‗rsatkichlari
bo‗yicha muntazam hisobga olish, olingan ma‘lumotlarning ishonchliligi tahlili,
ularni standart usullar bilan qayta ishlash va turli hududiy va vaqt birliklari
bo‗yicha umumlashtirish tushuniladi.
129
Davlat suv kadastri davlat hokimiyati organlarini, yuridik va jismoniy
shaxslarni suv ob‘ektlari, suv resurslari, suv rejimi, sifati va undan foydalanish,
shuningdek, suvdan foydalanuvchilar to‗g‗risidagi zarur ma‘lumotlar bilan
ta‘minlash uchun mo‗ljallangan.
Kam
harajatlar
bilan
zamonaviy
darajada
axborotlarni
to‗plash,
umumlashtirish, saqlash va taqdim etish texnologiyasini doimiy ravishda
takomillashtirib borish yo‗li bilan suv resurslari va suv ob‘ektlari haqida ishonchli
axborotni olish va saqlash Davlat suv kadastrining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Quyidagilar Davlat suv kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
respublikaning barcha suv ob‘ektlarini qamrab olish; suv resurslarini va ulardan
foydalanishni hisobga olishning yagona tizimini qo‗llash; boshlang‗ich kadastr
axborotini qayta ishlash usulining yagonaligi; Davlat kadastrlari yagona tizimi
talablarini hisobga olish; Davlat suv kadastrini yuritish bo‗yicha ishlarga
markazlashtirilgan tartibda rahbarlik qilish; suv-kadastr axborotining ishonchliligi,
ko‗rgazmaliligi va hujjatlarga asoslanganligi; Davlat suv kadastrini yuritish
bo‗yicha ishlarning uzluksizligi; kadastrni yuritishning avtomatlashtirilgan axborot
tizimi faoliyat ko‗rsatishi; suv kadastrini yuritish bo‗yicha ishlarning tejamliligi.
Belgilangan tartibda qabul qilingan suv-kadastr axboroti suv va suv xo‗jaligi
munosabatlarini tartibga solishda, suvdan foydalanish bilan bog‗liq ijtimoiy,
iqtisodiy va ekologik vazifalarni hal etishda majburiy yuridik kuchga egadir.
Quyidagilar Davlat suv kadastrini yuritadilar: O‗zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi - yer usti
suvlari bo‗limi bo‗yicha, O‗zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral
resurslar qo‗mitasi - yer osti suvlari bo‗limi bo‗yicha, O‗zbekiston Respublikasi
Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi - suvdan foydalanish bo‗limi bo‗yicha.
Respublika hududida suv ob‘ektlarini ro‗yxatdan o‗tkazish, suv resurslari,
ularning rejimi, foydalanish, shuningdek suvdan foydalanuvchilar to‗g‗risidagi
miqdor va sifat baho ko‗rsatkichlari haqida ishonchli, zamonaviy va tejamli
axborotlarni olish, tartibga solish, saqlash va ularni foydalanuvchilarga berishning
texnologik jarayoni Davlat suv kadastrining mazmuni hisoblanadi.
130
Davlat suv kadastri ma‘lumotlari quyidagi maqsadlarda foydalanish uchun
mo‗ljallanadi: suvdan foydalanishni joriy va istiqbolli rejalashtirish hamda suvni
muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda; mamlakat hududida ishlab
chiqarish kuchlarini joylashtirishda; suvdan kompleks foydalanish va uni
muhofaza qilish sxemalarini hamda suv xo‗jaligi balanslarini tuzishda; suvdan
foydalanish bilan bog‗liq bo‗lgan suv xo‗jaligi, transport, sanoat korxonalari
hamda boshqa korxonalar va inshootlarni loyihalashtirishda; gidrologik va
gidrogeologik sharoitlar, daryolarda suv hajmi va suv sifati o‗zgarishlarini
prognozlashda; suv xo‗jaligi tizimlari ishi samaradorligini oshirish tadbirlarini
ishlab chiqishda; suvni iste‘mol qilish va chiqarib yuborishni, shuningdek, suv
sifati ko‗rsatkichlarini normalashtirishda; suvning zararli ta‘sirining oldini olish va
uni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqishda; suvdan oqilona foydalanish va uni
muhofaza qilish tadbirlari o‗tkazilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda;
suvdan foydalanuvchilar o‗rtasidagi, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar bilan
boshqa manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni
tartibga solishda; suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog‗liq boshqa
masalalarni hal etishda.
Davlat suv kadastri suv va suv xo‗jaligi ob‘ektlarining quyidagi turlari
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi:
1. Suv ob‘ektlari -daryolar; turli suv tizimlarini birlashtiruvchi, oqar suvni
hududiy qayta taqsimlashga yoki sug‗orishga xizmat qiluvchi kanallar; ko‗llar va
suv omborlari; muzliklar; yer osti suvlari (havzalar, suvli gorizontlar, konlar).
2. Suv xo‗jaligi ob‘ektlari (inshootlari) - gidrouzellar va suv omborlari; suv
ob‘ektlaridan suv olishga mo‗ljallangan inshootlar (kanallar, nasos qurilmalari,
foydalanish quduqlari va boshqalar); oqar suvni hududiy qayta taqsimlashga
xizmat qiluvchi kanallar; foydalanilgan va shaxta suvlarini suv ob‘ektlariga
tashlash inshootlari (kollektorlar, drenaj va suv to‗planadigan kanallar, quvursimon
suv chiqargichlar va boshqalar); foydalanilgan suvlarni tozalash inshootlari. Davlat
suv kadastri ma‘lumotlari quyidagilarga bo‗linadi: arxiv materiallari (daftarchalar,
jadvallar, o‗zi yozadigan texnikaning lentalari va boshqalar); uzoq muddatli texnik
131
manbalardagi ma‘lumotlar; e‘lon qilinadigan materiallar (suv va suv xo‗jaligi
ob‘ektlari kataloglari, har yilgi va ko‗p yillik ma‘lumotlar va boshqalar).
Davlat suv kadastri ma‘lumotlari tarkibi O‗zbekiston Respublikasi
"O‗zgidromet" markazi, Davlat geologiya qo‗mitasi hamda Qishloq va suv
xo‗jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Suv kadastri ma‘lumotlari tarkibi"
nomli normativ-texnik hujjat bilan belgilanadi. Bu ma‘lumotlar foydalanuvchilarga
pulli nashrlar tarzida va so‗rov bo‗yicha (belgilangan tartibda) taqdim etiladi.
Kadastrning chop etilayotgan nashrlari, so‗rov bo‗yicha foydalanuvchilarga
beriladigan ma‘lumotlar turlari berish tartibi to‗g‗risida "O‗zgidromet" markazi
tomonidan Davlat geologiya qo‗mitasi hamda Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi
bilan birgalikda "Suv kadastri axborotnomasi" nashr etiladi. Suv ob‘ektlari
turlariga hamda suvni va undan foydalanishni o‗rganish bo‗yicha vazifalar
taqsimotiga muvofiq Davlat suv kadastri quyidagi bo‗limlarga bo‗linadi: Yer usti
suvlari, Yer osti suvlari, Suvdan foydalanish.
Suv ob‘ektlari sonini va holatini hisobga olish ob‘ektlarning hajmi, holati,
o‗rganilganlik darajasi va muhimligiga qarab kartografiya, gidrogeologiya va
geodeziya usullari bilan amalga oshiriladi. Suv ob‘ektlari rejimini o‗rganish
tegishli idoralar tomonidan tasdiqlangan hamda "O‗zgidromet" markazi bilan
kelishilgan standart usullar bo‗yicha standart asboblar vositasida olib boriladi.
Davlat suv kadastri ma‘lumotlari respublika, viloyatlar, Qoraqalpog‗iston
Respublikasi hududlari, daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari bo‗yicha, yer
osti suvlari bo‗limi bo‗yicha esa gidrogeologiya mintaqalari bo‗yicha ham
tizimlashtiriladi va nashr etiladi.
Yer usti suv resurslari, ularning sifati va xo‗jalik faoliyati ta‘siridagi
o‗zgarishlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar suv ob‘ektlari va ularning maydonlari,
davlat va davlatlararo ahamiyatga ega bo‗lgan daryo havzalari, havza irrigatsiya
tizimlari, viloyatlar va umuman respublika bo‗yicha umumlashtiriladi.
Yer osti suv resurslari, ularning sifati va xo‗jalik faoliyati ta‘siridagi
o‗zgarishlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar konlar, daryo havzalari va ularning
132
maydonlari, suvli gorizontlar va yer osti suvlari havzalari, viloyatlar hamda
umuman respublika bo‗yicha umumlashtiriladi.
Yer osti suvlari resurslarini baholash ularning yer usti suvlari bilan o‗zaro
bog‗liqligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Suvdan foydalanish
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar davlat ahamiyatiga ega bo‗lgan daryo havzalari, havza
irrigatsiya tizimlari, alohida muhim suv xo‗jaligi ob‘ektlari, viloyatlar va umuman
respublika bo‗yicha, shuningdek, suvdan foydalanish turlari va iqtisodiyot
tarmoqlari bo‗yicha umumlashtiriladi.
Davlat suv kadastrini yuritish tizimining yagonaligini ta‘minlash uchun
Davlat geologiya qo‗mitasi hamda Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi tomonidan
(Davlat suv kadastrining tegishli bo‗limlari bo‗yicha) ishlab chiqiladigan
yuritishga oid uslubiy ko‗rsatmalar, nashrlari maketlari va Davlat suv kadastri
bo‗yicha boshqa normativ-texnik hujjatlar "O‗zgidromet" markazi bilan kelishib
olinishi kerak.
Suvdan foydalanuvchilarni suv resurslari va ulardan foydalanish to‗g‗risidagi
zarur ma‘lumotlar bilan ta‘minlashda tezkorlikni oshirish, shuningdek,
iste‘molchilarning talablarini hisobga olgan holda ma‘lumotlarni qayta ishlash va
umumlashtirish darajasini oshirish uchun suv kadastrining avtomatlashtirilgan
axborot tizimi tashkil etiladi.
Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi "O‗zgidromet"
markazi, Davlat geologiya qo‗mitasi hamda Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi
tomonidan tasdiqlanadigan yagona texnik topshiriq asosida tarmoq axborot
tizimlari negizida loyihalashtiriladi va tashkil etiladi. Davlat suv kadastrini yuritish
uchun yer usti suvlari, yer osti suvlari va suvdan foydalanish bo‗limlari bo‗yicha
kadastrning idoralararo bosh markazi, tashkil etiladi.
Idoralararo bosh markaz funksiyasini "O‗zgidromet" markazining O‗rta Osiyo
gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti bajaradi. Davlat suv kadastrining
idoralararo bosh markazi, hududiy markazlari va mahalliy organlarining funksiyasi
("Yer usti suvlari", "Yer osti suvlari" va "Suvdan foydalanish" bo‗limlari bo‗yicha)
tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
133
O‗zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
huzuridagi
Gidrometeorologiya xizmati markazining Davlat suv kadastrini yuritish bo‗yicha
funksiyalari:
a) Davlat geologiya qo‗mitasi hamda Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi bilan
birgalikda Davlat suv kadastrining umumiy prinsiplarini va ilmiy-uslubiy
asoslarini, kadastrni yuritish, uni avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalash va
tashkil etish tartibini ishlab chiqadi;
b)Kadastrni tashkil etish va yuritishga oid barcha ishlarni muvofiqlashtiradi,
yo‗naltiradi va birlashtiradi;
v) Davlat geologiya qo‗mitasi hamda Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi bilan
birgalikda kadastrning idoralararo normativ-texnik hujjatlarini (shu jumladan
Davlat
suv
kadastrining
qo‗shma
nashrlari
maketini),
shuningdek,
avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun idoralararo loyiha hujjatlarini ishlab
chiqadi;
g) Davlat geologiya qo‗mitasi hamda Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi
tomonidan ishlab chiqiladigan suv kadastrini yuritishga oid uslubiy ko‗rsatmalarni,
nashrlar
maketini
va
boshqa
normativ-texnik
hujjatlarni
shuningdek,
avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun loyiha hujjatlarini kelishib oladi;
d) Davlat geologiya qo‗mitasi hamda Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi
mutaxassislarini jalb qilgan holda yer usti suvlari va yer osti suvlari hamda ulardan
foydalanish to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni yig‗ma tahlil qilishni, bog‗lashni va
umumlashtirishni bajaradi, qo‗shma nashrlarni chiqarishga tayyorlaydi va nashr
qiladi;
e) Davlat geologiya qo‗mitasi hamda Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi bilan
birgalikda kadastr axborotnomasini nashr etishga tayyorlaydi;
j) "Yer usti suvlari" bo‗limi bo‗yicha: yer usti suvlarining klassifikatorlarini
ishlab chiqishni; yer usti suvlari to‗g‗risidagi axborotlarni to‗plash, nazorat qilish,
qayta
ishlash
va
umumlashtirishga
oid
usullarni,
algoritmlarni
va
mashinalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqish; axborotlarni kodlashtirish va saqlash
usullarini ishlab chiqish; Kadastrning avtomatlashtirilgan axborot tizimi funksional
134
va idoraviy kichik tizimlarni loyihalash, sinash, joriy etish va takomillashtirish;
Suv kadastri hududiy markazlari va mahalliy organlari uchun kadastrni yuritishga
oid uslubiy ko‗rsatmalarni, nashrlari maketlarini va boshqa normativ-texnik
hujjatlarni ishlab chiqish; yer usti suvlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni yig‗ish,
nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va ularni foydalanuvchilar so‗roviga ko‗ra
berish; er usti suvlari resurslarini joriy va istiqbol uchun hamda ularning xo‗jalik
faoliyati ta‘siridagi o‗zgarishlarini baholash; Kadastr nashrlarini chiqarishga va
e‘lon qilishga tayyorlashni; o‗ziga qarashli muassasalar hamda tashkilotlar
tomonidan bajariladigan kadastrni ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga
rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga
oshiradi.
"Yer osti suvlari" va "Suvdan foydalanish" bo‗limlari bo‗yicha kadastrni
yuritish uchun zarur bo‗lgan yer usti suvlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni Davlat
geologiya qo‗mitasiga hamda Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligiga berilishini
ta‘minlaydi. O‗zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar
qo‗mitasining Davlat suv kadastrini yuritish bo‗yicha funksiyalari:
"Yer osti suvlari" bo‗limi bo‗yicha kadastrni ishlab chiqishni va uni
yuritishni, shu jumladan: yer osti suvlarining klassifikatorlarini ishlab chiqishni;
yer osti suvlari to‗g‗risidagi axborotlarni to‗plash, nazorat qilish, qayta ishlash va
umumlashtirishga oid usullarni, algoritmlarni va mashinalashtirilgan dasturlarni
ishlab chiqishni; axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqishni;
Kadastrning avtomatlashtirilgan axborot tizimi funksional kichik tizimlarni
loyihalash, sinash, joriy etish va takomillashtirishni; Suv kadastri hududiy
markazlari va mahalliy organlari uchun kadastrini yuritishga oid uslubiy
ko‗rsatmalarni, kadastr nashrlari maketlarini va boshqa normativ-texnik hujjatlarni
ishlab chiqishni; yer osti suvlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni yig‗ish, nazorat qilish,
qayta ishlash, saqlash va ularni foydalanuvchilar so‗roviga ko‗ra berishni; yer osti
suvlari resurslarini joriy va istiqbol uchun hamda ularning xo‗jalik faoliyati
ta‘siridagi o‗zgarishlarini baholashni; "Yer osti suvlari" bo‗limi bo‗yicha kadastr
nashrlarini chiqarishga va e‘lon qilishga tayyorlashni; o‗ziga qarashli muassasalar
135
hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va
yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini
nazorat qilishni amalga oshiradi; Kadastrni yuritish bo‗yicha uslubiy ko‗rsatmalar
loyihalarini, kadastr nashrlari maketlarini va boshqa normativ-texnik hujjatlarini,
shuningdek, "Yer osti suvlari" bo‗limi bo‗yicha avtomatlashtirilgan axborot
tizimiga loyiha hujjatlarini kelishib olish uchun Gidrometeorologiya xizmati
markaziga taqdim etadi; "Yer usti suvlari" bo‗limi bo‗yicha kadastrni idoralararo
qo‗shma nashrlarini tayyorlash va uni yuritish uchun zarur bo‗lgan yer osti
suvlariga oid materiallarning Gidrometeorologiya xizmati markaziga berilishini
ta‘minlaydi.
O‗zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi Davlat suv
kadastrini yuritish bo‗yicha funksiyalari: "Suvdan foydalanish" bo‗limini kadastrni
avtomatlashtirilgan
axborot
tizimini
yuritishni
ishlab
chiqishni
va
takomillashtirishni; suvdan foydalanish to‗g‗risidagi axborotlarni nazorat qilish,
qayta
ishlash
va
umumlashtirishga
oid
usullar,
algoritmlarni
hamda
mashinalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqishni; axborotlarni kodlashtirish va
saqlash usullarini ishlab chiqishni; avtomatlashtirilgan axborot tizimining
funksional
kichik
tizimlarini
loyihalashni,
sinashni,
joriy
etishni
va
takomillashtirishni; irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari, magistral
kanallar tizimlar boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari uchun
kadastrini yuritish bo‗yicha uslubiy ko‗rsatmalarni, nashrlar maketlarini va boshqa
normativ-texnik hujjatlarini ishlab chiqishni; yer usti va yer osti suvlaridan
foydalanish to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni yig‗ish, nazorat qilish, qayta ishlash,
saqlash va berishni; suvdan foydalanishni joriy va istiqbol uchun baholashni
hamda suv xo‗jaligi hisobot balanslarini tuzishni; "Suvdan foydalanish" bo‗limi
bo‗yicha kadastr nashrlarini chiqarishga va e‘lon qilishga tayyorlashni; o‗ziga
qarashli muassasa hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan kadastrni ishlab
chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning
bajarilishini nazorat qilishni; davlat suv kadastrini yuritish bo‗yicha uslubiy
ko‗rsatmalar loyihalarini, kadastr nashrlari maketlarini va boshqa normativ-texnik
136
hujjatlarini, shuningdek, "Suvdan foydalanish" bo‗limi bo‗yicha kadastrning
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga oid loyiha hujjatlarini kelishib olish uchun
Gidrometeorologiya xizmati markaziga taqdim etishni; kadastrni idoralararo
qo‗shma nashrlarini tayyorlash va kadastrni yuritish uchun zarur bo‗lgan suvdan
foydalanishga oid materiallarning Gidrometeorologiya xizmati markaziga
berilishini; Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlarning
Davlat geologiya qo‗mitasiga berilishini ta‘minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |