Transformatsiya mexanizmi qanday bo'ladi?
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Transformatsiya dasturiga start beradi.
Transformatsiya mexanizmlari loyihaviy boshqaruvning zamonaviy uslublariga asoslanadi.
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tarkibida loyiha ofislari tashkil etiladi va ularning har biri, bitta davlat korxonasining transformatsiya dasturi uchun javobgar bo'ladi.
Transformatsiya mexanizmi:
Hozirgi kunda tanlangan kompaniyalarning xo'jalik faoliyatini har tomonlama tekshirish yakuniga etmoqda (jarayon Loyiha boshqaruvi milliy agentligi asosida o'tkazilmoqda).
Davlat korxonalarining xodimlari va rahbariyati bilan hamkorlikda, Loyiha ofisi tomonidan davlat korxonalarini rivojlantirish strategiyalari ishlab chiqiladi va keyinchalik davlat korxonalari samaradorligini oshirish bo'yicha tashabbuslar joriy etiladi.
Masalan, davlat xaridlari samaradorligini oshirish, tizimni va qaror qabul qilish mexanizmini optimizatsiya qilish, kadrlar potentsiali va vakolatlarni rivojlantirish.
Vakolatlarni rivojlantirish – Transformatsiya Dasturi yo'nalishlaridan biridir. Korxonalar rahbarlari zamonaviy menejment amaliyotiga milliy va xalqaro ta'lim dasturlari asosida o'qitiladilar. O'qish faqat nazariy bo'lib qolmasligi uchun, vakolatlarni rivojlantirish dasturi o'zida nazariy bilimlarni olish va ularni ish joyida qo'llash imkoniyati bo'lgan bir nechta tsikllarni o'z ichiga oladi.
Aynan shu maqsadda Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tarkibiga Korporativ boshqaruv MO'M berilgan.
Joriy etish va doimiy monitoring qilish organlari yaratiladi:
Dostları ilə paylaş: |