Davlat mexanizmi



Yüklə 94,5 Kb.
səhifə1/11
tarix02.06.2023
ölçüsü94,5 Kb.
#123096
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1545967120 73406


Davlat mexanizmi




Reja:



  1. Davlat mexanizmi tushunchasi va tarkibi.

  2. Davlat organi tushunchasi va turlari.

  3. Davlat mexanizmida prokuratura va nazorat organlarining o‘rni.



Davlat mexanizmi
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, taraqqiyotning demokratik yo‘lini tanlaganini jahon hamjamiyatiga e’lon etdi. Mustaqillik yillari xalqimizning tanlagan yo‘li to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatmoqda.
Hozirgi kunda O‘zbekiston huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan qat’iy ketmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek,«...mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash biz uchun hamisha birinchi darajali ustuvor maqsad va vazifa bo‘lib qolaveradi».
Huquqiy davlat qurish murakkab, keng qamrovli va ko‘p qirrali jarayon ekanligini rivojlangan davlatlar hamda yangi qaror topgan davlatlarning eng yangi tarixi ko‘rsatib turibdi. Davlat mexanizmi tushunchasi, uning tarkibiy qismlari, davlat mexanizmining tarkibi va tuzilishiga ta’sir etuvchi omillar, davlat apparati va uning tarkibiy tuzilmasi, davlat organlari, ularning turlari va vakolatlari, davlat apparatini tashkil etishning prinsiplari, xususan, hokimiyatlar bo‘linishi prinsitsi va uning konstitutsiyaviy asoslari hamda amaliyoti mazkur kurs ishida tahlil etilgan.
Ayni paytda, davlat mexanizmi tushunchasi, davlat mexanizmining tarkibi va tuzilish hamda unga ta’sir etuvchi omillar, davlat apparati, uning tizimi va tuzilmasi, davlat organlari va ularning huquqiy maqomi, bozor munosabatlari haroitida davlat organlari vakolatlari mazmunidagi o‘zgarishlar, hokimiyatlar bo‘linishi haroitida davlat organlari tizimi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari organlari hamda ularning tizimi, bu uch hokimiyat organlari o‘rtasidagi munosabat, hozirgi zamon davlat mexanizmi muammolari masalasi atroflicha tahlil etishga zarurat mavjud.
Davlat mexanizmini tushunish muammolari, davlat mexanizmining tarkibi, davlat apparati tushunchasi va uning tarkibiy elementlari, davlat apparatining xususiyatlari, uning jamiyatdagi boshqa tashkilotlardan farq qiluvchi jihatlari, davlat organi tushunchasi, davlat organining tizimi va turlari, davlat organlari tizimiga ta’sir etuvchi omillar, davlat appaparatining va uning faoliyatini tashkil etishning prinsiplari, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi va uning amaliyoti, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari, ularning tizimi, o‘zaro munosabati kabi masalalar tahlil etilgan.
Mustaqil davlatchiligimizni tashkil etish jahon davlat-chiligi amaliyotida sinalgan tamoyil–hokimiyatlar bo‘linishiga asoslanishi asosiy qonunimizda mustahkamlab qo‘yildi.
Hokimiyatlar bo‘linishi tamoyili hokimiyat organlarini tashkil etishning samarali mexanizmi sifatida o‘zini ko‘rsatib kelmoqda. O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida qabul qilgan dastlabki qonunlaridan biri bo‘lgan Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasidayoq hokimiyatlar bo‘linishi tamoyili mustahkamlangan edi. 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 11-moddasida bu tamoyil uzil-kesil konstitutsiyaviy tarzda mustahkamlab qo‘yildi. Malumki, hokimiyatlar bo‘linishi tamoyili davlat hokimiyatining samarali ishlashini ta’minlaydi. Bu tamoyilga ko‘ra yaxlit davlat hokimiyati uchta tarmoqqa ajratiladi, har bir tarmoq boshqasining faoliyatini nazorat etib turadi, shu tariqa hokimiyat suiiste’mol qilinishining oldi olinadi.
Hozirgi kunda davlatimizning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalariga qanchalik tez va soz erishishi, ko‘p jihatdan uning davlat organlariga, va ularning samarali faoliyatiga bog‘liq.
O‘zbekistonda davlat hokimiyatini amalga oshirish mexaniz-miga bag‘ishlangan tadqiqotlar anchagina, biroq ularning ichida aynan shu masalani maxsus tarzda, davlat va huquq nazariyasi nuqtai-nazaridan amalga oshirilgan tadqiqotlar kamroq ekanligini ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq.
Turon zaminida huquqqa asoslanib, faoliyat yuritadigan davlat haqidagi fikrlar asrlar davomida shakllanib, sayqallanib kelganligi ma’lum. Forobiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi fozil insonlar qonunga asoslangan adolatli jamiyat haqida teran fikrlarni ilgari surganlar.
Davlat va huquq nazariyasi predmetining muhim mavzu-laridan biri bo‘lgan «Davlat mexanizmi» talabalarga davlat hokimiyatini amalga oshiradigan davlat organlari va boshqa tuzilmalar, ularning vakolatlari, turlari, davlat hokimiyatini amalga oshirish yo‘llari va usullari haqida nazariy bilimlar berishga qaratilgan.

Yüklə 94,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin