Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va


Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʼi, obʼektlari va bazasi



Yüklə 60,4 Kb.
səhifə8/8
tarix01.06.2023
ölçüsü60,4 Kb.
#121839
1   2   3   4   5   6   7   8
15-22

22. Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʼi, obʼektlari va bazasi
Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun budjetga to‘lovlar yer solig‘i yoki yer uchun ijara to‘lovi tarzda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi tatbiq etiladi.
Ko`chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda ijaraga beruvchi yer solig`i to`lovchi bo`ladi. Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanayotgan maydonidagi o`z ulushi uchun yer solig`i to`lovchidir. Quyidagilar yer solig`i to`lovchilari bo`lmaydilar:
-notijorat tashkilotlari (tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirganda shu faoliyatda foydalanilgan yer uchastkalari bo`yicha yer solig`i to`lovchi bo`ladilar);
-soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo`llaydigan yuridik shaxslar.
Yuridik shaxslarda mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida bo`lgan yer uchastkalari soliq solish ob’yektidir. Quyidagilar soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi:
1) aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari:
a) maydonlar, ko`chalar, tor ko`chalar, yo`llar, sug`orish tarmog`i, sohil bo`yi yerlari;
b) aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirishi va dam olishi uchun
foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog`lar, saylgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
d) kommunal-maishiy yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va
ulardan foydalanish joylari va boshqa shu kabi joylar);
2) zahira yerlar.
Yer uchastkalarining soliq solinmaydigan maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni soliq solinadigan baza hisoblanadi. Qaysi yer uchastkalariga bo`lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq to`lovchiga o`tgan bo`lsa, o`sha yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza tegishli yer uchatskalariga bo`lgan huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. Yer solig`ini to`lash yuridik shaxslar tomonidan yilning har choragida, yil choragi ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi. Yagona yer solig`i to`lashga o`tmagan qishloq xo`jaligi korxonalari tomonidan yer solig`ini to`lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
-hisobot yilining 1 iyuliga qadar yillik soliq summasining 20 foizi;
-hisobot yilining 1 sentyabriga qadar yillik soliq summasining 30 foizi;
-hisobot yilining 1 dekbariga qadar soliqning qolgan summasi to`lanadi.
Yer solig`ini hisoblab chiqarish soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib siqqan holda amalga oshiriladi
Yüklə 60,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin