Davlat mulki va tadbirkorlik


Davlat aktivlarini harid qilganlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi



Yüklə 47,87 Kb.
səhifə5/5
tarix05.12.2023
ölçüsü47,87 Kb.
#173066
1   2   3   4   5
refarat

Davlat aktivlarini harid qilganlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi
ko`rsatkichlari

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi bosqichida davlat ulushi bor bo`lgan xususiylashtirilgan korxonalar faoliyati monitoringi amalga oshirilmoqda.
Davlat mulk qo`mitasi tomonidan 2018 yil xususiylashtirilgan korxonalar faoliyati o`rganilgan bo`lsa, korxona faoliyati tahlil qilindi.
O’zbekistonda 40 ming ob’yekt o’rganilib, ularning 3ming 900 tasibo’sh turgani va to’liq ishlamayotgani aniqlandi..
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to``grisida”gi 102-sonli Qaroriga binoan Davlat mulkini ijaraga berish markazlari tashkil etildi. Ushbu markazlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilangan:
- davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish;
- ijaraga berilayotgan davlat mulki hamda uni ijaraga berishdan tushadigan mabla`glarni hisobga olish va manitoringi olib borish;
- ijaraga beriladigan davlat mulki bo`yicha ma`lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
- ijara ob`ektlaridan maqsadli foydalanish va ularning saqlanishini, shuningdek, ijara to`lovi o`z vaqtida va to`liq to`lanishini nazorat qilish;
- ijaraga beriladigan davlat mulkini har choraklik asosda xatlovdan o`tkazish;
- foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi to``grisidagi e`lonlar va ijaraga berilayotgan davlat mulki ro`yxatini respublika va viloyat davriy nashrlarida hamda O`zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo`mitasi, monopoliyadan chiqarish, raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida har chorakda e`lon qilish.
Xususiylashtirish va mulkdorlar safini kengaytirish, islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishning ustuvor yo`nalishidagi qilinishi lozim bo`lgan muhim vazifalar quyidagilardan iborat qilib belgilangan:
-davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish bo`yicha ishlarni davom ettirish;
-aktsiyalashtirish amaliy natija bermagan korxona va ob`ektlarni xususiy mulkdorlarga berish;
-yangi mulkdorlarning korxonalar samarali faoliyatini ta`minlash, investitsiya majburiyatlarini so`zsiz bajarish bo`yicha huquqiy va iqtisodiy javobgarligini oshirishni ko`zda tutgan holda amaldagi qonunchilikning me`yorlarini qayta ko`rib chiqish va kuchaytirish;
-xususiylashtirish jarayoniga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda texnik va texnologik jihatdan yangilash, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish bo`yicha majburiyatlarni o`z zimmasiga oladigan ishonchli va mas`uliyatli investorlarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish.
2008 yilda O`zbekiston Respublikasining “Qimmatli qo`gozlar bozori to``grisida”gi hamda “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoyalash to``grisida”gi qonuniga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to``grisida”gi qonunlari hamda boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mazkur hujjatlar qimmatli qo`gozlar bozorini rivojlantirish, korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish va aktsiyadorlarning korxonalarni boshqarishdagi faolligini oshirish, baholovchi tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish va ularning ko`rsatilajak xizmatlar sifatiga mas`uliyatini oshirish, yangi mulkdorlarning korxonalarni samarali faoliyat yuritishi uchun mas`ulligini oshirishning huquqiy asosini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mamlakatda tadbirkorlik sub`ektlarini tashkil etish va samarali faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida ham sezilarli chora-tadbirlar ko`rilmoqda. Biznesni ro`yxatdan o`tkazish, ixtiyoriy tugatish ishlari soddalashtirildi va tartibga solindi. Ayrim qoidabuzarliklar bo`yicha jarima sanktsiyalari pasaytirildi yoki umuman bekor qilindi. Soliq stavkalari ham unifikatsiya qilinib, tobora pasaytirib borilmoqda.
Xususan, kichik korxonalarga yagona soliq to`lovi 13% dan 6%(sanoat korxonalariuchun5%ga tushirildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 603 ta aksiyadorlik jamiyati faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, ularning 486 tasida davlat ulushi 52 trillion so‘mni tashkil etmoqda. YOqilg‘i-energetika, neft-gaz, kimyo, transport va bank sohalarida davlat ishtiroki yuqori darajada saqlanib qolayotgani ularni bozor mexanizmlari asosida rivojlantirish, investitsiyalar jalb etishga to‘sqinlik qilmoqda.
Ayrim vazirliklar o‘zi nazorat qiladigan sohadagi korxonalarda ta’sischi ekani erkin va sog‘lom raqobatga yo‘l bermayapti, buniyam bugun ochiq aytish kerak. Bunday tizimni endi o‘zgartirmasak, ushbu tarmoqlarda ham va umuman, iqtisodiyotda barqaror rivojlanishga erishib bo‘lmaydi.
Davlat aktivlari tartibsiz boshqarilayotgani ham samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda 972 ta davlat korxonasi aktivlarining atigi 21 foizi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan, qolgan 79 foizi vazirlik va idoralar hamda xo‘jalik birlashmalari tomonidan boshqarilmoqda.
Bunday yondashuv so‘nggi 27 yil davomida davlat korxonalarini qanday ahvolga olib
kelgani hech kimga sir emas. Aviasozlik sanoati kabi butun bir soha yo‘q bo‘lib ketdi.
Mavjud tizimni tartibga solish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tubdan takomillashtirish, uni mustaqil agentlik etib qayta tashkil qilish lozim.
Bu Agentlik davlat mulkini boshqarish, davlat korxonalarini isloh qilish, aksiya va obligatsiyalar chiqarish yo‘li bilan ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish, xususiylashtirish jarayonlariga bosh-qosh bo‘ladi.
Tadbirkorlarni yuqori likvidli moddiy resurslar bilan ta`minlashning bozor mexanizmlari yaratildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni bilan bir vaqtda bozor infratuzilmalari shakllandi va ular rivojlanish bosqichiga o`tdi. Bu fond, tovar hamda ko`chmas mulk bozorlari, investitsion fondlar, auditorlik, konsalting va shu kabi boshqa tuzilmalarni tashkil topishi va rivojlanishi bilan namoyon bo`ldi.
Erishilgan ijobiy natijalarga qaramasdan respublikamizning ayrim hududlarida xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash ishlariga e`tibor sustligicha qolmoqda. Vaholanki, mulkdan samarali foydalanish va tadbirkorlikning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish dotatsiyadan chiqish hamda byudjetning daromad qismini oshirishning asosiy yo`nalishlaridan hisoblanadi.
Bugungi kunda davlat mulkini xususiylashtirish va undan samarali foydalanish borasida 2011-2013 yillarga mo`ljallangan xususiylashtirish dasturi, Prezident qarori va Davlat Mulki ob`ektlarini samarali boshqarish chora-tadbirlari to``grisida Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ishlab chiqishga asosiy e`tibor qaratilgan bo`lib, dasturlarning o`ziga xos xususiyati korxonalarga to``gridan-to``gri investitsiyalarni jalb qilishga ustuvor ahamiyat qaratilganligidir.
Investorlarning takliflari xususiylashtirilayotgan ob`ektning xarid qiymati miqdoridan emas, balki investorning investitsiya dasturi mazmuni, uning ishlab chiqarishni kengaytirish va korxonani modernizatsiya qilish hamda samarali boshqaruvni joriy qilinishiga yo`naltirilganligidan kelib chiqib baholanadi.
Iqtisodiyotni boshqarishda davlat aralashuvini keskin kamaytirish lozim. Bugungi kunda mamlakatimizda 603 ta aksiyadorlik jamiyati faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, ularning 486 tasida davlat ulushi 52 trillion so‘mni tashkil etmoqda. Yoqilg‘i-energetika, neft-gaz, kimyo, transport va bank sohalarida davlat ishtiroki yuqori darajada saqlanib qolayotgani ularni bozor mexanizmlari asosida rivojlantirish, investitsiyalar jalb etishga to‘sqinlik qilmoqda.
Ayrim vazirliklar o‘zi nazorat qiladigan sohadagi korxonalarda ta’sischi ekani erkin va sog‘lom raqobatga yo‘l bermayapti, buniyam bugun ochiq aytish kerak. Bunday tizimni endi o‘zgartirmasak, ushbu tarmoqlarda ham va umuman, iqtisodiyotda barqaror rivojlanishga erishib bo‘lmaydi.
Davlat aktivlari tartibsiz boshqarilayotgani ham samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda 972 ta davlat korxonasi aktivlarining atigi 21 foizi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan, qolgan 79 foizi vazirlik va idoralar hamda xo‘jalik birlashmalari tomonidan boshqarilmoqda.
Bunday yondashuv so‘nggi 27 yil davomida davlat korxonalarini qanday ahvolga olib kelgani hech kimga sir emas. Aviasozlik sanoati kabi butun bir soha yo‘q bo‘lib ketdi.
Mavjud tizimni tartibga solish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tubdan takomillashtirish, uni mustaqil agentlik etib qayta tashkil qilish lozim.
Bu Agentlik davlat mulkini boshqarish, davlat korxonalarini isloh qilish, aksiya va obligatsiyalar chiqarish yo‘li bilan ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish, xususiylashtirish jarayonlariga bosh-qosh bo‘ladi.
Davlat aktivlari ahamiyati va xususiylashtirish usullaridan kelib chiqib, guruhlarga ajratilgan holda quyidagi tartibda sotiladi:
1-guruh. Butunligicha sotiladigan davlat korxonalari (ob`ektlari) va ochiq birja savdolarida to`liq xususiy mulkka sotiladigan davlatga tegishli aktsiyalar paketi va davlat ulushlari. Ushbu guruhga kirgan korxona (ob`ektlarni) xususiylashtirish mexanizmi juda sodda, ya`ni ob`ektlar yoki aktsiyalar paketlarini birja orqali sotish. Bunda ob`ekt yoki aktsiyalar paketi savdo maydonchasiga qo`yiladi, reklama ishlari amalga oshiriladi, ularni sotishga ko`maklashuvchi tegishli institutlar ishtirok etadi. Xaridorlarda talab bo`lmagan taqdirda dastlabki sotish narxlarini qadam-baqadam pasaytirish mexanizmi qo`llanadi.
2-guruh. Sarmoyadorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi evaziga nol qiymatda tanlov savdolariga qo`yiladigan korxona va ob`ektlar. Ushbu guruh ob`ektlari hududlarda tanlovlar e`lon qilish yo`li bilan sotiladi. Har bir hududda ushbu hudud ma`muriyatining rahbari boshchiligida tanlov komissiyalari tuzilgan. Sarmoyadorlarga nol xarid qiymati bo`yicha sotilgan past rentabelli, zarar ko`rib ishlovchi, iqtisodiy nochor davlat korxonalarining byudjetga va byudjetdan tashqari fondlar bo`yicha to`lovlar, shu jumladan, ular bo`yicha hisoblab yozilgan penyalar va jarimalar bo`yicha o`tgan yillardagi ishonchsiz qarzlari hukumat tomonidan hisobdan chiqarib tashlanadi.
3-guruh. Davlatga tegishli bo`lgan aktsiyalar paketi xalqaro tenderlarni tashkil etish asosida sotiladigan strategik ahamiyatga ega bo`lgan korxonalar. Yirik strategik korxonalar ochiq tenderlarni tashkil etish yo`li bilan sotiladi, bu yerda yakka tartibda xususiylashtirish jarayoni qo`llaniladi. Bunday tenderlarda ishtirok etish uchun xususiylashtirilayotgan korxonaga investitsiyalar kiritish va uni yanada rivojlantirish bo`yicha biznes-rejalarini taqdim etgan sarmoyadorlarga ruxsat etiladi.
Davlatga tegishli bo`lgan aktsiyalar paketi bunday tenderlarda sotiladigan korxonalar Davlat investitsiya dasturiga kiritilishi mumkin, bu ushbu korxonani 7 yilga daromad va foyda soli`gidan ozod etish imkonini beradi. Bundan tashqari, aktsiyalarning nazorat qilish huquqini bermaydigan paketini xarid qilgan, lekin korxonaga katta miqdorda mabla`g kiritgan sarmoyador Davlat Mulki qo`mitasi bilan boshqaruv nazoratini qo`lga kiritish to``grisida shartnoma tuzishi mumkin.
Yüklə 47,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin