Davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti 5231000-O’zbek tili va



Yüklə 126,64 Kb.
səhifə1/22
tarix27.04.2023
ölçüsü126,64 Kb.
#103673
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
gidbdjvdvxkvodvdvvj



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ОLIY TA‘LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA FAKULTETI 5231000-O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI 202-GURUH TALABASI
ABDURASHITOVA ZEBO MIRZABAHRAMOVNANING
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI FANIDAN
Oʻzbek tili frazeologizmlarining semantik-funksional xususiyatlari
mavzusidagi

KURS ISHI
Ilmiy rahbar:
ANDIJON 2023

MUNDARIJA:
KIRISH .................................................................................................................. 3

  1. BOB. FRAZEOLOGIZMLARNING ASOSIY MAZMUNI............................6

1.1. Frazeologizm haqida umumiy ma`lumot ........................................................6 1.2. Frazeologizmlarning lisoniy strukturasi .............................................................9
II BOB. FRAZEOLOGIZMLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI..14
2.1. Frazeologizmning semantik strukturasi.............................................................14
2.2. Turli tillardan o’zlashtirilgan frazeologik birliklar .......................................... 27
XULOSA ................................................................................................................46
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati .....................................................................50







KIRISH


Istiqloldan so‘ng tilshunoslikning barcha sohalarida bo‘lgani kabi tarjimashunosligida yangi ilmiy yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi, o‘zbek tarjimachiligini yangi bosqichga ko‘tara oldi desak yanglishmagan bo‘lamiz. Zero bugungi kunda zamonaviy tarjimachilik oldida turgan dolzarb vazifalaridan biri bu o‘zbek adabiyoti namunalarini bevosita xorijiy tillarga tarjima qilishdir. Binobarin, “ilgari o‘zbek adabiyoti namunalarini boshqa tilga tarjima qilish asosan rus tili orqali amalga oshirilar edi. Bu borada qilingan katta ishlarni munosib baholagan holda, endilikda adabiyotimizning eng etuk asarlarini bevosita ona tilimizdan G‘arb va
Sharq tillariga tarjima qilishga qaratilgan ishlarni kuchaytirishimiz zarur” [Каримов 2008, 139]. Shunday ekan, zamonaviy tilshunos va trjimashunos olimlarimiz oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri – turli xorijiy tillardagi yozma va ogzaki adabiyotni uzbek tiliga bevosita tajima qilish. Sifatli tarjimani amalga oshirish uchun lingvistik bilim kamlik qiladi. Shu nuqtai nazardan ingliz xalqining olam milliy manzarasini anglash uchun tarjimonlardan ekstralingvistik bilim talab qiladi. Ekstralingvistik bilimlar majmuasiga muayyan millat kishilarining mentaliteti, ruhiy ma’naviy kamoloti haqida darak beradigan bilimlar kiradi.
Ma’lumki, o’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi [Каримов 2008, 83]. Chet tilini bilish va tilimizning ma’naviy boyliklarini teran anglashimizning birgina o’zi ona tilidan xorijiy tillarga tarjima qilish uchun etarli emas. Negaki, tarjima tilining madaniyati, geografik sharoiti, kishilarning ongidagi olam haqidagi tasavvur ya’ni olam milliy manzarasini anglash badiiy tarjimada lingvistik bilim bilan teng ahamiyatga egadir.
Til jamiyat tarixidan darak beruvchi buyuk vosita bo'lib, insonning ma'naviy va ma'rifiy shakllanishi va rivojlanishi uchun zarurdir. Til, inson va jamiyat bir – birisiz bo'lmaydi. Til inson tafakkuri, ruhiyati, madaniyati, urf-odati va shaxsiy hususiyatlari bilan bog'liqdir.
Tilning lug'at tarkibiga faqat so'zlar emas, balki turg'un bo'lib qolgan so'z birikmalari ham kiradi. Til birliklari va ayniqsa tilning leksik - frazeologik birliklar xalqning madaniy oynasi hisoblanadi, semantik birliklar esa inson uchun dolzarb bo’lgan narsa-buyumlar, real va ideal ob’ektlar o’rtasidagi aloqa va munosabatlarni aks ettiradi.
Frazеologiya hozirgi zamon tilshunosligining asosiy tarmoqlaridan biri bo'lib, har bir tildagi turg’un birikmalarning ma'nosi va tuzilishini o'rganadi.
Frazеologiya doirasida so'zlarning turg’un birikmalaridan tashqari maqol, matal, aforizmlarni olimlar tomonidan turli tasnif qilishga urinishlar ham mavjud.

Yüklə 126,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin