Qiziqarli va nostandart masalalar
səhifə 7/12 tarix 02.01.2022 ölçüsü 31,86 Kb. #47799
DAVLAT TA’LIM STANDARTI MATEMATIKA
Qiziqarli va nostandart masalalar
Sonli boshqotirmalar va arifmetik rebuslar. Umumiy qonuniyatni topishga va tasniflashga (guruhlarga ajratish) doir mantiqiy masalalar.
Qirqishga doir masalalar. Qirqimlardan shakl tuzish. Sanoq cho‘plariga doir masalalar.
1-sinf o‘quvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar
O‘quv yili oxiriga kelib 1- sinf o‘quvchisi quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak:
Sonlar va hisoblashlar bo‘yicha:
Bilim:
- 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ketma-ketligi va ularning nomlanishi bilish ;
Sonlar ustida qo‘shish va ayirish amallarining nomlari va belgilari bilish;
Uzunlik, massa va sig‘im o‘lchov birliklari: santimetr, ditsemetr, litr va kilogrammni bilish.
Ko‘nikmalar:
Narsalarni xossalari: rangi, shakli, o‘lchamlari, nimaga mo‘ljallanganligi, nimadan yasalganligiga qarab guruhlarga ajrata olish ;
Bir xonali sonlarni og‘zaki qo‘shish va ayirish;
1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida qo‘shish va ayirish amallarini bajarish;
Qo‘shish va ayirish amallari mohiyatini ochuvchi sodda masalalarni yechish;
Kesma uzunligini chizg‘ich yordamida o‘lchay olish;
Bir xil o‘lchamli kattaliklarni qo‘shish va ayirish;
2- sinfda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi
O‘quv yili yakunida mazkur mazvularni o‘zlashtirish 2-sinf o‘quvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Dostları ilə paylaş: