Davlat ta`lim standartlari


Tasvitiy san’at darslaridba, borliqni idrok etish



Yüklə 92 Kb.
səhifə2/3
tarix07.06.2022
ölçüsü92 Kb.
#60875
1   2   3
DAVLAT TA`LIM STANDARTLARI

Tasvitiy san’at darslaridba, borliqni idrok etish

O`quvchilarning estetik idroki, didi, mazkur sohaga doir tushunchalari, tasavvur va xotiralarni o`stirishda muhim rol` o`ynaydi. Borliqni idrok etish mashg`ulotlari odatda mavzuli kompazitsiyalarni bajarishdan oldin o`tkazilib, unda tabiatdagi va tevarak- atrofdagi nafislik va go`zallikni ko`ra bilish, idrok etish natijasida olingan tassurotlardan amaliy, badiiy-ijodiy faoliyatlarida foydalanish nazarda tutiladi. Shuningdek, tabiatga qilingan sahyohat jara- yonida, zarur hollarda ayrim ob`ekt va hodisalarni qalam, bo`yoq va boshqa badiiy materiallar yordamida xomaki rasmlari ham ishlanadi.
Bunday darslarda bolalar sinf va sinfdan tashqari o`simliklar, qushlar, baliqlarni kuzatadilar, tabiatning turli fasllardagi ko`rinishlari, kayfiyati (quvonchli, g`amgin, o`ychan va hokazo) haqida tasavvurga ega bo`ladilar. Boshlang`ich sinflarda borliqni kuzatish va ular haqida suhbatlar o`tkazish, o`quvchilarga hayotdagi ba`zi bir hodisalarni, kengroq bilib olishga yordam beradi. U narsalarning shakli, tuzilishi, rangi kabilarni ma`lum miqdorda tahlil qilish va umumlashtirishdek muhim sifatlarni o`stirishga ham imkon beradi.
Tabiat va borliqni kuzatish jarayonida bolalarni uni sevishga, asrab-avaylashga o`rgatiladi. Tabiatga qilingan sayohatlarda ularning ayrim jihatlari fasillarga bog`liq bog`liq holda o`zgarib turishligi bolalarga tushintiri- ladi.Shuningdek, bunda bolalarni fazoviy tasavvurlari ham o`stiriladi va planlik, chiziqli va havo havo perspektivasiga ham e`tibor beriladi. Borliqni kuzatish bevosita tasviriy ijodiy faoliyat bilan bog`liq ekanligi, borliqni bil- masdan turib sifatli tasviiy ishlarni bajarish mumkin emasligi bolalar ongiga etkaziladi.
Borliqni idrok etish mashg`ulotlarini vazifalariga rioya qilgan holda quyidagi mazmunda mashg`ulotlar o`tkazish nazarda tutiladi:

  1. Kuz, Qish, Bahor fasillarida tabiatni o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish;

  2. Gullar, Hasharotlar, Dekarativ baliq va qushlarni kuzatish;

  3. Tabiat mo``jizalari, bahorgi va kuzgi ishlar bilan tanishish vahokazolar.

Yuqorida qayd qilinganidek, bunday mashg`ulotlardan maqsad, borliq- ni bilishi, undagi narsa va hodisalarni, o`ziga xos xususiyatlarini, ayniqsa, tuzulishi, rangi, o`lchovlari, o`lchov nisbatlari, fazoviy holatlari, ularni yil fasillariga qarab o`zgarishlarini anglab etishlariga erishishdan iboratdir. O`z- garish zarur bo`lgan ob`ektlarni naturadan kuzatishning imkoni bo`lmagan taqdirda o`qituvchi darsda bolalarni san`at asarlarining reproduksiyalari, slaydlari, foto nusxalarini namoish etish orqali o`z maqsadiga erishadi.
Boshlang`ich sinf tasviriy san`at darslarida o`quvchilarning qiziqishlari va ijodkorligini oshirish va rassomchilikda ishlatiladigan turli materiallar bilan kengroq tanishtiurish maqsadida badiiy qurish-yasash ishlari ham olib boriladi.
Tasviriy faoliyatning bu qiziqarli turi uchun dasturda alohida soatlar ajratilgan bo`lib, ular mashg`ulotlar mazmunini yanada boyitadi. Qurish-yasash uchun asosan uch xil materiallardan fodalanish nazarda tutiladi;

  1. Badiiy materiallar (rangli qog`ozlar, falga, gulqog`ozlar, plastilin, loy va bosh.r ).

  2. Tabiiy materiallar (daraxt barglari, shoxlari, ildizlari, po`stlog`lari, meva va sabzavotlarning urug`lari, rangli toshchalar, bug`doy va arpa poyalari v.b.)

  3. Tashlandiq materiallar (ichimlik va dori-darmondan bo`shagan sintetik idishlar, gigurt qutichalar, po`kak, penoplast, idish qopqoqlari v. b.)

Badiiy qurish-yasash mashg`ulotlarida bolalarni qaychi bilan ishlash, kley yordamida elimlash, qog`ozlarni narsalar shakliga mos holda buklash, o`rash, ayrim badiiy tashlandiq va tabiiy materiallarni bir-birlariga qo`shosh orqali tasvir yaratish kabi malakalar hosil qilinadi. Bu malakalarni hosil qilish boshlang`ich sinflar dasturida bir qator topshiriqlarni bajarishni nazarda tutadi. Ular quyidagilardan iborat:

  • turli shakldagi qalamdon, quticha, havo shari, bayroqcha, choynak, lagan, mashina, samaliyot, raketa vashu kabi narsalarni rangli qog`oz va kartondan tasvirini yasash;

  • hasarotlar-tilla qo`ng`iz, ninachi, kapalak va boshqalarni, rangli qog`oz- larni qirqish orqali hosil qilish;

  • rangli qog`ozlarni qirqish, buklash va elimlash yo`li bilan osma o`yin- choqlar tayyorlash;

  • tabiiy materiallar yordamida baliq, hasharot, qush, hayvonlarning tasvirlarini hosil qilish;

  • rangli qog`oz, badiiy va tashlandiq materiallardan aplikatsiya, kollaj, pap`e-mash`e,aralash usulda mazmunli kopazitsiyalar (masalan,“ Ko`cha-da”, “Kosmodromda”, ) ishlash;

  • tashlandiq materiallar sim, ip, kanop, gazlama parchalari, plasmas idishlar, gugurt qutichalari, po`kak, penoplast, idish qopqoqlari yordamida unca murakkab bo`lmagan transport (qayiqcha, pir-pirak, mashina, traktor v.b.), qushlar (qaldirg`och, to`ti g`oz, chumchuq, laylak, o`rdak, sa`va v.b.), hayvonlar (tulki, bo`ri, quyon, ayiq, yo`lbars, it, sher v.b.) ning o`yinchoq tasvirlarini ishlash;

  • quritilgan barglar, rangli qog`ozlar, shoxlar yordamida ochilgan gul, gullagan daraxt shoxchasi tasvirini tayyorlash v. b.

  • Badiiy qurish-yasash ishlarida eng muhim vazifalardan biri badiiy, tashlandiq materiallarning o`ziga xos jihatlarini (qattiq, yumshoq, mo`rt, egiluvchan, og`ir, engil, och, to`q v.b.) bilish hamda ular bilan ishlaganda o`lchov va o`lchov nisbatlarini, tuzilishi, shakli ranglarini to`ri belgilash talab etiladi.

  • Shuningdek qurish-yasash ishlarida qo`llanadigan o`quv qurollari va materiallarini bilish, tabiit, badiiy, tashlandiq materiallarini bir-birlaridan farqlay olish ham talab etiladi.

  • Narsalar shaklini ko`ra olish han badiiy faoliyatining bu turi vazifasiga kiradi. Bunday ishlarni bajarganda ish joyini ozoda batartib tutabilishga ham o`rgatiladi.




Yüklə 92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin