Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

280


Ishonchnoma
14 yoshdan 18 yoshgacha bo4lgan voyaga yetmaganlar 
nomidan ishonchnomalar ulaming ota-onalari, bolalikka oluv- 
chilari yoki homiylari roziligi bilan tuzilgan taqdirdagina tas­
diqlanishi mumkin (Fuqarolik kodeksi, 27-modda).
M ansabdor shaxs bir yoki bir necha shaxs nomidan bir 
yoki bir necha shaxsga beriladigan ishonchnomalami tas- 
diqlaydi.
Bir necha shaxslar nomidan berilgan ishonchnoma, agar 
unda ko‘rsatilgan harakatlar vakolat beruvchi shaxslardan har 
birining emas, balki hammasining bir turdagi manfaatlari- 
ga taalluqli bo‘lgandagina tasdiqlanadi (masalan, bir necha 
vorislaming nomidan ulaming meros ishlarini yuritish uchun 
ishonchnoma berilishi).
Vakolat beruvchi o ‘zi bergan ishonchnomani bekor qilish 
huquqiga ega. Bu holda vakolat beruvchi shaxs ishonchnoma 
qaysi muassasa, tashkilot yoki korxonaga taqdim etish uchun 
berilgan bo‘lsa, shu muassasa, tashkilot yoki korxonaga, ber­
gan vakolatlari bekor qilinganini bildirib, yozma ravishda 
ariza yuboradi.
Notarial tasdiqdan o ‘tadigan ishonchnoma ikki nusxada 
tasdiqlanadi. Ishonchnoma matnida, yuqorida aytilganidek, 
uning tuzilish joyi va vaqti, vakolat beruvchi va vakolat oluv- 
chining ismi, otaismi va familiyasi va yashash joylari to‘liq 
hamda aniq ko‘rsatiladi. Vakolat oluvchining yashash joyi 
vakolat beruvchining so‘zlariga asosan ko4rsatilishi mumkin. 
Avtotransport vositalaridan foydalanish huquqini beruvchi 
ishonchnomalarda vakolat oluvchining yashash joyi uning 
hujjatlari asosida ko‘rsatiladi.
Ishonchnomada vakolat oluvchiga berilgan vakolatlar 
aniq k o 4rsatilishi kerak. Ishonchnoma uni berayotgan shaxs 
tomonidan imzolanganidan keyingina mansabdor shaxs tomo­
nidan tasdiqlanadi. U tuzilib tasdiqlangach, vakolat beruvchi 
shaxs qo‘liga beriladi yoki uning iltimosiga ko‘ra va uning 
hisobidan vakolat oluvchi shaxsga yuboriladi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin