282
Ishonchnoma
shuningdek, barcha sud muassasalarida qonun doirasida da’vo-
garga, javobgarga, uchinchi shaxsga, jabrlanuvchiga berilgan bar
cha huquqlar bilan menga aloqador ishlami olib borish, jumladan,
da’voni qisman yoki to‘liq tan olmaslik, da’voni tan olish, da’vo
predmetini o‘zgartirish, kelishuv bitimini tuzish, sud qarori ustidan
shikoyatnoma berish, ijro varaqasini undirishga taqdim etish, mulk
yoki pulni qabul qilish huquqlariga ega.
Ishonchnoma uch yillik muddatga berildi.
(Imzo)
N. Po‘latova
(Notarial idoraning ishonchnomani tasdiqlovchi yozuvlari va muhri)
Uy-joyni sotish ishonchnomasi namunasi
12-ilova
ISHONCHNOMA
Toshkent shahri, ikki ming o‘n to‘qqizinchi yil
mart oyining o‘n birinchi kuni
Men, Toshkent shahri Bobur ko‘chasidagi 40-uyning 8-xona-
donida yashovchi Sulton Karimovich Rahimov, ushbu ishonchno
ma bilan Samarqand shahri Tinchlik ko‘chasidagi 14-uyda yashov
chi Lola Yo‘ldoshevna Karimovaga Samarqand shahri Olmazor
ko‘chasidagi menga tegishli bo‘lgan 21-uydagi hovli-joyni o‘zi
xohlagan narx va shartlar asosida sotishiga vakolat beraman.
Shu bilan birga, unga vakolatni bajarish chog‘ida zarur bo‘la-
digan barcha ma’lumot va hujjatlami olish, oldi-sotdi bo‘yicha
shartnoma tuzish va uni imzolash, menga tegishi kerak bo‘lgan
pullami olish hamda mazkur vakolatni bajarish bilan bog‘liq bar
cha zaruriy harakatlami amalga oshirish huquqini beraman.
Ushbu ishonchnoma vakolatlami birovga o‘tkazish huquqisiz
(huquqi bilan) olti oylik muddatga berildi.
(Imzo)
S. Rahimov
(Notarial idoraning ishonchnomani tasdiqlovchi yozuvlari va muhri)
283
|