Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Afisha namunasi
10-ilova
«Maqom» ansambli
«Turkiston» saroyida 
9 va 10-dekabr kunlari soat 16.00 va 19.30 da 
11-dekabr kuni soat 19.30 da
0 ‘zbekiston xalq artisti
MUNOJOTXON YO‘LCHIYEVA
ijrosidagi o‘zbek mumtoz va xalq ashulalari 
konsertiga taklif etadi.
Chiptalar «Turkiston» saroyi 
g‘aznasida soat 11:00 dan sotilmoqda.
323


Ma ’lumot-axborot hujjatlari
HISOBOT
Muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, top- 
shiriqlaming bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va il­
miy safarlar yakuni haqida m a’lumot beruvchi hujjat.
Hisobotda keltirilgan m a’lumotlar aniq, ishonarli b o iish i 
kerak.
Hisobotda quyidagilarga e ’tibor beriladi: nima m o‘ljallan- 
gan yoki topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga e ’ti­
bor berildi, qanday yetishmovchiliklar bo‘ldi, ulami bartaraf 
etish uchun nimalar qilish kerak. Hisobot oxirida muayyan 
topshiriq bajarilmagan bo‘lsa, uning sababi ko‘rsatiladi, bu 
borada takliflar qayd etiladi. Rejalashtirilgan ish haqidagi 
hisobotlar amalda keng qo‘llanadi (1-ilovaga qarang). Hiso­
bot shakl jihatdan ham, mazmun jihatdan ham bildirishnoma 
(qarang) hujjatiga o ‘xshaydi.
Uning zaruriy qismlari:
1. Sarlavhasi: hisobot qaysi davr uchun, qanday b o ‘lim 
yoki shaxs tomonidan berilyapti.
2. Hujjatning nomi (Hisobot).
3. Hisobot matni.
4. Lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi, 
imzo.
5. Sana.
6. Hisobotni tasdiqlovchi rahbar imzosi.
324


Hisobot
Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobot namunasi
1-ilova
Toshkent viloyati Parkent 
tumanidagi «Sulton» fermer 
xo‘jaligining 2017-yilda 
rejalashtirilgan ishlarining 
bajarilishi haqida
HISOBOT
Xo‘jalik tasarrufidagi ekin ekiladigan 100 gektar yerga yil 
boshida 10 turdagi ekin ekish rejalashtirilgan edi. Shundan 8 tur 
ekin ekildi. Ikki turi - ukrop va kashnich sharoit yo‘qligi tufayli 
ekilmay qoldi. Yil oxirida rejadagi 2000 tonna o‘miga 2030 tonna 
sabzavot mahsulotlari olindi. 3 gektar tokzorda 90 tonna xo‘raki 
uzum yetishtirildi. Bu rejadagidan 26 tonna ko‘p. Kartoshka, po- 
midor, piyoz, sabzi gektar boshiga awalgi yildagiga qaraganda bu 
yil 2-3 tonna ko‘proq yetishtirildi. Piyoz rejadagidan 3 tonna kam 
olindi. Sababi - un-shudring tushdi, vaqtida agrotexnika tadbiri 
o‘tkazilmadi.
Xo‘jaligimiz ishida o‘mak ko‘rsatgan a’zolarimiz quyidagi- 
lardir:
1. T. Turobov
2. S. Rustambekov
3. K. Xo‘jayev.
4. L. Sobirxo‘jayev.
Yil yakuni bo‘yicha moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishda 
bulaming xizmatini inobatga olishingizni so‘rayman.
Fermer xo'jaligi
rahbari 
(imzo)
S. Xolnazarov
2018-yil 5-yanvar
Xizmat safari va rahbaming muayyan topshirig‘ini baja­
rish bo‘yicha hisobotlar m a’lum davr ishlari bo‘yicha hisobot- 
dan qisman farq qiladi (2-iiovada shunday hisobot namunasi 
berildi).
325


Ma ’lumot-axborot hujjatlari
Zaruriy qismlari:
1. Sarlavhasi: idora rahbarining lavozimi, ismi va otais­
mining bosh harflari, familiyasi, kim tomonidan qanday top- 
shiriq uchun hisobot berilyapti.
2. Hujjatning nomi (Hisobot).
3. Hisobot matni («Sizning topshirig‘ingizga binoan» tar- 
zidagi iboralar bilan boshlanadi, topshiriq qanday bajarilgan- 
ligi aniq m a’lumotlar bilan bayon qilinadi; xulosa qilinadi).
4. Ilovalar ko ‘rsatiladi (ko‘p hollarda).
5. Hisobot beruvchining lavozimi, ismi va otaismining 
bosh harflari, familiyasi, imzo.
6. Sana.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin