Ariza
2010-yilda bizning er-xotinlik munosabatlarimiz uzilgan
bo‘lsa-da, nikoh rasmiy tartibda bekor qilinmagan edi. 2015-yil
28-noyabr kuni Mo‘min Sodiqovich Sharipov vafot etib, undan
o‘ziga tegishli, Chirchiq shahri Abay ko‘chasidagi 55-xonadonda
bo‘lgan hovli-joy qoldi.
2017-yil 2-dekabr kuni men M.S.Sharipov vafotidan keyin
merosni qabul qilib olish haqidagi ariza bilan Chirchiq shahar
3-notarial idorasiga murojaat qildim va shunda marhum bilan ni-
kohdan o‘tgan da’vogar ham ochilgan meros uchun da’vogarlik
qilayotgani ma’lum bo'ldi.
M.S.Sharipov men bilan qayd etilgan nikohi bekor bo‘lmagan
holda, ikkinchi marta 2013-yil 24-mart kuni Chirchiq shahar Ni
koh uyida javobgar bilan nikohdan o‘tgan. Bu holat 804-hujjatda
tegishli yozuv bilan qayd etilgan.
Shunday qilib, M.S.Sharipovning ikkinchi marta nikohdan
o‘tishida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 52- va
55-moddalaridagi shartlar buzilganki, bu narsa nikohning haqiqiy
emas deb topilishiga olib keladi.
Aytilganlar asosida va 0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodek
sining 16-, 52-, 55-, 56-moddalariga rioya qilgan holda, 2013-yil
24-mart kuni Chirchiq shahar Nikoh uyida Mo‘min Sodiqovich
Sharipov va javobgar Nurjon Abilovna Jontoyevalaming nikohdan
o‘tganliklari haqidagi 804-dalolatnoma yozuvini haqiqiy emas deb
hisoblashingizni so‘rayman.
Ilova:
1. Nikoh qayd etilganligi haqida 2006-yil 11-martda
berilgan guvohnoma.
2. 2006-yil 11-martda nikohdan o‘tganlik haqidagi 15-da-
lolatnoma yozuvining nusxasi.
3. M.S.Sharipovning vafot etganligi haqidagi guvohnomaning
nusxasi.
4. Chirchiq shahar Nikoh uyining M.S.Sharipov va javobgar
o‘rtasida nikoh qayd etilganligi haqidagi ma’lumotnomasi.
5. Da’vo arizasining nusxasi.
Dostları ilə paylaş: