Xizmat yozishmalari
Siz bildirgan fikr-mulohazalar
qonunning takomillashishida
asqotadi, deb o‘ylaymiz. Qonun loyihasini
regulation.gov.uz
por-
talidan olishingiz mumkin.
Vitse-prezident
___________
S. Mirzayev
(imzo)
Eslatma xat
Jo‘natilgan iltimos va so‘rov
xatlarga javob olinmasa,
shuningdek, tuzilgan shartnomalar
muddati buzilganida yoki
unga amal qilinmagan hollarda eslatma xat yuboriladi.
Mazkur xatlar mazmun jihatidan uncha katta bo‘lmaydi.
U mazmun va hajm jihatidan telegrammalarga yaqin turadi.
Odatda, eslatma xat bir yoki
ikki jumladan iborat b o iib ,
kotib yoki referent tomonidan imzolanadi. 25-28-ilovalarda
eslatma xat matnidan namunalar beriiadi.
Eslatma xat namunalari
25-ilova
2019-yilning 15-oktyabrida korxonamiz uchun 100 000 (yuz
ming) dona shifer ajratishni so ‘rab, Sizga xat yo ‘llagan edik,
biroq xat javobsiz qoldi. Iltimosimizni qondirishingiz va 2019-
yil 23-dekabrgacha bizga bu haqda xabar berishingizni takro-
ran so ‘raymiz.
26-ilova
Meva-sabzavotlami yig ‘ishtirib olish boshlangani sababli
sabzavot saqlash omborxonasini sovitish uskunalari bilan qayta
jihozlashni qisqa vaqtda tugatishni yana bir bor Sizdan iltimos
qilamiz.
380