MALAKAVIY ISHINING ILMIYLIGI. Suvning kimyoviy tarkibi juda murakkab bo’lib, u o’zida bir qancha moddalarni eritgan bo’ladi. Bu esa havoning tarkibiga, yer usti tog’ jinslarining va yer osti qatlamlarining kimyoviy tarkibiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun suvni tarkibini tashkil etuvchi mineral tuzlarning tarkibi va miqdori ham har xil bo’ladi. Buning sababini ilmiy nuqtai nazardan o’rganishni va tahlil etishni talab etadi. Chunki ayrim huquqlarda u yoki bu ionlarning oz yoki ko’p miqdori o’sh joyda, suvda u eriydigan moddalarni tarkibiga bog’liq bo’ladi. Bitiruv malakaviy ishida ham har xil maydonlardan, yerning yuza qismidan va chuqur qatlamidan olingan suvning kimyoviy tarkibini aniqlashga xususan magniy va kalsiy miqdorini titrimetrik usulda komplekson III yordamida aniqlab, natijalarini esa ilmiy asosida asoslab, xulosa qilishni lozim topdik. Bu esa bitiruv malakaviy ishining ilmiy ahamiyatga egaligidan dalolatdir. Chunki suv iste’mol qilishning ilmiy asoslangan me’yorlarini ishlab chiqishda muhim o’rin tutadi.
SUV MOLEKULASINING TUZILISHI VA FIZIKAVIY
XOSSALARI
Ko’pchilik moddalar kabi suv molekulasi ham atomlardan tarkib topgan.
Bir atom kislorod va ikki atom vodoroddan tashkil topgan suv
molekulasini chiziqsimon ya’ni kislorod atomi bo’lgan markazga nisbatan 180 % ga teng deb tasavvur qilishimiz mumkin edi. Lekin haqiqatdan esa bu burchak 104027’ tengligi aniqlangan.
Suv molekulasining nashkil qiluvchi kislorod va vodorod atomlarini birlashtiruvchi to’g’ri chiziq bo’ylab joylashmagani uchun uning manfiy va musbat zaryadlari bir-birini ta’sirini to’liq kompensatsiyalay olmaydi. Oqibatda suv molekulasini kislorod atomi tamonida manfiy, vodorod atomi tomonidan esa musbat zaryadlarning qisman ortiqchaligi vujudga keladi. Buning natijasida suv molekulasini ancha aktiv dipollar, ya’ni qutblangan zarrachalar ko’rinishidan bo’ladi.
Tabiatda suv 3 xil agregat holatda suyuq, qattiq, gazsimon holatda uchraydi. Bu holatlardan suv molekulasining harakatlanish harakteri va bog’lanish turlari turlicha bo’ladi.
Normal bosimda 0 va 1000C temperatura oralig’ida suv molekulasida tartibsiz harakatlanish harakteriga va kuchsiz vodorod bog’lanishiga ega bo’lgan suyuq holatda bo’ladi. Suyuq suvda odatdagi H2O molekulalari o’zaro bog’langan holatda bo’ladi.
H – O – – – – H – O – – – H – O – – – –
H H H n
Suv hidsiz, ta’msiz, rangsiz modda. Suvning zichligi 40C da eng yuqori bo’ladi, ya’ni 1 g/sm3 normal bosimi suvning muzlash temperaturasi 00C. Normal bosimda suvning qaynash temperaturasi 1000C teng bo’ladi.
Muz bu qattiq kristall modda. Unda suv molekulalari tartibli joylashgan bo’ladi. Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, suv molekulasida kislorod atomi tetraedrik gibridlangan va OH bog’lar orasidagi burchaklar 1050 ga teng. Burchakning tetraedrik burchakdan kichiklashishining sababi kislorodning ikkita umumlashgan juftining O : H bog’lar juftidan itarilishidir.
Muzning kristallari bitta kislorod atomi 4 ta vodorod atomini tutgan tetraedrlardan tarkib topgan va har bir vodorod atomi ham ikkita kislorod atomini tutadi.
Muzning zichligi normal sharoitda – 0,9168 g/sm3 ga teng. Suvning zichligi esa 0, 999968 g/sm3 ga. Shuning uchun ham muz suvda cho’kmaydi.
Modda 10C ga isitish uchun kerak bo’ladigan issiqlik miqdori solishtirma issiqlik sig’imi deyilishi ma’lum. Suyuq holdagi suvning solishtirma issiqlik sig’imi muznikidan ikki barobar katta. CH2O(c)= 1kal Cmuz = 0,5 kal. Suvning solishtirma issiqlik sig’imi bilan boshqa moddalarning issiqlik sig’imlari taqqoslansa 1 g suvni 10C ga isitish uchun kerak bo’ladigan issiqlik 9,25 g Fe, 10,3 g Cu ni 10C ga isitish uchun yetarli bo’ladi. Suvning yuqori issiqlik sig’imiga ega ekanligidan texnikada bir jismdan ikkinchi jismga issiqlikni uzatishda foydalaniladi. Bunga misol qilib suv bilan ishlaydigan isitgichlarni ko’rsatish mumkin. Issiq suv metall trubalar orqali batareyalarga tarqaladi, ularni qizdiradi va metalning issiqlik sig’imi suvnikidan katta katta bo’lganligidan, tezda atrof-muhitga issiqlik tarqatadi.
Barcha jismlarni (simob va suvdan boshqa) solishtirma issiqlik sig’imi temperatura ortishi bilan ortadi. Suvning issiqlik sig’imi 0 va 350C intervaldan kamayib, so’ngra orta boshlaydi. Quyidagi sxemada suvning va temir (III) oksidning solishtirma issiqlik sig’imlari orasidagi bog’liqlik keltirilgan.
160C da suvning solishtirma issiqlik sig’imi birga teng deb olingan va bu qiymat boshqa moddalar uchun etalon o’lchov bo’ladi. Suvning issiqlik sig’imi va temperaturasi orasidagi bog’liqlik 2 xil bo’ladi. Masalan, 250C va 500C da suvning issiqlik sig’imi 0 va 200C intervallar oralig’ida 0,5 kal/g gradus ga teng, bu suyuq holatdagi suvning issiqlik sig’imidan 2 marta kam. Shu intervalda spirt va glitserinning o’rtacha issiqlik sig’imi – 0,3 kal/g gradus, temirniki – 0,1 kal/g gradus, platinaniki – 0,03 kal/g gradus.