13- mashq. Maqol va matallarni ko‘chiring, mazmunini
izohlang.
1. O‘rinli so‘zga tuya cho‘kadi, o‘rinsiz so‘zga hamma
so‘kadi. 2. So‘zning o‘rni — sir. 3. So‘zga tushmagan so‘zni
aytma, sozga tushmagan g‘azalni. 4. So‘zida parishonlik —
o‘zida pushaymonlik. 5. Mahalida aytar so‘zni asrama, aytmas
so‘z tegrasiga yo‘lama. 6. Joyali so‘z jo‘yasin topar, jo‘yasiz
so‘z egasin topar. 7. So‘zni o‘z joyida ishlatg‘il, agar so‘z
yaxshi bo‘lsa, ammo noo‘rin ishlatilsa, garchand u har nechuk
yaxshi so‘z bo‘lsa ham yomon, nobop eshitilur.