32- mashq. Gaplarni o‘qing, ajratilgan so‘zlarning ma’nosini izoh-
lang va ma’nodoshlarini toping.
1. Òemur tug‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi, Alisher
(A.Oripov.). 2. Òiliga kuchi yetadigan kishi aql podshosidir;
so‘zga ahamiyat bermaydigan kishi la’natlangan, pastdir
(A. Navoiy). 3. Xalq oldida gapirganda so‘zing go‘zal bo‘lsin,
bu so‘zni xalq qabul qilsin («Qobusnoma»). 4. Xullas, yaxshi
nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari hamkorligidan
foydalanish zarur bo‘ladi. Ularning birontasiga ahamiyat
bermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi qolgan ikki-
tasiga ta’sir qilmay qolmaydi (Beruniy). 5. Agar so‘z senikimi
yoki sen so‘znikimi, deb so‘rasalar, aytgil: men so‘zniki va