o\'quv fani sifatida davlat va huquq fanining tuZulishi
Davlat va huquq nazariyasi — ijtimoiy hodisa bо`lmish davlat va huquqning kelib chiqishi, rivojlanishi va faoliyat kо`rsatishshshng umumiy qonuniyatlarini о`rganuvchi fandir. Davlat va huquq nazariyasi fanining predmetiga faqat amaldagi davlat va huquq munosabatlari, jarayonlari, hodisalarining eng umumiy belgilarigina emas, balki fuqarolarning ular tо`g`risidagi tasavvurlari, qarashlari, fikrlari ham kiradi. Demak, davlat va huquq nazariyasi predmeti doirasiga ijtimoiy ongning huquq bilan bog`liq va uning vositasida о`rganiladigan qismi, ya`ni huquqiy ong ham kiradi.
Davlat va huquq nazariyasi о`zining mustaqil predmet yо`nalishiga ega bо`lib, ijtimoiy, shuningdek, yuridik fanlar tizimida muayyan о`rin tutadi. Fanning bu xususiyatini Prezident I.A.Karimov О`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining umumiy yig`ilishidagi nutqida shunday ta`kidladi: “...olimlarimiz, birinchi navbatda, ijtimoiy fan vakillari oldida turgan ulkan vazifalar haqida tо`xtalib о`tmoqchiman. Mamlakatimiz mustaqilligini mustaxkamlash, milliy davlatchilikni shakllantirish, huquqiy demokratik davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini qaror toptirishdek ulug` orzu-umidlar bilan yashar ekanmiz, ijtimoiy fanlar sohasidagi ilmiy izlanishlar va ularning natijalariga alohida e`tibor bermaslik mumkin emas”2[2].
Zero, bizning hayotimizda shunday obyektiv davlat va huquq qonuniyatlari xukm suradiki, ularni tushunmay turib, sohaviy yoki maxsus yuridik fanlarni о`rganish mumkin emas.
Davlat va huquq nazariyasini turli ijtimoiy fanlar bilan taqqoslash ularning о`zaro mustahkam bog`liqligini va hatto bir-birlariga singib ketganligini kо`rsatadi. Davlat va huquq nazariyasining yuridik fanlar tizimidagi о`rni haqida sо`z ketganda, mazkur da`vo yanada haqqoniyroq yangraydi. Binobarin, davlat va huquq nazariyasi maxsus va yuridik tarmoq fanlariga nisbatan umumlashtiruvchi, dasturiy, yо`naltiruvchi hamda uslubiy ahamiyatga molik fan sifatida maydonga chiqadi.