Davlat xarid I



Yüklə 65,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/52
tarix07.01.2024
ölçüsü65,12 Kb.
#206290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Yunsitral « Tovarlar va xizm atlam i sotib olish to ‘g ‘risida»
qonuni 1994- yil BMTning xalqaro savdo huquqi Komissiyasining 
27-sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, u bozor iqtisodiyoti sharoitida 
davlat va jamoat uchun xaridni amalga oshirish buyicha xalqaro 
tajribani o'zida mujassamlashtiradi.
Ushbu qonun, bozor iqtisodiyotiga o ‘tayotgan davlatlarda, 
xususan, Sharqiy Yevropa mamlakatlarida davlat buyurtmasini 
joylashtirish bo’yicha model sifatida ishlab chiqilgan.
Yunsitral shakliy qonunidan ko‘zlangan maqsad raqobatni 
maksimal darajada rivojlantirish, davlat xaridini amalga oshirishda 
mol yetkazib beruvchilarga n isb atan ad o latli m unosabatni 
ta ’minlash, xarid jaryonini ochiqliligi ham da obyektivligini 
oshirishdan iborat. Mazkur qonun, milliy xavfsizlik va mudofaa 
sohalaridan tashqari, barcha sohalarda xaridni amalga oshirish 
uchun qo'llashni nazarda tutadi.
Mazkur hujjatning 
asosiy tamoyillariga
quyidagilar kiradi:
1. 
Ochiqlilik va shaffoflik
qismida — xarid to ‘g‘risida yozma 
shakldagi hisobot yuritilishi (hisobotda tanlovni yoki boshqa 
turdagi xaridni amalga oshiruvchi davlat buyurtmachisi tomonidan 
amalga oshirilgan barcha chora-tadbirlar o ‘z aksini topishi shart), 
shuningdek, davlat burtmachisining shartnomani tuzishi haqida 
ommaviy e’lon qilishi;
2. 
Kvaliflkasiya qism
bo‘yicha — m ol yetkazib beruvchilar 
kvalifikasiyasiga bo‘lgan talablami tartibga solish, ular kvalifika- 
siyasini o ‘rganish jarayoni va tartibi, shuningdek, birlam chi 
kvalifikasion tanlovlarni amalga oshirish tartibi;
3
.Jaryonni amalga oshirish sifañda —
ochiq tanlov xaridni 
amalga oshirishning asosiy usuli ekanligi; oddiy mahsulotlar uchun, 
nafaqat ochiq, balki yopiq tanlov yo'li bilan, ya’ni kotirovka


so‘rovnomasi va yagona mol yetkazib beruvchidan xarid qilish; 
ikki bosqichli tanlov o ‘tkazish, raqobatli muzokara olib borish
murakkab mahsulotni yoki maslahat xizmatlami sotib olish uchun 
taklif so'rovnomasi;
4. 
Ochiq tanlov
jarayoni: savdo to‘g‘risida e’lon nashr etish; 
potensial mol yetkazib beruvchilarga tanlov shartlarini yetkazish; 
tanlov arizalarini tayyorlash,zaruriy o'zgartirishlar va tushun- 
tirishlar kiritish; tanlov arizalarini berish; tanlov arizalarini 
ishtirokchilar oldida ochish; arizani baholash; arizani qabul qilish 
va mol yetkazib berish to ‘g‘risidagi shartnomani qonuniy kuchga 
kirishi; Q onun xaridning boshqa turlarini amalga oshirishni 
detallashtirgan holda keltirib o'tadi (ikki bosqichli tanlovlar, taklif 
so'rovnomasi va raqobat muzokaralari).
5. Yuzaga keladigan 
munozaralarni hal etish
bo‘limida, mol 
yetkazib beruvchini davlat buyurtmasini joylashtirishi bo‘yicha 
yuzaga keladigan nizolarni ma’muriy, sud organlari orqali hal 
etish mumkinligi aks ettirilgan.
Shuni ta ’kidlash joizki, Yunsitral namunaviy qonunchligi 
bo‘lib, u model qonun sifatida juda katta rol o ‘ynadi. Rossiya 
Federatsiyasi, Q azog‘iston, Qirg‘iziston va Sharqiy Yevropa 
davlatlarining davlat xaridini tartibga solish bo‘yicha amaldagi 
qonunchligi asosida mazkur hujjat tamoyillari yotadi.
Xalqaro savdo tashkilotida davlat xaridi bo ‘yicha shartnoma.
1994-yilda ko‘p tomonlama savdo muzokaralarining Uruguvay 
raundida qabul qilingan Hukumat xaridi bo ‘yicha Kelishuv 
(Agreement on Government Procurement), o ‘z ahamiyatiga ko‘ra, 
ikkinchi muhim xalqaro hujjat hisoblanadi. U Savdo va tariflar 
bo‘yicha um um iy shartnom aning (GATT) muhim elementi 
hisoblanadi va Xalqaro savdo tashkilotida (XST) ishtirok etish 
doirasida mamlakatlar tomonidan imzo chekiladi. Hukumat xaridi 
bo‘yicha Shartnomani imzolash XSTga kirishning sharti hisoblan- 
masada, ammo keyingi yillarda XSTning yirik ishtirokchilari 
bo'lgan AQSh, Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Kanada, Isroil, 
Yaponiya, Shveysariya kabi mamlakatlar nomzod mamlakatlar 
uchun ushbu hujjatni imzolanishini ikki yoqlama muzokoralaming 
sharti sifatida qo ‘ymoqdalar. Ammo, 2008- yilga kelib, XSTga


a’zo boMgan 152 ta davlatdan faqatgina 39 tasi Hukumat xaridi 
buyicha mazkur Shartnomani imzolaganlar.
Shartnoma milliy davlat xaridi bozorini uni imzolgan mamla- 
katlardagi mol yetkazib beruvchilar uchun ochib berishi, hamda 
xorijiy mol yetkazib beruvchilarni milliy mol yetkazib beruvchilar 
bilan bir xil shartlar asosida faoliyat yuritishiga imkon berishini 
nazarda tutadi.
Mazkur hujjatdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, xalqaro 
savdoni rivojlantirish, xorijiy m ol y etk azib beruvchilarni 
diskriminasiya qilishni oldini olish, xarid jarayonini tartibga 
soluvchi qonunchilikni ochiqligini ta’minlashdan iborat.
Ushbu kelishuvga muvofiq, davlat buyurtm achisi alohida 
olingan mol yetkazib beruvchiga (milliy belgisiga ko‘ra) davlat 
buyurtmasini olishda imtiyozli sharoit yaratib bermasligi lozim. 
Shuningdek, sotib olinadigan to v arlarg a xalqaro savdoni 
chegaralovchi texnik talablar qo'yilm asligi yoki tovarlar va 
xizmatlarga qo‘yiladigan barcha texnik talablar xalqaro me’yorlar 
asosida bo‘lishi shart.
Hukmat xaridi Shartnomasiga ko‘ra 
davlat xaridini joylashti-
rishning uchta shakli
keltirilgan: 
ochiq, tanlanma, chegaralangan.
Agar savdoda barcha qiziqish bildirgan tovar va xizmatlami 
yetkazib beruvchilar ishtirok etishi mumkin bo‘lsa, bunday jarayon 
ochiq hisoblanadi. Agar savdoda faqatgina sotib oluvchi tashkilot 
tomonidan taklif olgan mol yetkazib beruvchilar ishtirok etadigan 
bo'lsa, bunday jarayon tanlanm a deyiladi. Chegaralangan 
jarayonda sotib oluvchi tashkilot tovar va xizmatlar yetkazib 
beruvchi tashkilot bilan shartnomada kelishilgan shartlar asosida 
alohida aloqa o'rnatadi.
M amlakatimizda davlat xaridi tizim ini tartibga soluvchi 
qonuniy-me’yoriy hujjatlar va xalqaro tajribadan kelib chiqib, 
«Davlat xaridi to ‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi dolzarb 
masala ekanligini ta ’kidlaymiz. Fikrimizcha, ushbu qonunning 
qabul qilinishi bilan hozirda mavjud b ir n ech ta qonunosti 
h u jjatlarin i un ifik atsiy a qilish im k o n iy a ti yuzaga keladi. 
Shuningdek, u davlat xaridini boshqarishning uzoq muddatli 
strategiyasini shakllantirishga imkon beradi.
2 - T-20
17



Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin