Davlat xarid I



Yüklə 65,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/52
tarix07.01.2024
ölçüsü65,12 Kb.
#206290
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52
Nazorat uchun savollar:
l.A Q S h d a davlat xarajatlarining byudjetlar o'rtasida taqsimlanish
darajasi qanday ?


2. AQShning davlat xaridi sohasidagi faoliyatini umumiy m uvofiq-
lashtirish organlari kimlar?
3. AQShda boshqa mamlakatlar amaliyotida uchramaydigan xaridni
soddalashtirilgan tartibda amalga oshirish usuli qanday?
4. AQShda xarid sohasiga tegishli bo ‘Igan barcha qonunchilik qanday
kategoriyalarga ajratiladi va ulam i tushuntirib bering.
5. A Q Sh da d a vlat xaridini am alga oshirishda qanday elek tro n
texnologiyalar qo'llaniladi?
6. E l darajasida davlat ehtiyojlari uchun xaridni yagona shartlar asosida
amalga oshirishni ta ’minlovchi huquqiy aktlami sanab bering.
7. 
Elda davlat xaridini amalga oshirish qaysi tamoyillarga asoslanadi.
8. Xalqaro moliya institutlarining jam iyat mablag ‘lari hisobidan xaridni
amalga oshirish tajribasini tushuntirib bering.


§ 8. Davlat xaridini tashkil etishda
korrupsiya va unga qarshi kurash
Davlat xaridi tizimi sohasidagi korrupsiya uzoq davrlardan 
beri mavjud bo‘lgan va milliy chegara bilmaydigan muammolardan 
biri hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashga ko‘plab tadqiqotlar 
bag‘ishlangan va dunyo mamlakatlari bo‘ylab davlat va nodavlat 
dasturlari amalga oshirilmoqda, ammo ushbu tadbirlardan hali 
sezilarli natijalarga erishilgani yo‘q.
Davlat xaridi tizim ida korrupsiyaning mavjudligi faqatgina 
moliyaviy zarar bilan chegaralanmaydi. Davlat xaridini joylashtirish 
jarayonida mavjud korrupsiyadan davlat va jamiyat ko‘radigan 
zarami shartli ravishda to ‘rt turga bo‘lish mumkin:
1. Moliyaviy yo‘qotish — shartnomalami davlat va jamiyat 
uchun moliyaviy zararli shartlarda tuzish. Buni sotib olinayotgan 
tovarlar narxini amaldagi bozor bahosidan yuqori narxlarda sotib 
olish, davlat shartnomlarida to‘lovlarni kechiktirish emas, balki 
oldindan to'lovni amalga oshirish shartlarini kiritish va boshqa 
ko'rinishlarda ko‘rish mumkin.
2. Miqdoriy yo'qotish — yetkazib berilayotgan tovarlar va 
xizmatlar hajmini keragidan ortiq yoki kam miqdorda bo‘lishi; 
tovarlar va xizmatlarni davlat ehtiyojlari uchun emas, balki mas’ul 
amaldorlarning shaxsiy maqsadlari uchun xarid etish va boshqalar.
3. Sifat y o ‘q otish — sifatsiz tovarlar yetkazib berish va 
xizmatlar bajarish kabi zaruriy texnik talablami buzgan holda 
shartnomalami tuzish; kafolat muddati va kafolat muddatidan 
so‘ngi shartlarni bajarilishining noqulay shartlari; bajariladian 
ishlar va xizmatlar sifatini tekshirish uchun yetarli nazoratning 
talab etilmasligi va hakozolar.
4. Siyosiy yo‘qotish — mamlakatda investitsion muhitning 
yomonlashuvi, fuqarolar tomonidan davlat va davlat tuzilmalariga 
bo'lgan ishonchning y o ‘qolishi, mamlakat iqtisodiy-moliyaviy


tizimining izdan chiqishi, erkin raqobat tamoyillarining buzilishi 
va boshqalar.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, davlat xaridini tashkil etishda 
korrupsiyani butunlay yo‘qotishga hali hech bir mamlakatda 
muvaffaq bo'linmagan, ammo bu holat korrupsiyaning mavjud 
darajasini pasaytirish uchun olib boriladigan chora-tadbirlarning 
samarasiz yoki natijasiz ekan degani emas.
Xarid tizimi sohasidagi korrupsiyaga qarshi kurash davlat 
sektorida yoki tijorat sektorida amalga oshiriladimi, unga kompleks 
yondoshuv bo'lishini talab etadi. Xalqaro amaliyotda mazkur 
muammo echimida o‘z samarasini isbotlagan to ‘rtta yondoshuv 
mavjud:
— Psixiologik usullar
— Texnik usullar
— Tartibga soluvchi jarayonlar
— Jazo chora-tadbirlari.
Psixiologik usullar korrupsiyaning birlamchi sababi bo‘lgan — 
xizmatchining ish beruvchi (ushbu holatda davlat hisobidan, ya’ni 
butun ftiqarolar mablag‘lari) hisobidan noqonuniy boyishini oldini 
olishga ta ’sir etish im konini beradi. Psixiologik usullarga 
quyidagilar kiradi:
Vazifaga nomzodning anketa m a’lum otlarini, uning biog- 
rafiyasi va oldingi ish joyidan tavsifnomani tekshirish. Ushbu 
usul oldingi ish joyidan korrupsion faoliyati yoki jinoyati uchun 
ishdan bo‘shatilgan, sudlangan shaxslami korrupsiya imkoniyati 
mavjud vazifalarga tayinlanishini oldini olishda keng qollani- 
ladigan oddiy usuldir.
Hozirda barcha davlat organlarida vakant o ‘rinlar uchun 
nomzodlami tekshirishda yuqoridagi kabi tekshiruvlar xodimlar 
bilan ishlash xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Nomzodlarni ishga olishda maxsus chuqurlashtirilgan testdan 
o‘tkazish (hattoki «yolg‘onni aniqlaydigan detektorlar» — polig- 
raf)dan ham foydaliniladi.
Juda ko'plab mavjud maxsus testlar va kom pyuter dasturlari 
ish b e ru v c h ig a n o m z o d n in g a n iq p s ix io lo g ik ra sm in i 
gavdalantirish, shuningdek, uning ish beruvchi hisobidan boylik


orttirishga b o ‘lgan potensial intilish darajasini aniqlashiga imkon 
beradi.
Ushbu turdagi psixologik testlardan tijorat sektori korxonalari 
va harbiylashgan tuzilmalarda ham keng foydalaniladi. Shuni ham 
ta ’kidlash lozim ki, ishga qabul qilishda poligraf («yolg‘onni 
aniqlaydigan detektorlar»)dan foydalanish ko‘pchilik hollarda 
insonning konstitutsion huquqlarini paymol etishi to ‘g‘risidagi 
asosli qarshiliklariga ham sabab bo‘ladi.
Xodimlami vaqti-vaqti bilan sadoqatligini tekshirib turish va 
bunda provakatsion usullardan ham foydalanish tijorat sektorida 
keng tarqalgan. Aybdorlarni «ko‘rgazma» holda fosh etish va 
jazolash yuqori samarali anti-korrupsion tadbirlardan hisoblanadi. 
Bosim ostidagi psixologik muhit va xodimlaming yuqori darajadagi 
ko‘chishi, ushbu usulning qarama-qarshi ta ’siri sifatida namoyon 
bo‘ladi.
Ayrim holatlarda, davlat xizmatida mazkur usuldan kor- 
rupsiyaga qarshi profilaktik tadbir sifatida emas, balki raqobatchi- 
amaldomi yo‘q qilish uchun qo‘llaniladigan «g‘irrom» kurashda 
foydalaniladi.
Xodimlaming o‘z-o‘zini nazorat qilish tizimini tashkil etish 
(talabgor x ab ar etkazuvchilar). U shbu usuldan yirik tijorat 
tuzilmalarida maxsus tashkil etilgan usul sifatida keng foydalaniladi. 
Q anchalik noqulay bo'lishiga qaram asdan ushbu usul ju d a 
samarali hisoblanadi.
Davlat sektorida har doim ham qo‘llanilavermaydi, ammo 
o‘ziga xos shaklda namoyon bo‘ladi. Ko‘pchilik holatlarda davlat 
korxonalari tizimida talabgor xabar etkazuvchilar tizimi rasmiy 
reglamentga ega emas va u ayrim olingan rahbarlar uchun axborot 
manbai hisoblanadi.
Xodimlaming samarali motivatsiyasi nafaqat xaridni amalga 
oshiruvchi amaldorlami moliyaviy rag‘batlantirishni bildiradi, balki 
u xodimni ish beruvchi bilan uzoq muddatli hamkorlik qilish 
xohishini rag‘batlantiruvchi, masalan, tashkilotda o‘z professional 
karerasini amalga oshirish kabi, maxsus dasturlardan tashkil 
topadi. Evropa mamlakatlarida, davlat xaridi uchun javobgar 
amaldor, maxsus kategoriyali xodim sifatida boshqa kasbdoshlariga


nisbatan yuqori pul mukofoti — vijdonan faoliyat yuritganligi 
uchun o'ziga xos tarzdagi mukofot oladilar.
Buyurtmani joylashtirish Komissiyasi a’zolarini doimiy rotasiya 
qilish, amaldorlami mol yetkazib beruvchilar bilan til biriktirish- 
larini oldini oladi.
Korrupsiyaga befarq bo‘lmaydigan korporativ etikani shakl- 
lantirish (kasbiy kodeks va qiziqishlar to'qnashuvini boshqarish 
kodeksini ishlab chiqish, maxsus o ‘quv dastu rlarin i amalga 
oshirish), xorijiy m am lakatlarda korrupsiyaga qarshi kurash 
strategiyasining muhim elementi hisoblanadi.
H ar qanday yirik xalqaro kompaniyada etika kodeksi — har 
bir xodimning hayot tarzi va axloqini reglamenti hisoblanadi. 
Kodeksda xodimlaraing axloqiy etikasi va qoidasi, qiziqishlar 
to‘qnashuvi natijasida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklami hal 
etish yo‘llari o ‘z ifodasini topgan. Ba’zi holatlarda, etika kodeksi 
mehnat shartnomasining tarkibiy qismi hisoblanadi, unga amal 
qilmaslik xodimni ishdan bo'shatilishga olib kelishi ham murnkin. 
Xorijiy mamlakatlar davlat xizmati tizimida korrupsiyani oldini 
olishga qaratilgan etika kodekslaridan keng foydalaniladi. Amaliy 
tajriba shuni ko'rsatadiki, etika kodekslari tashkilotning barcha 
xodimlari uchun majburiy va doimiy trening dasturlari tashkil 
etilgandagina o‘z funksiyasini to ‘la bajaradi.
Texnik usullar bitim ishtirokchilarini bir-birlari bilan uchrashish 
imkoniyatini yo‘qotib yoki korrupsionerni qo‘lga tushib qolish 
riskini oshiradi, sotib oluvchi bo'linmalar va sotuvchilar o'rtasida 
til biriktirishlarni oldini oladi va ushbu im koniyatni sezilarli 
darajada pasaytiradi. Bunday usullar sirasiga:
Xarid bilan shug‘ullanuvchi xodimning m uzokoralar olib 
boruvchi xonalarini nazorat tizimi va videokuzatuv uskunalari 
bilan jihozlash. Ushbu tizim ning analogi sifatida AQSh yo‘l 
polisiyasida qo‘llaniladigan antikorrupsion tizim n i keltirish 
mumkin. Ya’ni unga ko‘ra, yo‘l polisiyasi xodimining qoidabuzar 
bilan munosabati, faqatgina patrul xizmati mashinasida o ‘matilgan 
maxsus Videokamera qarshisida amalga oshirilishi lozim.
Xizmat pochta yozishmalarini monitoringi, tijorat sektori tuzil- 
malarida keng qo'llaniladi va asosan, ushbu funksiya ichki xavf-


sizlik b o ‘linmasining vazifasiga kiradi. Ushbu usuldan davlat 
xizmatida foydalanishning yuridik jihatdan qanchalik muvofiqligi 
bahsli mavzu bo‘lib qolmoqda.
Z am o n o v iy inform asion texnologiyalardan foydalanish 
(elektron savdolar tizimi, in tern et-d o ‘kon va elektron savdo 
m aydonlari) xaridni amalga oshiruvchi xodim va sotuvchini 
bevosita uchrashish imkoniyatini pasaytiradi va ushbu usuldan 
ham davlat sektori, ham tijorat tuzilmalari keng foydalanadilar. 
Shuni ham ta ’kidlash lozimki, ayrim obyektiv sabablarga ko‘ra 
xaridni tashkil etishning bu turi hajmi unchalik katta emas va 
kichik hajmdagi xaridni amalga oshirishda qo‘llaniladi.
Mavjud tijorat yoki maxsus shakllantirilgan kataloglar asosida 
xaridni tashkil etish ham tijorat, ham davlat sektorida keng 
qo'llaniladi.
Bunga yorqin misol sifatida barcha federal bo‘linmalarni joriy 
ta ’m inot (material-texnik ta ’m inot) masalalarini hal qilish bilan 
shug'ullanuvchi AQShning Umumiy xizmatlar Devoni tajribasini 
keltirish mumkin.
Devon doimiy tarzda turli xildagi tovarlar-xizmatlar uchun 
konkurs e ’lon qiUb turadi va uning natijalari (baholar, yetkazib 
berish muddatlari va boshqa shartlar) maxsus kataloglarga kiritiladi. 
AQShdagi biror davlat bo'linm asi «standart» mahsulotni xarid 
etish zarur b o ‘lganda, um um iy xizmatlar Devoni tom onidan 
jo ‘natilgan katalogdan zaruriy tovar-xizmatni topib, uni hech 
qanaqa ortiqcha jarayonlarsiz katalogda ko‘rsatilgan shartlar asosida 
sotib oladilar.
Tartibga soluvchi usullarni q o ‘llash — korrupsiyani yuzaga 
kelish riskini pasaytirishga qaratilagan barcha rasmiy ichki qoida 
va jarayonlarga amal qilish orqali xaridni amalga oshirishni bildiradi. 
U shbu holatda korrupsiyaga qarshi turuvchi chora-tadbirlar 
kompleksi ikki xil yo‘nalishda amalga oshiriladi:
1. D avlat buyurtmasini joylashtirishning potensial jihatdan 
korrupsiyani keltirib chiqaruvchi jarayonlarini tartibga soluvchi 
samarali qoidalar tizimini shakllantirish.
2. Ushbu qoidalarga amal qilishni nazorat etishning aniq mexa- 
nizm larini shakllantirish. D avlat buyurtm asini joylashtirish


jarayonlarida, korrupsiyani yuzaga kelishi riskini pasaytiruvchi 
qoidalar tizimida mustaqü (dastlabki va so'ngi) nazoratni amalga 
oshirishga imkon beruvchi nazorat nuqtalarini (xarid jarayonlariga 
bevosita aloqador bo‘lmagan bo'linm alar bilan oldindan kelishib 
olish va boshqalar) mujassamlashtirish lozim.
Jazo chora-tadbirlarini qo‘llashdan maqsad davlat buyurtmasini 
joylashtirishga masu'l bo'lgan shaxslarning kormpsion faoliyatining 
«foydasiz« qilib qo‘yadigan muhitni shakllantirish.
Shuni ta ’kidlash lozimki, yuqorida sanab o'tilgan usullarni 
amaliyotda qoMlash har bir usulning xususiyatidan kelib chiqib 
chegaralangan va davlat tomonidan qo'shimcha moliyaviy resurslar 
ajratilishini talab etadi. Masalan:
1. Psixiologik usullarning qo £llash samarasi quyidagilar bilan 
tavsiflanadi:
— ushbu yo‘nalishga jalb etiladigan mutaxassisning kvali- 
fikasiya darajasi: suhbat olib borish m ahorati, nom zodlarni 
psixiologik testdan o ‘tkazish, nom zodlar va xodim lar haqida 
shaxsiy m a’lumot to ‘plash va uni tahlil etish, maxsus asboblardan 
foydalanish (poligraf, suhbat va yozishmalami nazorat etish va 
boshqalar);
— baholash va xulosa berishning subyektivligi: xodimni yoki 
m a’lum vaziyatni baholash, chora-tadbirlar ishlab chiqishda 
ushbu sohada ekspert sanalgan mutaxassisning xulosasi k atta 
rol o ‘ynaydi. Shuning uchun xato qilish (yoki bilib turib) ehti- 
moli mavjud;
— xaridni amalga oshiruvchi boMinma xodimlariga (shu- 
ningdek, vijdonan faoliyat yuritadigan xodimlarga ham ) ushbu 
usullarning q o ‘llanilishi, u larn in g huquqlarini chegaralashi 
mumkinligi bilan yoqmasligi mumkin.
2. Texnik usullarni qo ‘llashning chegaralanganligi, sotib 
olinadigan tovar va xizmatlarning xususiyati va potensial mol 
yetkazib beruvchilarda texnik vositalarning qanchalik keng 
tarqalganligi bilan tavsiflanadi:
— birjadagi standartlashgan va o'lchash oson bo'lgan tovarlar 
hamda xizmatlarga (masalan, neft mahsulotlari, ko‘mir, don, 
metall va boshqalar) nisbatan qo'llash oson va samaralidir;


— ushbu usulni o'ziga xos xususiyatga ega b o ‘lgan aniq 
o‘lchamlarga ega bo'lm agan tovarlar va xizmatlar uchun qo'llab 
bo‘lmaydi. Bunday holatlarda, iste’molchi va sotuvchi tovar hamda 
xizmatlaming texnik xususiyatlarini o‘zaro kelishib, aniqlashtirib 
olishlari lozim bo'ladi. Misol tariqasida loyihalashtirish, maslahat 
va qidiruv ishlari kabilami keltirish mumkin.
3. Tartibga solish usullarining qo'llanilishi samaraliligiga 
faqatgina tartibga solishni to ‘la va aniq bajargandagina erishish 
mumkin. Shunday qilib, ushbu usul zaruriy qoida va jarayonlar 
u s tid a n n azo rat m ex an izm larin in g sam arali o ‘rnatilishiga 
to ‘g‘ridan-to‘g‘ri bogiiq.
4. Agar «jazodan qochib qutulib bo‘lmaslik» mexanizmlari 
etishmasa, jazo chora-tadbirlarini qo‘llashning amaliylik va biror 
natija berishi unchalik ham katta bo'lmaydi.
Davlat xaridi jarayonlarida korrupsiya darajasini pasaytirishga 
faq atg in a kom pleks y o n d o sh u v , y a’ni xaridning barcha 
bosqichlarida uning b arch a usullaridan balanslashgan holda 
foydalanish orqali erishish mumkin. Alohida olingan usullar yoki 
sohalar bilan chegaralanib qolish orqali faqatgina qisqa muddatli 
natijalarga erishish mumkin. Ammo, m a’lum vaqt o'tgandan so‘ng, 
noqonuniy daromad topishning ko‘rinishi va mexanizmi o'zgaradi 
ham da nazorat qamrab olm agan sohalarga o 'tad i. Natijada, 
korrupsiya natijasida yo‘qotiladigan zararlar oldingi miqyosiga 
chiqib oladi hattoki uning ko‘lami yanada kengayishi ham mumkin.

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin