Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi 10-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi
Davlat fuqarolik xizmati lavozimida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmatchisidir.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlangan paytdan e’tiboran davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomiga ega bo‘ladi va davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugatilishi munosabati bilan uni yo‘qotadi.
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha huquqlar, majburiyatlar va cheklovlar alohida qonunchilik bilan belgilanadi.
11-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqlari
Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagi huquqlarga ega:
-o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning o‘ziga xos xususiyati va murakkabligiga, bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq o‘z vaqtida va to‘liq hajmda ish haqi olish;
-kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun rag‘batlantirilish;
davlat organining mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirib borish;
-mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat shartnomasiga o‘zgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish;
o‘z mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim yo‘riqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
-mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq bo‘lgan ish o‘rniga ega bo‘lish;
12-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlari
Davlat fuqarolik xizmatchisi:
-O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etishi;
-o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq boshqa qoidalarga rioya etishi;
-ushbu Qonunda belgilangan, davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etishi;
-manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi, beg‘araz va xolis bo‘lishi;
davlat organining nufuzini tushirishga olib kelishi yoki uning o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan (harakatsizlikdan), shu jumladan o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda har qanday shakldagi kamsitishdan, noxolislikdan yoki kimgadir nisbatan alohida munosabatda bo‘lishdan tiyilishi;
13-modda. Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar
Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:
-o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘ladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
-pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
-tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo‘lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno;5
Xulosa Qonun bilan davlat fuqarolik xizmati sohasida vakolatli organ etib – Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi belgilandi. Аgentlikning davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari ham belgilab berildi. Аgentlik mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ushbu qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirilishini taʼminlash borasida bir qator vazifalar va chora-tadbirlarni belgilab oldi.
Qisqasi, davlat xizmatida uzoq yillardan buyon o‘z yechimini topmagan tizimli muammolarni hal qilishga qaratilgan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun normalarining samarali ijrosini taʼminlash orqali davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish sohasida ilg‘or xalqaro standartlarga javob beruvchi yagona tartibot tizimi shakllantiriladi. Eng asosiysi, davlat fuqarolik xizmatiga vijdonli, sadoqatli, malakali kadrlarni jalb qilish, ular salohiyatini oshirish, ularni o‘zining odob-ahloqi, feʼl-atvori va bilimi bilan namuna bo‘la oladigan, fidoyi, xalqparvar va raqobatbardosh kadrlar sifatida tarbiyalash uchun zarur huquqiy sharoitlar yaratiladi.
Xulosa qilib aytganda, davlat xizmatida o‘z yechimini topmagan muammolarni hal qilishga qaratilgan mazkur qonun normalarining ijrosini ta’minlash orqali davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish sohasida xalqaro standartlarga javob beruvchi yagona tartibot shakllantiriladi, davlat fuqarolik xizmatiga malakali kadrlarni jalb qilish, salohiyatini oshirish, ularni fidoyi, xalqparvar va raqobatbardosh kadrlar sifatida tarbiyalash borasida huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “inson qadri uchun” g‘oyasi amalda xalqimizning kundalik hayotida o‘z ifodasini topishi uchun, albatta, davlat idoralari bilimli, malakali va fidoyi kadrlar bilan jamlangan bo‘lishi kerak.