800
“Moliya” fani tegishli ta’lim yo‘nalishlarining umumkasbiy va ixtisoslik
fanlari blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, ushbu fan tegishli ta’lim
yo‘nalishlarining 2, 3 kursida o‘qitilishi rejalashtirilgan.
“Moliya” fani sirtqi ta’lim shakli ishchi o‘quv rejasiga binoan tegishli ta’li,
yo‘nalishlarida o‘qitiladi. Mazkur fan moliya tizimlarini tashkil qiluvchi pul, bank
ishi, kredit, investitsiyalar,
aktivlar, majburiyatlar, obyektlarni baholash,
iqtisodiyotdagi pul munosabatlarini hamda moliyaviy instrumentlarni boshqarish,
yaratish va o‘rganishni tasvirlab beradi.
II. O‘QUV FANINING MAQSADI VA VAZIFASI
“Moliya” fanining asosiy
maqsadi talabalarda moliya, moliyaviy siyosat,
moliyaviy munosabatlar, pul oqimlari harakati,
moliyaviy boshqaruv, moliya
nazariyalari, moliyaviy hisobotlar, davlat va nodavlat moliyaviy muassasalarning
moliyaviy faoliyati, davlat byudjeti, davlat byudjeti
daromadlari va xarajatlari,
byudjet jarayoni, byudjetlararo munosabatlar, davlat krediti,
ijtimoiy himoya,
sug‘urta va xalqaro moliya munosabatlari kabi moliyaviy tushunchalar bo‘yicha
yo‘nalishga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish hisoblanadi
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar,
amaliy
ko‘nikmalar, moliyaviy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy
dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Fan bo‘yicha talabalarning
bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Talaba:
–
“Moliya” fanining predmeti, obyekti, usullari va boshqa fanlar bilan
aloqasi;
–
moliyaning mohiyati va funksiyalari;
–
moliya tizimi;
–
moliyaviy qarorlar;
–
moliyaviy siyosat;
–
uy xo‘jaliklar
moliyasi;
–
moliyaviy boshqaruv haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
–
moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish;
–
moliyaviy nazorat;
–
moliyaviy hisobot: mazmuni, vazifalari va turlari;
–
ijtimoiy ta’minot;
–
xalqaro moliya munosabatlari;
–
moliyaviy muassasalar moliyaviy faoliyat jarayonini bilishi va ulardan
foydalana olishi;
–
davlat byudjeti;
–
davlat maqsadli jamg‘armalari;
–
sug‘urta munosabatlari;
–
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari;
–
asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy jihatlari;
801
–
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish chiqimlari, foydasi va
rentabelligini hisoblash va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: