Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

3.
 
Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi
Bozor iqtisodiyoti asosida milliy iqtisodiyotini tashkil etayotgan barcha 
mamlakatlarda bandlik (ishsizlikni oldini olish)ni qo’llab-quvvatlash davlat 
jamg’armalari tashkil etiladi. Jamg’armaning hajmi, moliyalashtirish manbalari 
va xarajat yo’nalishlari har bir alohida davlatning olib borayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatidan kelib chiqadi. Byudjetdan tashqari bandlikni qo’llab-
quvvatlash jamg’armasi maqsadli xususiyatga ega bo’lib, davlat tasarrufi va uning 
joylardagi vakolatini olgan organlarda tashkil etiladi. 
“O‘zbekiston Respublikasida Bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat 
jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 606-sonli Qarori 1992-yil 31-dekabrda qabul qilindi. Ushbu Qaror 
jamg’arma daromadlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanishini 
muvofiqlashtirib turuvchi me’yoriy hujjat bo’lib hisoblandi. Davr o’tishi bilan va 
bozor iqtisodiyoti prinsiplari va qonunlari milliy iqtisodiyotga bosqichma-
bosqich joriy etishi jadallashishi bilan birga, bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat 
jamg’armasiga ham mos ravishda ijobiy o’zgarishlar hamda qo’shimchalar 
kiritilib borildi. 
1998-yil 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi 
to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunni qabul qilinishi va hayotga 
tatbiq etilishi Bandlikni qo’llab-quvvatlash jamg’armasining mavqeini yanada 


312 
kuchaytirishga turtki bo’ldi. Chunki qonunning 6-moddasida mehnat qilish huquqi 
kafolati deb nomlanishining o’ziyoq jamg’armani yanada takomillashtirishga, 
resurslarini maqsadli ishlatilishiga zamin yaratdi.
2003-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“O‘zbekiston Respublikasi Bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi 
mablag’larini shakllantirish va foydalanish tartibi to’g’risida”gi Nizomni 
tasdiqlash bo’yicha 173-sonli Qarori e’lon qilindi. Mazkur Qaror bevosita “Aholi 
bandligi to’g’risida” va “Byudjet tizimi to’g’risida”gi (hozirgi kunda ushbu 
Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”ning qabul qilinishi 
munosabati bilan bekor qilingan) qonunlar negizida ishlab chiqildi. 
2016-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 117-sonli Qarori qabul qilinib, unga ko’ra “O‘zbekiston 
Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini 
shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi 
hamda unga muvofiq jamg’armaning mablag’larini shakllantirish va ulardan 
foydalanishning asosiy yo’nalishlari belgilanib olindi. 
2017-yil 
24-may 
kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini 
tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 3001-sonli Qarori qabul qilindi va 
unda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Bandlikka 
ko’maklashish 
davlat 
jamg’armasi mablag’larini shakllantirish manbalari va mablag’larini sarflashning 
asosiy yo’nalishlari qayd etildi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin