Davolash badan
tarbiyasi
Davolash badan tarbiyasi
- tibbiyot boʻlimi; kasalliklarni davolash va oldini olishda jismoniy
mashqlar va tabiiy omillarni, shuningdek, fizioterapiya va massajni birgalikda qoʻllash.
Mexanoterapiya, mehnat bilan davolash va davo massaj" D.b.t.ning tarkibiy qismidir. D.b.t. kuch-
kuvvatni tiklovchi davo; uni toʻgʻri qoʻllash bemorning tez sogʻayib ketishiga, ish qobiliyatini
tiklashga va uni faol mehnatga qaytarishga yordam beradi. D.b.t.ga turli jismoniy mashqlar:
gimnastika (ancha joʻn va bemorga moye), sport (changʻida va piyoda sayr etish, suzish va b.)
va ochiq havoda oʻtkaziladigan oʻyinlar (voleybol, tennis, basketbol) kiradi. Maxsus tanlangan
mashqlar D.b.t.ning asosiy vositasidir. Jismoniy mashqlarni bajarish va organizmni
chiniktirishda tabiiy omillar — suv, havo va quyoshdan foydalaniladi. D.b.t. harakat faoliyati
pasaygan, kam quvvat, uzoq vaqt betob yotgan bemorlarga buyuriladi. D.b.t. operatsiyadan
keyingi organizmni tiklash davrida, akusherlikda, nafas, ovqat hazm qilish, yurak-tomir, nerv
sistemasi, tayanch-harakat aʼzolari, rivojlanish nuqsonlari hamda moddalar almashinuvining
buzilishi bilan bogʻliq kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi. D.b.t.ni faqat davolovchi vrach
buyuradi, mashgʻulotlar D.b.t. boʻyicha mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
Adabiyot
Dostları ilə paylaş: |