Davr xarajatlari auditi Reja: Kirish


Davr xarajatlari auditining maqsadi va meyoriy huquqiy asoslari



Yüklə 49,47 Kb.
səhifə2/5
tarix05.06.2023
ölçüsü49,47 Kb.
#125185
1   2   3   4   5
64-mavzu

1. Davr xarajatlari auditining maqsadi va meyoriy huquqiy asoslari.
Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarda davr xarajatlari auditining to‘g‘ri tashkil etilishi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Davr xarajatlari auditini o‘tkazishdan maqsad ushbu turdagi xarajatlar hisobini yuritishning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom va boshqa huquqiy-me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar davrida respublikamiz Prezidenti va xukumati tomondan xususiy sektorni rivojlantirishga, mulkdor sinfining shakllanishiga birlamchi e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda qabul qilingan qator farmonlar, Vazirlar Maxkamasi qarorlari mazkur sohaning yangi bosqichga ko‘tarilishi uchun keng imkoniyatlar ochadi.
Xususiylashtirish jarayonida davlat mulkini aksiyadorlarga tarqatish xisobiga aksiyadorlik jamiyatlari vujudga keltiriladi. Aksiyadorlik jamiyatlarini vujudga keltirilishi, ular aksiyalarining muomulaga chikarilishi respublikamizda birlamchi bozorni shakllantirishiga xam o‘z xissasini qo‘shadi.
Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida davr xarajatlari auditining iqtisodiy mazmunini to‘liq anglash va hisobda to‘g‘ri aks ettirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Davr xarajatlari tarkibi «… xarajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi Nizomda keltirilgan. So‘nggi paytlarda davr xarajatlari elementi ayrim iqtisodchi olimlar tomonidan doimiy xarajatlar sifatida e'tirof etilmoqda. Lekin, amalda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub'ektlarining davr xarajatlari tarkibiga nazar tashlansa, unda ishlab chiqarish hajmi bilan aloqador bo‘lgan xarajat moddalarining mavjudligini ko‘rish mumkin. Demak, davr xarajatlari tarkibida ishlab chiqarish bilan aloqador xarajatlarning mavjudli, mazkur xarajat elementini to‘liq «doimiy xarajatlar» sifatida qabul qilishni inkor qiladi. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra,
fikrimizcha hisob tizimida marjinal daromad ko‘rsatkichlarini aniq ifodalash imkoni mavjud emasligi aks etadi. Davr xarajatlari tushunchasining iqtisodiyotimizga kirib kelganiga ko‘p vaqt bo‘lmaganligi hamda xususiyatiga ko‘ra o‘zida doimiy xarajatlarni to‘liq aks ettirmaganligi sababli bugungi kunda ham iqtisodchi olimlar o‘rtasida mazkur xarajat elementini turli xil tarzda talqin qilish hollari kuzatilmoqda. Nizomda davr xarajatlarining moliyaviy natijalar hisobidan qoplanishi belgilangan. Iqtisodchi olim B.Hasanovning fikricha boshqaruv hisobida xarajatlarning tannarxga kiritish to‘liqligiga ko‘ra turkumlanishida-qisqartirilgan tannarx uslubini ifodalaydi.
Lekin, boshqaruv hisobida ma'muriyatni ma'lumotlar bilan ta'minlashda to‘liq tannarx hisobining yuritilishi ham muhim ahamiyatga ega. Doimiy xarakterga ega bo‘lgan xarajatlar barcha mahsulotlarga tegishli bo‘lib, umumiy tushum summasidan qoplanadi. Chet el tajribasida hisobning bunday varianti «direkt-kosting» deb nomlanadi. Ma'lumki, 90-yillar iqtisodiy manbalarida tannarxni boshqarishning iqtisodiyotdagi ahamiyati, o‘rni, tuzish tamoyillari va tashkil etish muammolariga bag‘ishlangan turli takliflar, fikrlar ko‘p bo‘lgan. Maqsad-ishlab chiqarishdagi unumsiz (isrof) xarajatlarni kamaytirish va resurslardan intensiv foydalanishni ta'minlashdan iborat edi. Bu vazifalarni bajarishda, e'tibor haqiqiy tannarxga emas, balki reja tannarxiga ko‘proq qaratilishi muhimligi belgilangan.2 Chunki, rejadagi xarajatlar darajasiga ta'sir qilish orqali tannarxni boshqarish mumkinligi aniqlangan. Natijada tannarxni boshqarishda normativ usullar o‘rniga, bugungi kunda dolzarblashib borayotgan «direkt-kosting», «standart-kost» tizimlari bizning amaliyotga kirib keldi. O‘zgaruvchan xarajatlar hisobi tizimi AQShda buyuk depressiya davrida 1928 yillarda vujudga kelgan. Depressiya juda katta mikdorda sotilmay qolgan mahsulot zaxiralarining vujudga kelishiga sabab bo‘lgan, ularni to‘liq xarajatlar bo‘yicha baholash, o‘sha davr tahlilchilarining fikrlariga ko‘ra, foydani sun'iy ravishda buzilishiga olib kelgan. Shu jihatdan, umumiy xarajatlarni, bevosita xarajatlar bilan mos tushuvchi o‘zgaruvchan xarajatlarga va foydasiz deb hisoblangan bilvosita xarajatlar bilan mos tushuvchi doimiy xarajatlarga ajratish yetarli darajada shartli hal qilingan edi.
Davr xarajatlari jahon amaliyotida keng qo‘llanilayotgan ishlab chiqarishning «direkt-kosting» tizimiga o‘tilishi munosabati bilan iqtisodiyotimizga kirib kelgan yangi tushunchadir. Ushbu tizim xususiyatlari iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida keng yoritilgan. «Direkt-kosting» mamlakatimizda «qisqartirilgan tannarx» ma'nosida ifodalanib, uning qoidalari mamlakatimiz buxgalteriya hisobiga 1994 yildan e'tiboran kirib kela boshladi va marjinal daromad konsepsiyasi amal qilishining asos solinishiga boshlang‘ich qadamlardan bo‘ldi. Jumladan, 1995 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Nizom asosida ma'muriy xarajatlarni «Davr xarajatlari» sifatida e'tirof etish va ularni moliyaviy natija hisobidan qoplash belgilab qo‘yildi. Nazarimizda, mazkur xarajat elementiga hozirda muhim e'tibor qaratilmayapti. Chunki, iqtisodiyot rivojlanishi bilan yangidan vujudga kelayotgan ko‘pgina xarajat moddalari davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi amaliyotda kuzatilayapti. Bu moliyaviy natijalar hisobidan qoplanishini hamda soliqqa tortish bazasini kengaytirishini nazarda tutsak, umumxo‘jalik faoliyati foydasining kamayishi va soliq solinadigan bazaning ko‘payishiga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda respublikamizdagi mavjud buxgalteriya hisobiga oid adabiyotlar va ilmiy ishlarda «davr xarajatlari», uning mazmun-mohiyati, vujudga kelish jarayonlari va hisobi yuritilishiga bag‘ishlangan sahifalar juda ham kam bo‘lib, bizningcha, ularda mavzuning ayrim qirralari yoritilgan xolos. Fikrimizcha, zamonaviy iqtisodiy tizim talabi asosida yangidan yaratilayotgan soha adabiyotlarida «davr xarajatlari» tushunchasiga kengroq e'tibor qaratish lozim. Uning tarkibida soliq bazasiga qo‘shiladigan xarajatlar ham o‘z ifodasini topishi, mazkur tushuncha mohiyatini yanada chuqurroq yoritishni talab qiladi. Ayrim adabiyotlarda tushuncha mazmunini ifodalovchi fikrlarning turli tumanligi uning barcha qirralari hali to‘liq yoritib berilmaganligidan dalolat beradi.
Demak, «davr xarajatlari» mahsulot tannarxiga qo‘shilmasdan moliyaviy natijalar hisobidan qoplansada, asosiy muhim masala hisoblangan xo‘jalikning uzluksiz funksional faoliyatini ta'minlaydi. Shuning uchun ham raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy faoliyat yuritish muhim ahamiyat kasb etishini nazarda tutgan holda, fikrimizcha tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlarda keltirilgan ta'riflarda «Davr xarajatlari» ning mazmun-mohiyatini to‘laligicha yoritish katta ahamiyatga ega. Chunki, me'yoriy hujjatlar zaminida mutaxassislik ilmiy adabiyotlari yaratilishini alohida ta'kidlash o‘rinlidir. Iqtisodchi olimlar fikrlarini tahlil qilish va umumlashtirish natijasida, o‘ylashimizcha, quyidagicha ta'rif keltirish, «davr xarajatlari»ning mazmunini haqqoniy tarzda aniq va keng ma'noda ifodalaydi. «Davr xarajatlari - takror ishlab chiqarish jarayoni faoliyatini, uzluksizligini ta'minlash, boshqarish va korxonani umumiy tartibga solib turish bilan bog‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy natija hisobidan qoplanadigan sarflardir».
Keltirilgan fikrga asoslanib, bizningcha, mazkur iqtisodiy tushunchaga tegishli yagona me'yoriy-huquqiy hujjat sanalgan «…xarajatlar tarkibi to‘g‘risida» gi Nizomning B-bandining 2-bo‘limi, 1-xatboshisiga qisqa va aniq tarzda quyidagicha o‘zgartirish kiritish ijobiy aniqlik beradi hamda mazmunni to‘liq ifodalaydi. «Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan va xo‘jalikning funksional faoliyatini ta'minlovchi xarajatlar va sarflar tushuniladi ...».
Xalqaro amaliyotda davr xarajatlarini operasion xarajatlar sifatida qabul qilish orqali, uning tarkibida yuqori ulushga ega ikkita guruhdan iborat xarajat moddalariga kengroq e'tibor berilgan. Milliy iqtisodiyotimizda esa, Nizomga asosan davr xarajatlari bir necha guruhlardan tashkil topgan:
Sotish xarajatlari - savdo faoliyati jarayonlari davomida yuzaga keladigan sarflarni ifodalab, bevosita sotish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Ularning tarkibiga tovarlarni tashib keltirishdan boshlab, transport, reklama, savdo xodimlari ish haqlari, ijtimoiy sug‘urta, tovarlarning norma va undan ortiqcha yo‘qolishlari, gaz-yoqilg‘i va energiya, tovarlar sifatini saqlash, savdo xodimlari faoliyati davomiyligini ta'minlash va ularni maxsus shakl bilan ta'minlash, marketing xarajatlari kiradi.
Ma'muriy xarajatlar - faoliyat uzluksizligini ta'minlashda zarur soha bo‘lgan, boshqarish bilan bog‘liq sarflarni ifodalaydi. Bu xarajat elementi tarkibiga ma'muriy xodimlar ish haqi, ijtimoiy sug‘urtasi, xizmat avtomobillari bilan bog‘liq, aloqa vositalari xizmatlari, xizmat safarlari, vakillik xarajatlari, ma'muriy binolar amortizasiyasi kabi xarajatlar kiradi.
Boshqa operasion xarajatlar - korxonalarning operativ faoliyati davomida yuzaga keladigan jarayonlar bilan bog‘liq sarflardan iborat. Bular asosan: kadrlar tayyorlash, loyiha va qurilish-montaj, maslahat va axborot xizmatlari, auditorlik xizmatlari, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar, xodimlar dam olishi, ekskursiya va sayohat bilan bog‘liq tadbirlar, kompensasiya to‘lovlari, mukofot va takdirlash, turli xil haq to‘lash va moddiy yordam sarflari, sud jarayonlari sarflari, soliq bo‘yicha jarimalar kabilardan iborat.3
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, fikrimizcha, bildirilgan nuqtai nazarlar, bevosita asosiy huquqiy hujjat sanalgan Nizomda davr xarajatlarini xo‘jaliklarda yuritishning tashkiliy jihatlarini optimal aniqlikda shakllantirish imkonini beradi. Bu orqali, joriy davrda davr xarajatlarini me'yoriy asoslarda qanchalik ijobiy natija beruvchi aniqlik tartibida shakllantirilganligiga, ularni o‘tgan davrlarda amal qilgan tartib va jahon tajribasida qo‘llanilayotgan hozirgi tarkibiy tuzilish bilan taqqoslash orqali baho berish imkoniga ega bo‘linadi. 1995 yil amalga kiritilgan Nizom va 1999 yilda uni yanada takomillashgan nashrining iqtisodiyotga joriy etilishi, xo‘jaliklarda boshqaruvni davr xarajatlari to‘g‘risida analitik darajada aniqlikda ma'lumot bilan ta'minlash darajasini oshirdi. Bu xarajatlar kompleks xarajatlar bo‘lib, ularning hisobi mazkur guruhlar tarkibiga kiruvchi xarajat moddalari bo‘yicha tashkil qilinadi. Xarajat moddalari ham iqtisodiy rivojlanishga mos tarzda o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan boyitilib borilgan. Shu yo‘sinda Vazirlar Mahkamasining №444 sonli Qaroriga asosan 1999 yil 5 fevralda qabul qilingan Nizomdagi davr xarajatlari elementiga qisman o‘zgartirishlar kiritilganligini guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Bundan shuni anglash mumkinki, rivojlanib borayotgan respublikamiz bozor munosabatlari sharoitiga mos tarzda yangiliklar bilan boyitilgan amaldagi mazkur Nizomning oldingi nashrlariga nisbatan xarajatlarining moddalari bo‘yicha anchagina farqlari mavjud. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining №54 va 444-sonli Qarorlari asosida ishlab chiqilgan davr xarajatlari moddalarida bevosita xo‘jalikning savdo faoliyati xarajatlari, shu yo‘nalishdagi asosiy vositalar xarajatlari, savdo xodimlarining mehnat jarayonlarini moddiy ta'minoti bilan bog‘liq xarajatlari, shuningdek, savdo tovarlari sifatini saqlash xarajatlari, faoliyatni rivojlantirish maqsadidagi bozorni o‘rganish va unda xo‘jalikning o‘z o‘rniga ega bo‘lish xarajatlari hamda ma'muriy faoliyatga bog‘liq yangi xarajat moddalari kiritilganki, ular tegishli (davr) xarajat elementining mazmunan yanada boyitilganligidan dalolat beradi. Xo‘jaliklarning uzluksiz faoliyat yuritishi, hattoki faoliyati to‘xtatilgan holatda, mulk to‘liq tugatilgunga qadar yoki faoliyat qayta tashkillashtirilgungacha, o‘z funksiyalarini doimiy bajarib borishi bilan bog‘liq barcha sarflar davr xarajatlarida mujassamlashadi. Bu haqda xalqaro ahamiyatga ega huquqiy hujjat, MHXSda ham alohida fikr yuritilgan. Unga ko‘ra:
Davr xarajatlari (doimiy xarajatlar)-mahsulot tannarxi bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin korxonaning normal funksional faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha xarajatlardan iborat.
Yuqorida keltirilgan ta'rif davr xarajatlarining mazmunini aks ettirishda, fikrimizcha, aniq va o‘rinli belgilangan. Bizningcha, fikr iqtisodiy tushunchaning uzluksiz amal qiluvchi umumiy vazifalaridan kelib chiqib, so‘ng ishlab chiqarishdagi ishtiroki orqali moliyaviy - jihatlariga e'tibor qaratilgan. Jumladan, bunday tartib davr xarajatlariga berilgan quyidagi ta'rifda ham o‘z aksini topgan.Davr xarajatlari-joriy hisobot davrida mahsulotlarni sotish va kompaniya hayot faoliyatining umumiy ta'minoti bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlardir.
Keyingi fikrda esa davr xarajatlariga xo‘jalikning operasion sarflari sifatida yondoshilib, quyidagicha yoritilgan: "Operasion xarajatlar-firma faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan, sotilgan tovarlar tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlardir. Ushbu keltirilgan tushuncha ham uzluksiz faoliyatni ta'minlash nuqtai nazaridan keltirilgan bo‘lib, moliyaviy jihatlariga ham alohida urg‘u berilgan.
Keltirilgan fikrlarning tahlil qilinishi, milliy iqtisodiyotimizda davr xarajatlarining moliyaviy jihatlariga asosiy e'tibor qaratilayotganligidan dalolat bersa, xalqaro amaliyotda esa ko‘proq mazmunini to‘liq ifodalovchi bajaradigan vazifalarining hususiyatlari aks ettirilganligidan guvohlik beradi. Shuning uchun ham, fikrimizcha, davr xarajatlarining moliyaviy hususiyatlarini birlamchi tutuvchi milliy iqtisodiyotimizning bugungi kunida, mazkur xarajat elementiga mansub to‘lmagan ayrim xarajat moddalarining ham davr xarajatlari tarkibida -yoritilishi amaliyotda kuzatilmokda.
Demak, davr xarajatlari mahsulot tannarxiga qo‘shilmasdan moliyaviy natijalar hisobidan qoplansada, asosiy muhim masala xisoblangan xo‘jalikning uzluksiz funksional faoliyatini ta'minlaydi. Shuning uchun ham raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy faoliyat yuritish muhim ahamiyat kasb etishini nazarda tutgan holda, fikrimizcha tegishli me'yoriy hujjatlarda keltirilgan ta'riflarda davr jarajatlarining mazmun-mohiyatini to‘laligicha yoritish katta ahamiyatga ega. Chunki, me'yoriy hujjatlar zaminida, iste'molchilari aksariyat ko‘pchilikni tashkil qiluvchi mutaxassislik ilmiy adabiyotlari yaratilishini alohida ta'kidlash o‘rinlidir. Fikrlarni tahlil qilish va umumlashtirish natijasida, o‘ylashimizcha, quyidagicha ta'rif keltirish, davr xarajatlarining mazmunini haqqoniy tarzda aniq va keng ma'noda ifodalaydi.
Davr xarajatlari-takror ishlab chikarish jarayoni faoliyatini, uzluksizligini ta'minlash, boshkarish va korxonani umumiy tartibga solib turish bilan bogliq to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy natija hisobidan qoplanadigan sarflardir.
Ma'lumki, iqtisodiy tizimning bozor munosabatlari shakliga o‘tishi va rivojlanishning yangi bir bosqichga ko‘tarilishi, boshqa sohalardagi kabi buxgalteriya hisobi, umuman hisob tizimiga ham sezilarli o‘zgarishlar kiritish zaruriyatini chiqarmoqda. Iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunining kengayishi va tobora murakkablashib borishi hisob tizimida ham unga nisbatan moslashuvchanlik, shakliy va uslubiy o‘zgaruvchanlik zaruriyatini talab etmoqda.
Shu nuqtai nazardan, audit tizimi ilgarigi maqsadidan tubdan farqlanib, bevosita xo‘jalik hodisalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shunchaki rasmiylashtirish va statistika funksiyalaridan, ya'ni tartibli jamlash va umumlashtirishdan iborat bo‘libgina qolmay, balki xo‘jalik boshqaruvida ta'sir va yutuq darajasiga ega bo‘lgan qarorlar uchun lozim bo‘lgan foydali axborotlar bazasini hosil qilishdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Uning maqsadi ham shunga mos ravishda aniq yechimlar sharti bo‘lgan ma'lumotlar bazasini to‘g‘ri va aniq tarzda shakllantirishga qaratilgan.


Yüklə 49,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin