Davriya shakli


Eng oddiy bir qismli shakl



Yüklə 27,8 Kb.
səhifə6/8
tarix24.06.2022
ölçüsü27,8 Kb.
#62240
1   2   3   4   5   6   7   8
DAVRIYA SHAKLI

Eng oddiy bir qismli shakl turi sifatida biz mavzuviy materialning dastlabki rivojlovsiz bayonini nazarda tutamiz. Bu oddiy davriya yoki jumla bо‘lishi mumkin. Bunday tuzilmaning odatiy hajmi 8 taktni tashkil qiladi va rivojlanishi davomida murakkablashmaydi (F.Shopen. Prelyudiya №7). Bunday shakl (oddiy ikki qismli va uch qismli shaklar qatorida) tobe bо‘lim sifatida nisbatan yirik shakllar tarkibiga kiritilishi mumkin. Bunday holat, birinchi navbatda, variatsiyalar mavzulariga tegishlidir. Qadimgi variatsiyalarda, passakaliyalar va chakonalarda mavzular doimiy ravishda bir qismli shaklda bayon etilgan. Keyinchalik, gomofon-klassik uslub hukmronligi davrida variatsiyalar mavzulari asosan oddiy ikki qismli bо‘lib, uch qismli shakl nisbatan kam qо‘llangan.
Eng oddiy bir qismli shakl yirik hajmli asarlarning kirish qismi sifatida qо‘llanishi mumkin.
Bir qismli shakl mustaqil shakl sifatida kо‘proq vokal musiqasida – obraz rivojining asosi sifatida xizmat qiladigan, turli matn bilan takrorlanadigan kuplet sifatida (ba’zan uncha katta bо‘lmagan о‘zgarishlar bilan) uchraydi. Bu shakl asosan kuplet shakli deyiladi. Kamer-vokal musiqasi va operalarda bu shaklga misollar kо‘p. Variatsiyalanadigan jо‘rlik bilan birgalikda kuplet-variatsiya shakli xosil bо‘ladi.
Cholg‘u musiqasida mustaqil kо‘rinishdagi oddiy bir qismli shakl kо‘proq musiqa sohasiga dastlabki qadamlarni qо‘ygan о‘quvchilar uchun mо‘ljallangan yengil pyesalarda uchraydi. Fortepiano uchun yozilgan miniatyuralarni (prelyudiya va boshqa asarlarni) ham oddiy bir qismli asarlar qatoriga kiritish mumkin.
Rivojlantirilgan bir qismli shakl deganda hajmi oddiy bir qismli shaklga nisbatan kattarok bо‘lgan shakl tushuniladi. Bunday shaklga shunday tuzilmalar kiritiladiki, ular hajman oddiy davriya shaklidan tashqariga chiqadi, ularda material nisbatan erkin rivojlantiriladi.
Variatsiyalar mavzusi uchun rivojlantirilgan bir qismli shakl xos emas.
Yirik shakldagi asarlarning kirish qismlarida rivojlantirilgan bir qismli shakl oddiy bir qismli shaklga nisbatan kо‘proq uchraydi. Bu tabiiy, chunki muqaddima qismlar uchun yalpi erkin rivojlov xosdir.
Mustaqil kо‘rinishda mazkur shakl bezakli-garmonik yoki bezakli -melodik passajli yoki kuychan harakatlarga asoslangan asarlarda qо‘llanadi.
Bunday shakl I.S.Bax prelyudiyalariga xosdir. Bunda davriyaga xos bо‘lgan takrorlanadigan tuzilish kuzatilmasa-da, hajman katta bо‘lmagan ushbu prelyudiyalarda keyingi rivojlantirish elementlari uchraydi.

Yüklə 27,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin