1.Hajm bilan bog‘liq о‘ziga xosliklar. Normal holatdagi 8-16 taktli davriyalardan tashqari turli hajmdagi davriyalar, 8 taktdan kam bо‘lgan hajmdagi mustaqil tuzilmalar ham uchraydi (V.A.Motsart. Kvartet №10, I qism).
Hajmi 8 taktdan kattaroq bо‘lgan davriyalar uchinchi jumlaning qо‘shilishi yoki ikki jumlaning bittasi kengaytirilishi natijasida yuzaga keladi. Eng kо‘p uchraydigan variant sifatida 12 taktli davriyalarni kо‘rib chiqish mumkin (4+4+4), 6 taktli ikki jumladan tarkib topgan davriya ham о‘ziga xos qirralarga ega bо‘lgan davriyalar qatoridan о‘rin oladi (L.Betxoven. Sonata №29, 1- qism).
Juft sonli davriyalar nisbatan tabiiy xarakterga ega, toq sonli davriyalar umumiy normativlardan tashqariga chiqadi, chunki musiqani idrok qilish qonuniyatlari taktlarning juftlikli (kvadratli) birlashuviga asoslanadi.
2.Taktlarnig metrik birlashuvidagi о‘ziga xosliklar.Bunday о‘ziga xosliklar ichki tuzilish bilan bog‘liq,ammo ularni faqat taktlarning metrik birlashuvi nuqtai nazaridan kо‘rib chiqiladi.
Hajmiga kо‘ra normal 8 taktli davriya hajman nomutanosib bо‘lgan 3+5 yoki 5+3 taktlardan iborat jumlalarga bо‘linadi. Ayniqsa, katta hajmli davriyalarda normativ bо‘lmagan tuzilmalar turlicha bо‘lishi mumkin. Demak, bunday katta hajmli davriyalarda normativlarga tо‘g‘ri kelmaydigan variantlarning soni ham kо‘p bо‘lishi mumkin.
Bunda quyidagilarni farqlash lozim: 1) davriyaga qо‘shimcha sifatida kiritiladigan ibora yoki jumlalarning taktlari va asosiy jumlalar taktlarining juft metrik birlashuvi, masalan:
4+4+2 (qо‘shimcha) = 10 (L.Betxoven. Sonata №3, 2- qism).
3.Kadanslashlarning о‘ziga xosliklari. 1.Davriyalar о‘ziga xos qirralarga ega bо‘lgan о‘rtaliq kadensiyali ham bо‘lishi mumkin:
a) turg‘un tonikada yakunlanadigan о‘rtaliq kadensiya (taktning kuchli hissasi va asosiy tonning kuy chizig‘ida joylashishi), bu kabi kadensiya birinchi jumlaga nisbatan yopiq xarakter baxsh etadi.
b) subdominanta bilan yakunlanadigan о‘rta qism kadansiyasi.
2) normal, yopiq xarakterli davriyalardan tashqari, oxirida dominantadagi yarimtali kadans bilan yakunlanadigan ochiq davriyalar ham mavjud (L.Betxoven. Sonata №18, 3- qism).