Deb ta’kidlagan


Investitsiya loyihalarini markazlashgan va markazlashmagan



Yüklə 57,01 Kb.
səhifə4/5
tarix05.10.2023
ölçüsü57,01 Kb.
#152423
1   2   3   4   5
Kirish2

2.2. Investitsiya loyihalarini markazlashgan va markazlashmagan

investitsiyalar hisobiga moliyalashtirish amaliyoti tahlili


Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda ichki imkoniyatlardan foydalanishga xarakat qilinmoqda. Xususan, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha amaldga oshirilayotgan yirik va strategik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda davlat byudjetining ham ahamiyati yuqori bo’lmoqda.
Korxonalarni texnik va texnologik yangilash, modernizatsiya qilish va yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish, shu orqali yangi ish o’rinlarini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotining barqaror va dinamik rivojlanishini ta’minlash uchun yo’naltirilgan investitsiya loyihalarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 noyabrda “O’zbekiston Respublikasining 2013 yilga mo’ljallangan investitsion dasturi to’g’risida”gi 1855-sonli Qarori qabul qilingan bo’lib, ushbu dasturda belgilangan kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarning ahamiyati katta bo’lmoqda. Buni quyidagi -jadval ma’lumotlari orqali ko’rishimiz mumkin.
O’zbekiston Respublikasining 2013 yilgi Investitsiya dasturi doirasida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan birgalikda 27 123 275 million so’m mablag’ o’zlashtirilishi ko’zda tutilgan. Bu mablag’lar, asosan, qurilish, qayta ta’mirlash va jihozlash kabi ishlarga yo’naltiriladi. Shu sababli ham kapital qurilishning amaldagi holatini tahlil qilishdan avval, Investitsiya dasturining asosiy parametrlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiqdir. Mazkur mablag’lar o’tgan yildagidan 3442574 million so’mga ko’pdir. 2013 yil uchun investitsiya dasturida mo’ljallangan kapital qo’yilmalarning hajmi, oldingi yilga nisbatan deyarli barcha manbalar bo’yicha o’sgan. Shuningdek, markazlashgan investitsiyalar 950474 million so’mga ortib, umumiy kapital qo’yilmalardagi ulushi 24,7 foizni tashkil qilgan. 2013 yilda markazlashgan investitsiyalar tarkibida eng salmoqli hissa, avvalgi yillardan farqli o’laroq, byudjetdan tashqari fond mablag’lariga to’g’ri kelib, bu manba o’tgan yilga nisbatan 444 973 million so’mga ortgan. Markazlashmagan investitsiyalar ham 2493101 million so’mga o’sgan va umumiy kapital qo’yilmalardagi ulushi 75,3 foizni tashkil qilgan.
Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan 2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturining samarali ijrosini ta’minlashda Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi alohida rol o’ynamoqda.
Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini tashkil qilinishi real sektorning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish, samarali tarkibiy islohotlarni amalga oshirish va investitsiya siyosatini moliyaviy ta’minlashning samarali manbalari shakllanishiga olib keldi. Ayniqsa, ushbu jamg’arma inqirozga qarshi choralar dasturida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini izchil ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
9-jadval ma’lumotlariga binoan jamg’arma mablag’lari hisobidan 2012 yilda jami 732,8 million dollar hajmidagi loyihalar moliyalashtirilishi ko’zda tutilgan bo’lib, jami moliyalashtirish manbalari tarkibida jamg’arma mablag’larining ulushi 34,9 foizni tashkil etadi.
Yangi qurilish loyihalari uchun 259,0 million dollar mablag’ ajratilishi ko’zda tutilgan ushbu yo’nalishdagi jami loyihalarni moliyalashtirish manbai tarkibida jamg’armaning ulushi 45,8 foizni tashkil etadi. Modernizatsiya va qayta ta’mirlash loyihalari uchun esa 473,8 million dollar mablag’ jalb qilinishi ko’zda tutilgan bo’lib, bu jami moliyalashtirish manbalari tarkibida 30,9 foizni tashkil etadi.
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida xulosa qilish mumkinki, jahon moliyaviy iqtisodiy-inqirozi sharoitida respublikamizda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sish suratlarini ta’minlashda, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar, aholining turmush farovonligini oshirishda davlatning moliyaviy qo’llab-quvvatlashning ahamiyati beqiyos bo’lmoqda. Bu, o’z navbatida, davlat tomonidan moliyalashtirish tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaldagi yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan uyg’un ravishda olib borilayotganining natijasidir.
Barchamizga ma’lumki, o’tgan 2011 yilda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini o’zida mujassam etgan O’zbek modelining eng muhim tamoyillaridan biri bo’lgan davlatning bosh islohotchi ekani haqidagi printsipdan kelib chiqib, davlat tomonidan oqilona, faol investitsiya siyosati olib borildi. Buni o’zlashtirilgan kapital qo’yilmalar miqdoridan ham bilib olish mumkin. Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, 2011 yilda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan qiymati 10 milliard 800 million dollardan ortiq kapital qo’yilmalar o’zlashtirildi, bu 2010 yilga nisbatan 11,2 foiz ko’p demakdir2. Iqtisodiyotimizga kiritilayotgan investitsiyalarning yildan-yilga o’sib borishida yurtimizdagi mavjud investitsion sharoit va qulay investitsiya muhiti alohida ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlash joiz.
Statistik tahlillarni milliy valyutimiz misolida davom ettiradigan bo’lsak, rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 2011 yilning yanvar-dekabr oylarida 18291,3 milliard so’mlik kapital qo’yilmalar o’zlashtirilgan. Investitsiyalarning umumiy hajmida markazlashgan investitsiyalar 17,5 foizni (3198, 7 milliard so’m), investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 23,9 foizni (6.1.2-rasm) tashkil etgani ham mamlakatimizda investitsiya jarayonlarining jadal faollashib borayotganini ko’rsatadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilayotan investitsiyalar manbalari va ulardan foydalanish borasida ijobiy sifat o’zgarishlari ro’y bermoqda. Moliyalashtirish manbalari tarkibiga to’xtaladigan bo’lsak, 2011 yilda umumiy investitsiyalar hajmida davlat byudjeti mablag’lari 5,1 foiz; chet el investitsiyalari 25,3 foiz; korxonalar va aholi mablag’lari 49 foizni tashkil etgan.

  1. yil uchun qabul qilingan O’zbekistonning investitsiya dasturida byudjet mablag’lari hisobidan jami 950 milliard so’mlik mablag’ ajratilishi ko’zda tutilgan edi, olib borilgan iqtisodiy siyosat natijasida, 2012 yil 1 yanvar holatiga ko’ra byudjetdan 1101,7 milliard so’m mablag’ o’zlashtirildi. Bu esa prognoz qilingan mablag’dan 116 foizga ko’p demakdir. Bunga, albatta, byudjet daromadlarining oshgani va moliya-iqtisod sohasining to’g’ri, oqilona olib borilgani mustahkam zamin bo’ldi.

  2. yilda Ta’lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi hisobidan jami 162,1 milliard so’m, shundan kapital ta’mirlash va rekonstruktsiya qilish uchun 75,2 milliard so’m mablag’ ajratilishi rejalashtirilgan edi. Amalga oshirilgan aniq tadbirlar natijasida 2012 yilda: Farg’ona viloyatida 540 o’quvchi o’rniga mo’ljallangan bitta akademik litsey; Qoraqalpog’iston Respublikasi va Jizzax viloyatida 1170 o’quvchi o’rniga ega bo’lgan 2 ta kasb-hunar kolleji; Andijon, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida 450 nafar talabaga mo’ljallangan talabalar turar joylari; Namangan, Toshkent va Xorazm viloyatlari kasb-hunar kollejlari uchun laboratoriyalar, shuningdek, 38165 o’quvchi uchun mo’ljallangan 118 ta umumta’lim maktabi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Hukumatimiz tomonidan qulay investitsiya siyosatini olib borish maqsadida quyidagi tamoyillarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda: tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish; respublika iqtisodiyotiga to’g’ridanto’g’ri kapital qo’yilmalarning keng jalb qilinishini ta’minlovchi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sharoitlarni yanada takomillashtirish; yurtimizga jahon darajasidagi texnologiyalarni olib kiruvchi, milliy xo’jalikning zamonaviy tuzilmasini tashkil etishga ko’maklashuvchi chet el investorlariga nisbatan qulay sharoitlar yaratish siyosatini izchil olib borish; eng muhim ustuvor yo’nalishlarga mablag’larni yo’naltirish.
О‘zbekiston ulkan xorijiy investitsiyalar yunaltirilayotgan mamlakatlar guruhiga kirish uchun barcha shart-sharoitlarga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun bir qator afzalliklarga ega. О‘zbekiston jahon hamjamiyati oldida о‘zining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, dunyo xaritasida geografik joylashishi, tabiiy resurslarining tarkibi va zahirasi, hukumat olib borayotgan iqtisodiy siyosat va boshkalar bilan muhim rol uynaydi.

Mamlakatimizda tarkibiy о‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bо‘lib kelmoqda. Investitsiya muhiti – bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir kо‘rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, meyoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui. Investitsiya muhiti eng avvalo quyidagi iqtisodiy omillar orqali belgilanadi: tabiiy shart-sharoitlar, shu jumladan foydali qazilmalar zaxiralari, ishchi kuchi malakasi va о‘rtacha ish haqi darajasi, iqtisodiy konyunktura holati, ichki bozor sig‘imi hamda tovarlarni tashqi bozorda sotish imkoniyatlari, kredit tizimi holati, soliqqa tortish darajasi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, xorijiy kapitalga nisbatan davlat siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning belgilanganligi va h.k. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon qulay investitsiya muhitini yaratish davlatimiz iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri bо‘lib kelmoqda.


Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur о‘ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli tо‘siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi3.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish о‘rinlarini shakllantirish va shu asosda milliy iqtisodiyotimizni barqaror va jadal rivojlantirishni ta’minlash maqsadida respublika byudjetidan katta miqdorda mablag‘lar ajratilmoqda.
Respublikamizda investitsiyalarni moliyalashtirishning bozor mexanizmlari joriy etilishi bilan ularni moliyalashtirish manbalari hajmi yildan-yilga о‘zgarmoqda. Sо‘nggi olti yilda investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarida davlat byudjetining salmog‘i boshqa bozor iqtisodiyotiga xos bо‘lgan moliyalashtirish manbalarini oshishi evaziga kamayib borgan.
Rivojlangan davlatlarda investitsiyalarni moliyalashtirishda aholi qо‘yilmalarining salmog‘i ancha yuqori. Masalan, Yaponiyada aholi qо‘yilmalari bank tizimining umumiy resurslarida 70 foizni tashkil etadi. Aholi uchun jamg‘armalarni yuqori likvidligi, ishonchliligi ta’minlanadi4.
О‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50%ga yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yо‘naltirilganini ta’kidlash darkor.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bо‘yicha keng kо‘lamli islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda ichki imkoniyatlardan foydalanishga xarakat qilinmoqda. Xususan, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bо‘yicha amalga oshirilayotgan yirik va strategik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda davlat byudjetining ham ahamiyati yuqori bо‘lmoqda.
Sо‘nggi yillarda investitsiyalar tarkibi, xususan, byudjetdan ajratiladigan investitsiyalar va bank kreditlari ahamiyati keskin о‘zgardi. Monetar siyosatning kuchaytirilishi, korxonalar moliyaviy ahvolining barqaror emasligi korxona va jismoniy shaxslar mablag‘laridan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarning hajmiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishning korxonalar uchun samarali bо‘lishiga iqtisodiy infratuzilmaning markaziy bо‘g‘ini bо‘lgan soliqlar mexanizmi xisoblanadi. Chunki soliqlar ham, har bir korxona miqyosida tuzilgan investitsiya loyihalarning iqtisodiy samarasi takdirini hal qilishda asosiy о‘rinni egallaydi. О‘zbekistonda ham investitsiya loyihalarni tuzish va moliyalashtirish uchun qulay investitsiya muhitni yaratish bо‘yicha izchil chora-tadbirlar ishlab chiqilmokda.
Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi:
-iqtisodiy barqarorlik;
-inflyatsiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valyuta-sо‘mning tо‘lov qobiliyatini oshirishga yunaltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Hozirgi paytda О‘zbekiston Respublikasida qulay investitsiya loyihalarini tuzish va ularni moliyalashtirish bо‘yicha quyidagi omillar mavjud:
-investitsiya loyihalari bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni rag‘batlantirish;
-sanoatning ustuvor sohalari, yoqilg‘i, energetika majmualari bо‘yicha investitsiya loyihalarini tuzishni jadallashtirish;
-iqtisodiyotda ilm fanga talab kuchli tarmoqlarida ishlab turgan quvvatlarni yangilash va yangilarini barpo etish bо‘yicha intellektual investitsion loyihalarni amalga kiritilishi.


XULOSA


Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish qiymatini baholashning zaruriyati, eng avvalo, ishlab chiqarish kuvvatlarining jismoniy va ma’naviy eskirganligida, ularni qayta tiklashga yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga yoki umuman yangilashga ehtiyoj mavjudligida; O’zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu erda ko’plab qayta ishlovchi korxonalarni qurish imkoniyatining mavjudligida; aholi sonining o’sib borayotganligi (mehnat resurslari) va ishsizlik muammosini hal etishda ko’maklashishda; respublika eksport salohiyatini oshirishda namoyon bo’ladi.
"Investitsion loyiha" tushunchasi investitsion hujjatlar to’plami bo’lib, investitsiyalar bilan ta’minlangan, investitsiyalar jalb qilgan har qanday tadbirlar yig’indisi sifatida anglanadi. Investitsion loyihaning amalga oshirilish ko’lami, miqdori va dinamikasiga qarab mamlakatning iqtisodiy o’sish darajasi va holatini baholash mumkin.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashni tadqiq etish natijasi ularning uch guruhga bo’linishini ko’rsatdi: investorlarning o’z resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmasi, huquqiy shaxslar va fuqarolarning pul jamg’armalari va badallari, aktsiyalardan tushgan mablag’lar va boshqalar); investorlarning qarzga olgan resurslari (tijorat banklari kreditlar, obligatsiyali, sertifikatli, vekselli va boshqa xil qarzlar, byudjet ssudalri); byudjetning investitsion resurslari (respublika va mahalliy byudjet mablag’lari).
O’zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashning xususiyatlaridagi muammolarni umumlashtirib, quyidagilarni alohida ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir:



Yüklə 57,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin