Defоrmaciya. Energiya turlari. Defоrmaciya pоtencial energiyasi Energiya haqida tushuncha



Yüklə 312,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix02.01.2022
ölçüsü312,45 Kb.
#41426
  1   2   3
8-maruza



Defоrmaciya. Energiya turlari. Defоrmaciya pоtencial energiyasi 

 

Energiya haqida tushuncha. Harakat miqdorini jism mexanikaviy harakatining muayyan 

o‘lchovi  deyish  mumkin.  Biroq  bunday  o‘lchov  jism  harakatining  o‘zgarishlarini  baholashga 

hamma hollarda ham  yaroqli bo‘lavermaydi. Masalan, bir-biriga tomon uchib kelayotgan ikkita 

birday  sharning  to‘liq  noelastik  urilishida  harakatning  «yo‘qolishi»  sodir  bo‘ladi.  Urilishgacha 

sharlar  harakatlanayotgan  edi,  harakatga  ega  edi,  urilishdan  so‘ng  sharlar  tinch  xolatda,  ular 

harakatga ega emas. Xarakat miqdorining saqlanish konuni o‘z kuchida: urilishgacha sharlar bir-

biriga teng va qarama-qarshi yo‘nalgan harakat miqdorlariga ega edi, sistemaning harakat miqdori 

nolga  teng  edi  va  urilishdan  keyin  ham  harakat  miqdori  nolga  tengligicha  qoldi.  Harakat 

miqdorining saqlanish qonunini bitta sharga tatbiq qilish mumkin emas, chunki zarba paytida unga 

tashqi kuch—ikkinchi sharning bosim kuchi ta’sir kilib turadi. 

Ikkala  sharning  holati  urilishdan  keyin  principial  o‘zgardi:  sharlar  harakatda  edi, 

mexanikaviy harakatga ega edi; urilishdan keyin tinch holat yuzaga keldi, har bir sharning harakati 

to‘xtadi, sharlar harakatlarini yo‘qotdi va bundan tashqari, tajribalarning ko‘rsatishicha, urilishdan 

keyin  har  bir  sharning  temperaturasi  ko‘tarildi.  Demak,  harakat  miqdori  (harakat  miqdorining 

saqlanish  qonuni)  ushbu  holda  jism  mexanikaviy  holati  o‘zgarishining  o‘lchovi  bo‘la  olmaydi. 

Sharlarning  urilishda  isib  qolganliklari  principial  ahamiyatga  ega;  sharlarning  mexanikaviy 

harakati  «yo‘qoldi»,  lekin  uning  o‘rniga  materiya  harakatining  yangi  shakli—issiklik  vujudga 

keldi. Tajribalar ikkita sharning urilishi natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik miqdori sharlarning har 

biri  urilishgacha  ega  bo‘lgan  harakat  miqdorlarining  yig‘indisiga  proporcional  emasligini 

ko‘rsatdi. Bunday taqqoslash ham mumkin emas: harakat mikdori— vektor kattalik va ikkala shar 

harakat miqdorlarining vektor yig‘indisi nolga teng. Issiqlik mikdori—skalyar kattalik, binobarin, 

sharlar harakat miqdorlari modullari yig‘indisini  hosil bo‘lgan issiqlik miqdori bilan taqqoslash 

lozim.  Lekin  tajribaning  ko‘rsatishicha,  sharlar  harakat  miqdorlari  modullari  yig‘indisi  ham 

olingan  issiqlik  miqdoriga  proporcional  bo‘lmaydi.  Demak,  jism  mexanikaviy  harakatining, 

harakat miqdoridan tashqari, ayniqsa, jismning mexanikaviy harakati materiya harakatiiing boshqa 

ko‘rinnshlariga aylanishi yuz beradigan hollarda zarur bo‘ladigan boshqa o‘lchovi bo‘lishi zarur. 

Barcha  hollarda  yaroqli  bo‘lgan  shunday  o‘lchov  energiyadir.  Materiyaning  barcha 

o‘zgarishlarida  energiya  o‘zgarishsiz  qoladi.  Materiyaning  harakati  abadiy  bo‘lganidan, 

energiya—materiya harakatining bu harakatning barcha shakllaridagi mikdoriy o‘lchovidir. 

Harakatlanayotgan  jismning  energiyasi  uning  mexanikaviy  harakatini  va  boshqa 

shakllardagi  harakatini  harakterlovchi  boshqa  fizikaviy  kattaliklar  bilan  miqdoriy  qanday 

bog‘langanligi haqidagi biz uchun principial bo‘lgan masala fanda uzil-kesil taxminan yuz yilcha 

muqaddam oydinlashtirilgan edi. Shundan so‘ng energiyaning saqlanish qonuni tabiatning asosiy 

qonuni bo‘lib qoldi. 

Mexanikaviy  harakatning  energiyasi  o‘lchovi  haqida  gapirishdan  oldin,  mexanikaviy 

harakatni  va  energiyami  bir  jismdan  ikkinchisiga  uzatishda  muhim  rol  o‘ynaydigan  muhim 

fizikaviy kattalik— ish ustida to‘xtab o‘tish lozim. 


Yüklə 312,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin