Dehqon xo‘jaliklariga yer uchastkasini ijaraga berish bo‘yicha 569094/123-23 son shartnoma


VI. Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish



Yüklə 106,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix24.03.2023
ölçüsü106,11 Kb.
#89405
1   2   3   4
Ashurova Zilola shartnoma

VI. Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish
10. Mazkur ijara shartnomasi shartlarining o‘zgartirilishiga, uning bekor qilinishiga va 
to‘xtatilishiga tomonlarning kelishuvi bilan yo‘l qo‘yiladi.
11. Ushbu Shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra, tomonlarning kelishuviga 
erishilmagan taqdirda esa – sud qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
12. Mazkur Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi va amaldagi qonunchilik 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda bekor qilinishi mumkin.
VII. Tomonlarning javobgarligi
13. Ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada 
bajarilmagan taqdirda, tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq 
javobgar bo‘ladilar.
14. Tomonlardan biri ushbu Shartnomaning shartlarini bajarmaganda yoki qonunchilik 
hujjatlarini muntazam ravishda buzganda ikkinchi tomon ushbu Shartnomaning belgilangan 
tartibda bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.
15. Bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan har qanday qonunchilik buzilishi Shartnomaning bekor 
qilinishiga sabab bo‘lmaydi.
16. Tomonlardan biri Shartnomani bekor qilish mo‘ljali to‘g‘risida ikkinchi tomonni 
Shartnoma bekor qilinishi sabablarini asoslagan holda mo‘ljallanayotgan bekor qilish sanasidan 
olti oy oldin yozma ravishda xabardor qiladi.
VIII. Nizolarni hal etish
17. Shartnoma shartlari bo‘yicha tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklar va nizoli masalalar 
kelib chiqqan taqdirda, tomonlar mustaqil ravishda o‘zlari yoki boshqa vakillar ishtirokida hal etish 
choralarini ko‘radilar.
Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishmagan taqdirda Mediatsiya tartibida nizolarni hal qilishga 
haqli.
Agarda tomonlar muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan kelishuvga erishmasalar, u holda nizoli 
holatlar va kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan 
tegishli sudda ko‘rib chiqiladi.

Yüklə 106,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin