«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


-modul: Har xil tuproqlarning suv o’tkazuvchanligini aniqlash 2soat



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə110/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

5-modul: Har xil tuproqlarning suv o’tkazuvchanligini aniqlash 2soat
1. Mashg’ulot maqsadi.Tuproqning suv o’tkazuvchanligi va uni ahamiyati. Tuproqning suv o’tkazuvchanlik tezligiga ta’sir etuvchi omillar. Tuproqning suv o’tkazuvchanligini laboratoriya sharoitida E.Zaurov usulida aniqlash.
2. Mashg’ulot mazmuni. Tuproqning suv tortish kuchi va kapillyar kuchlar ta’sirida suvni yuqori qatlamlardan pastki qatlamlarga o’tkazish xususiyati suv o’tkazuvchanlikdeb ataladi.
Tuproqning bu muhim fizikaviy xususiyati o’simlik va mikroorganizmlar hayotida muhim rol o’ynaydi. Tuproqning suv o’tkazuvchanligi tuproq unumdorligining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Suv o’tkazuvchanlik vaqt birligi ichida o’tadigan suyuqlik miqdori bilan o’lchanadi va sm/sek, sm/min, sm/soat bilan ifodalanadi.
S
uv o’tkazuvchanlik har xil sharoitlarga: tuproqning mexanikaviy tarkibiga, strukturasiga, uning mustahkamligiga, tuzilishiga va shimilgan asoslarga bog’liqdir. Tuproqning suv o’tkazuvchanligi ekinlarni almashlab ekish, tuproq strukturasini tiklash, yerga mahalliy va mineral o’g’itlar solish, yerni kuzgi

1-rasm. Tuproqning suv o’tkazuvchanligini laboratoriya
sharoitida aniqlash uchun asbob.

shudgorlash va boshqa usullar yordamida yaxshilanadi.


Qumli va qumoq tuproqlar suvni yaxshi o’tkazishi bilan ajralib turadi, soz tuproqlar esa juda kam o’tkazadi. Suv o’tkazuvchanligi yaxshi va nam sig’imi kichik bo’lgan qumli va qumoq tuproqlar kichik miqdorda, lyekin tez-tez sug’orishni talab etadi. Suv o’tkazuvchanligi kam, lyekin nam sig’imi katta bo’lgan soz tuproqlar katta miqdorda, lyekin kamroq sug’orishni talab etadi.
Ishni bajarish tartibi:Suv o’tkazuvchanlik ikkita ko’rsatkich mazkur qatlamdan sizib o’tgan suv miqdori va muayyan qatlamdan suvning sizib o’tish vaqti bilan aniqlanadi.


O’rganiladigan tuproqlar Fraksiyalar
Beda ekilgandan keyingi tuproq 2-3, 1-2, 0,5-0,25 mm;
Eskidan haydalgan yer tuprog’i 2-3, 1-2, 0,5-0,25 mm;
Qum 0,75 – 1 mm.



Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin