«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


-modul: Tuproqning namligini aniqlash 4-soat



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə122/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

8-modul: Tuproqning namligini aniqlash 4-soat

1. Mashg’ulot maqsadi. Tuproq namligini uning mutloq quruq massasiga nisbatan foizda aniqlanishi. Tuproq namligiga ko’ra sug’orish va yerni ishlash muddatlarini belgilash. Tuproq namligini aniqlash uchun namunalar olish. Tuproq namligini aniqlash usullari. Termostatda quritib tuproq namligini aniqlash.


2.Mashg’ulot mazmuni. Suv tirik organizmlarning, jumladan o’simliklarning hayot omili: o’simlik urug’ining unib chiqishi, o’sishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Tuproqdagi oziq moddalarning o’zlashtirilishi o’simlik tanasida boradigan barcha fiziologik jarayonlar suvli muhitda kechadi. Tuproqning suv rejimini boshqarish ekinlardan yuqori hosil olishda eng muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Tuproq namligi mutloq quruq tuproq massasiga yoki hajmiga nisbatan foizda ifodalangan suv miqdoridir. Tuproq namligi undagi suv zahirasini bilish, sug’orish va yerni ishlash muddatlarini belgilash uchun aniqlanadi. Ba’zi tekshirishlarda tuproq namligi ekish oldidan, shuningdek har bir sug’orishdan oldin va keyin aniqlanadi.
O’zbekistonning sug’oriladigan tumanlarida 1-2 m gacha chuqurlikda har 10 sm qatlamdan keyin 0-10, 10-20, 20-30 va h.k. namunalar olinadi. Namuna olinayotgan vaqtda haydalma qatlam bilan haydalmaydigan qatlam tagini aralashtirib yuborilmaslik juda muhimdir. Shuning uchun yer 25 yoki 35 sm chuqurlikda haydalganda qo’yidagi: 0-5, 5-15, 15-25, 25-35 sm va hokazo qatlamlardan namuna olish tavsiya etiladi.
Tuproq namligi aniqlashning bir nechta usuli bor: 1) termostatda quritish; 2) spirt yoqib quritish; 3) V.Ye. Kabayev usuli; 4) parafin; 5) piknometr; 6) gammaskopik quritish; 7) K.N. Chijova asbobida tez quritish; 8) karbidli quritish va boshqalar.
Namlikni aniqlash uchun tuproq namunasini olish
Tuproq namunasi qatlamlar bo’yicha burg’u yordamida yoki maxsus chuqurdan pichoq bilan kesib olinadi. Birinchi holda burg’u tuproqqa ma’lum chuqurlikkacha kiritiladi, patrondagi tuproqni pastki qatlamdan ajratish uchun u aylantiriladi va ehtiyotlik bilan chiqarib olinadi. Aniqlanadigan qatlam tuprog’ining namunasi kosachaga solinadi va aralashtiriladi. Kosachaning turli qismlaridan qoshiq bilan o’rtacha namuna olinadi va oldindan tortib qo’yilgan alyuminiy stakanchaga solinib, usti qopqoq bilan yaxshilab berkitib qo’yiladi. Tuproq miqdori (30-40 g) stakanchaning 3/4 hajmidan oshmasligi kerak. Namuna har bir belgilangan qatlamdan 2-3 qayta olinadi. Olingan namuna tekshiriladigan barcha qatlam uchun o’rtacha namlikni aniqlashga imkon beradi.
Namuna tuproq kesmasi (razrezi) dan qatlamlar bo’yicha pichoq bilan kesib olinadi. Keyingi ishlar burg’u bilan namuna olingandagi kabi bajariladi. Suv kam bug’lanishi uchun namuna ertalab yoki kechqurun olinadi. Tuproqli stakanchalar quyoshdan himoyalab soya joyga qo’yiladi, keyin xonada quritiladi.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin