«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


Agrotexnik kurash choralari. Begona o’tlarni yo’qotishda kuzgi shudgorning ahamiyati



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə39/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

2.Agrotexnik kurash choralari. Begona o’tlarni yo’qotishda kuzgi shudgorning ahamiyati.
Begona o’tlarga qarshi qiruvchi agrotexnik choralarga yerga ekin ekishdan oldin, ekin ekilgandan keyin, qator oralariga ishlov berish va kuzgi shudgorlash tadbirlari kiradi.
Yerga ekin ekishdan oldin begona o’tlarni yo’qotish sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida kuzgi shudgorlangan maydonlarda erta bahorda yerning ustki, ya’ni ishlov beriladigan qatlami yetilishi bilan qatqaloqni yumshatish va bir yillik begona o’tlarni yo’qotish maqsadida yerlar boronalanadi. Bunda endi urug’dan unayetgan o’tlar qiriladi va ishlov chuqurligidagi ko’p yillik begona o’tlarning vegetativ organlari tirmalab tozalanadi.
Ko’p yillik ildizpoyali begona o’tlar o’sgan yerlarda ekin ekishdan oldin diskli boronalarni ishlatmaslik kerak, aks holda ularning ildizpoyasi kesilib ketib, nihoyatda ko’payib ketadi. Diskli boronalar sozlanishiga qarab, bir yillik begona o’tlarni yo’qotishda yaxshi natija beradi.
Ekin qator oralaridan begona o’tlarni yo’qotish. Ekin qator oralaridagi bir yillik va ikki yillik begona o’tlarni kultivasiyalash yo’li bilan yo’qotish mumkin. O’simliklar tupi yenidagi begona o’tlar utoq yoki chopiq qilish yo’li bilan yo’qotiladi. Begona o’tlarni yo’qotish uchun birinchi ishlovni barvaqt, sifatli qilib o’tkazish samarali natija beradi. Kultivasiya mavsumda har galgi sug’orishdan keyin o’tkazilganda, begona o’tlarning o’sishiga barham beriladi. Sug’orishdan-sug’orishgacha bo’lgan davr uzoq bo’lsa, bu davr ichida yana ishlov beriladi. Ko’p yillik begona o’tlarni esa har galgi sug’orishdash keyin yerning namligi obi-tobiga kelganda, ildizi bilan sug’urib tashlash zarur. Kuzgi shudgorlashni sifatli qilib ikki yarusli pluglar bilan o’tkazish begona o’tlar sonini keskin kamaytiradi. Chimqirqarli plug bilan tuproq yuzasiga to’kilgan begona o’t urug’lari 30-35 sm chuqurlikka ko’milsa ma’lum miqdorda unuvchanligini yo’qotadi.
Ildizpoyali begona o’tlar ko’p tarqalgan dalalarni shudgorlashdan oldin ag’dargichi olingan plugda 18-22 sm chuqurlikda yumshatib, so’ngra chizel yordamida ildiz poyalarini tirmalab olish kerak. Har yili o’zgargan chuqurlikda haydash ham begona o’tlarni kamaytiradi. Agar birinchi yili 40 sm chuqurlikda, keyingi yillarda 25,30,35 va 40 sm chuqurlikda shudgorlansa, begona o’tlar urug’lari tushgan-qatlam uch yilgacha yer betiga chiqmaydi va unuvchan urug’lar miqdori kamayadi.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin