«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə59/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

16–Modul

DEHQONCHILIK TIZIMI



Reja:

1. Dehqonchilik tizimi to’g’risida tushuncha.
2. Dehqonchilikning ibtidoiy (primitiv) tizimi.
3. Dehqonchilikning ekstensiv tizimi.
4. Zamonaviy dehqonchilik tizimlari va ularning tarkibiy qismlari



1.Dehqonchilik tizimi to’g’risida tushuncha
Dehqonchilik tizimi xo’jalikni boshqarish tizimining tarkibiy va ajralmas qismi bo’lib, u doimiy bo’lmaydi. Binobarin, kishilik jamiyatining rivojlanishi asosida tuzumlarning o’zgarishi, fan va texnikaning rivojlanishi bilan u ham o’zgaradi, yani dehqonchilik tizimining kelib chiqishi va rivojlanishi jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyet qilishiga va ishlab chiqarish munosobatlariga bog’liq.
Qishlok xo’jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishga qaratilgan tashkiliy xo’jalik, agrotexnik, agrokimyoviy hamda agromeliorativ tadbirlar majmuasiga dehqonchilik tizimi deyiladi.
Qishlok xo’jalik ishlab chiqarishi halq xo’jaligining boshqa sohalariga qaraganda tabiiy va iqtisodiy sharoitga qat’iy bog’liq, chunki respublikamiz xududi keng va sharoiti ham xilma-xildir. Shuning uchun dehqonchilikni respublikamizning hamma yeri uchun bir xilda yaroqli bo’lgan qandaydir yagona tizim asosida rivojlantirish mumkin emas. Bunday yagona tizim yo’q va bo’lishi ham mumkin emas.
Barcha dehqonchilik tizimlari umumiy tarkibiy qismga ega. Bunga qo’yidagilar: xo’jalik xududining agrotexnikasini tuzish va almashlab ekish tizimi; yerni ishlash tizimi; o’g’itlash tizimi; begona o’tlarga, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash tizimi; urug’lik; tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoya qilish tadbirlari va xakozalar kiradi. Shu bilan bir qatorda: ixota o’rmon polosalari borpo etish; sug’orish; botqoqlarni quritish; kimyoviy meliorasiyalash (oxaklash, gipslash va boshqalar) ham qo’shiladi.
Dehqonchilik tizimining har bir tarkibiy qismining har xil tuproq-iqlim mintaqasida tuproq unumdorligi va qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshirishdagi ahamiyati turlicha bo’ladi. Masalan, O’rta Osiyo sharoitida sug’orish, nam to’plash va namlikni saqlashga qaratilgan yerga ishlov berish tizimi va boshqalar eng asosiy omil hisoblanadi. Tuprog’i unchalik unumdor bo’lmagan, namlik yetarli bo’lgan rayonlarda hamda sug’oriladigan dehqonchilikda, ayniqsa, mineral o’g’itlar qo’llashda, ortiqcha kislotali va ishqorli tuproqlarda esa kimyoviy mileorasiya, ortiqcha nam saqlanadigan sharoitda zaxni qochirish va quritish tadbirlarining ahamiyati katta. Yuqorida keltirilgan tarkibiy qismning har birining roli minimum qonunga ko’ra baholanishi kerak.
Dehqonchilik tizimi samaradorlik darajasiga ko’ra uch turga: ibtidoiy, ekstensiv va intensivga bo’linadi. Dehqonchilikning ibtidoiy tizimiga quruq va bo’z yer tizimi, partov yer tizimi; ekstensiv tizimiga esa shudgorlash tizimi kiradi. Intensiv tizimiga fan va texnika yutuqlaridan samarali foydalanishga asoslangan tuproq unumdorligini oshirishni va ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishni taminlaydigan hozirgi tizimilar kiradi.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin