1. Beg‘arazlik
1.1 Kasbiy mahorat
1.1.1 Statistikaning xolisligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan, rasmiy statistikasining asosiy
printsiplari, jumladan beg‘arazlik va xolislik hisoblanadi.
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga asosan, Davlat organlari,
boshqa
tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari davlat statistika organlarining ushbu Qonunga
muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Hududiy
statistika boshqarmalari, tumanlarning (shaharlarning) statistika bo‘limlari mahalliy
davlat hokimiyati organlaridan mustaqil bo‘lib, bevosita vakolatli davlat organiga bo‘ysunadi.
Mazkur statistik ma’lumotni ishlab chiqishda boshqa davlat organlarining aralashishiga yo‘l
qo‘yilmagan va kasbiy mustaqillik to‘liq ta’minlangan.
Kadrlarni tanlab olish va ularni yuqori
lavozimlarga tayinlashda, ularning statistika sohasida
tajribasi va kasbiy malakasi e’tiborga olinadi. Boshqarma xodimlari
malakasini oshirish Davlat
statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
tomonidan tashkil etiladigan o‘quv kurslarida hamda xalqaro tashkilotlar
tomonidan tashkil
etiladigan o‘quv kurslari, o‘quv-amaliy seminarlarda ishtirokini ta’minlash orqali ta’minlanadi.
Boshqarma xodimlari Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar
institutida tashkil
etilgan o‘quv kurslarida ma’ruzalar bilan ishtirok etadi. Ommaviy axborot vositalarida
Boshqarma xodimlarining ilmiy maqolalarini e’lon qilib borish tashkil etilgan.
Dostları ilə paylaş: